Jizzax davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti geografiya va uni o


Eron  Aholisi  va  mehnat  resurslari



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/70
Sana23.01.2022
Hajmi1,24 Mb.
#405351
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70
Bog'liq
yaqin sharq mamlakatlarining oliy talimda oqitilishi

Eron 

Aholisi  va  mehnat  resurslari.

  Eron  Janubi-G‘arbiy  Osiyoning  eng  ko‘p 

millatli  mamlakakatlaridan  biri.  Bu  yerda  30  dan  ortiq  yirik  va  mayda  xalqlar 

yashaydi, agar ellat va qabila guruhlarini olsak bu son yanada ko‘payadi. 

Eron xalqining ko‘pchiligi eron guruhining hinduyevropa tillar oilasiga kiradi. 

Bu  guruhga  forslar  (51%),  gilonlar,  mozondariylar(8%),  kurdlar(7%),  lurlar(2%), 

balujilar  (2%),  baxtiyorlar,  tolishlar,  tatlar,  hazoriylar,  jamshidlar,  armanlar, 

afg‘onlar,  tojiklar  kiradi.  Ikkinchi  guruh  tyurk  guruhining  oltoy  tillar  oilasiga 

kiruvchilar  ozorlar  (24%),  turkmanlar  (2%),  qoshg‘aylar,  kajarlar,  afshorlar, 

shohsevanlar,  qorapapahlar,  nafarlar,  hurosonlar,  baharlular,  eynalular  kiradi. 

Uchinchi  guruh  semit  guruhining  semito-hamit  tillar  oilasiga  arablar  (3%)  va 

ossuriylar  kiradi.  To‘rtinchi  kartvel  guruhining  kavkaz  tillar  oilasiga  gruzinlar 

kiradi.  

Eronning  ko‘p  millatliligiga  uning  qadimiy  va  o‘rta  asrlardagi 

hukm¬ronlarining  bosqinchilik  siyosati,  o‘z  hukmronligiga  ko‘pgina  har  xil  tilli 

qabila  va  xalqlarni  qo‘shib  olishi,  shuningdek  shunday  bosqinchiliklarni  bir 

nechtasini o‘z boshidan o‘tkazishi sabab bo‘lgan. 

Mamlakatning asosiy etnik birligi forslar (eronliklar). Eronning mar¬kaziy va 

janubiy  tumanlarida  to‘plangan,  eronliklar  joylashgan  tuman¬lar¬ning  shimolida 

ularga etnik jihatidan yaqin gilonlar, mozandoriylar va tolishlar yashaydi, g‘arbda - 

kurdlar,  lurlar  va  baxtiyorlar,  sharqda  -  afg‘on,  balujiylar,  xazoriylar  va  tojiklar 

yashaydi. Ozorlar Ozarbayjon Respub¬likasi bilan che¬garadosh bo‘lgan Eronning 

shimoli-g‘arbida  yashaydi.  Ular¬ga  qardosh  bo‘l¬gan  yarim  ko‘chmanchi  va 

o‘troq  qabilalardan  afshor¬lar,  shoxsevanlar,  qorapapahlar  ham  shu  yerda 

yashaydilar.  Mamlakatning  janubida  qoshg‘aylar  va  ba’zi  bir  tyurk  ko‘chmanchi 

qabilalar, shuningdek arablar yashaydi. 




 

19 


Eronning yagona davlat tili fors tili hisoblanadi (58%). Hamma rasmiy ishlar, 

maktab  va oily o‘quv  yurtlarida darslar  fors tilida olib boriladi.  Boshqa tarqalgan 

tillardan  tyurk  (26%),  kurd  (9%),  turk  (1%),  arab  (1%),  lur  (2%),  baluj  (1%), 

boshqa tillarda 2%. 

Eronning  davlat  dini  islom  dini  bo‘lib  (99%),  shundan  shialar  89%  va  10% 

sunniylar  tashkil  etadi,  oz  qismi  (1%)  zardushtiylar,  yaxudiylar,  xristanlar  tashkil 

etadi.  Shialik  mamlakat  dini  deb  1502-yilda  Safoviylar  hukumatining  asoschisi 

Ismoil  I  tomonidan  e’lon  qilingan.  Eronda  shialikka  forslar,  ozorlar,  gilonlar, 

mozondariylar,  lurlar,  baxtiyorlar,  qoshg‘aylar,  shoxsevanlar,  tolishlar,  kurdlar  va 

arablarning  bir  qismi  e’tiqod  qiladi.  Sunniylikka  afg‘onlar,  balujiylar,  kurdlar  va 

arablarning bir qismi, turkmanlar, jamshidlar e’tiqod qiladi. 

Eronning aholi soni 2007-yil ma’lumoti bo‘yicha 72 mln kishini tashkil etadi. 

70-  yillarda  mamlakat  aholisi  34  mln.  kishini  tashkil  etganda  olimlar  bashorati 

bo‘yicha  2000-yili  uning  soni  60  mln.  kishidan  ortish  kerakligini  bildirishgan. 

Ko‘rib  turibsizki  oxirgi  yillarda  Eronning  aholisi  tez  ko‘pay¬moqda.  Aholining 

tabiiy o‘sishi  taxminan  0,72%ni tashkil  etadi.  Aholining  o‘sishiga  emigratsiya  va 

imigratsiya unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi. 

1933  yilda  Eronning  aholi  soni  15  mln.  kishi,  1956-yil  –  18,9  mln.  kishi, 

1977-yil  –  34  mln.  kishi,  1995-yil  –  64,6  mln.  kishini  tashkil  qilgan.  23  yil 

mobaynida  (1933  –  1956  y)  mamlakatning  aholi  soni  3,9  mln.  kishiga  ko‘paydi, 

1957 – 1977 y (20 yil) 15,1 mln. kishiga va oxirgi 18 yilda 1977 – 1995 y 30,6 mln 

kishiga ko‘paydi. 

Tug‘ilish  har  1000  kishiga-16,83  bola,  o‘lim  har  1000  kishiga-5,55  tani 

tashkil etadi, (bolalar o‘limi har 1000 ta bolaga – 41,58 ta nobud bo‘ladi). O‘rtacha 

umr ko‘rish-erkaklarda-68,31 yosh, ayollarda – 71,07 yosh. Har bir ayolga o‘rtacha 

1,82  tug‘ilgan  bola  to‘g‘ri  keladi.  iqtisodiy  faol  aholi  23.68  mln  kishi,  shundan 

qishloq xo‘jaligida – 33%, sanoatda – 25%, xizmat ko‘rsatishda – 42% aholi band, 

ishsizlik – 11,2%. Yosh tarkibi: 0-14 yoshgacha – 28%, 15-64 yoshgacha – 67,2%, 

65 va undan yuqori – 4,8%. 

Iroq 

Aholisining umumiy soni 28,221,181 (2008 y)  

Aholi zichligi 1 km.kvga 65 kishi 

Shahar aholisi 67 %ni tashkil etadi (2008 y)  

Eng yirik shahri Bog’dodj bo’lib 5,620,000 kishi yashaydi (2008 y) 

Davlat tili Arab tili  

Aholining 96%i islom diniga e’tiqod qiladi. 

O’rtacha umr ko’rish darajasi 69.6 yosh (2008 y)  

Go’daklar o’limi 1000 gudakka nisbatan 45tani tashkil etadi (2008 y)  

 

Aholining  tabiiy  o’sish  sur’ati  1980-yillarda  3.2  %  ni  tashkil  etgan.  1990-



yillarga kelib tug’ilish darajasi pasayib ketgan. So’nggi o’n yillikda bu ko’rsatkich 

ko’tarildi.  2008-yilda  aholining  tabiiy  o’sish  darajasi  2.56  %ni  tashkil  etdi. 

Tug’ilish har 1000 kishiga 30 tani tashkil etsa, o’lim 5tani tashkil etdi. 

Iroq aholisining 75-80% ni arablar tashkil etadi. Kurdlar taxminan 15-20 % ni 

tashkil etadi.  



 

20 



Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish