Jizzax davlat pedagogika instituti Sirtqi bo’lim Texnologik ta’lim fakulteti 2 kurs talabasi Shermatova Gulsaraning O’quv ustaxonalarida moddiy texnik ta’minot fanidan Mustaqil ta’lim topshirig’i



Download 22,47 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi22,47 Kb.
#471926
Bog'liq
Mustaqil ishi
1 Yuridik shaxslarni soliqqa tortish eaae5, psoxologiya 13-variant topshiriq, 5 sinf tarix fanidan konspekt, 5 sinf tarix fanidan konspekt, @Tarixchi uz kanali (Ótish ballari), virus haqida tushuncha (2), Turizmning rivojlanish tarixi, ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА 3, Mustaqil ish Slaydi, 2015-2016-2017-yil -Variantlari, 5-топширик., 10 sinf mavzulari test hammasi, Prokariot va eukariot hujayralar@nambiolog.zn.uz, pardaqanotlilar


Jizzax davlat pedagogika instituti Sirtqi bo’lim Texnologik ta’lim fakulteti 2 kurs talabasi Shermatova Gulsaraning O’quv ustaxonalarida moddiy texnik ta’minot fanidan

Mustaqil ta’lim topshirig’i

Mavzu: Ta’lim muassasalarining o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini o’rganish

Mavzu: Ta’lim muassasalarining o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini o’rganish
Reja:
1. Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi
2. Mehnatni muhofaza qilishda o‘quv ustaxonalariga qo‘yiladigan talаbalar

O‘quv ustaxonalarini jihozlashda ustaxona binosini tanlash va unga nisbatan qo‘yiladigan quyidagi talablarni e’tiborga olish zarur.


1 Har bir kasb uchun ajratilgan ustaxona maydonining yetarliligi. Ustaxona gruppadagi o‘quvchilar uchun yetarli darajada ish o‘rinlarini joylashtirish imkonini beradigan maydonga ega bo‘lishi kerak. Yakka tartibda foydalaniladigan ish o‘rinlari soni o‘quvchilar sonidan kam bo‘lmasligiga erishmoq kerak. Bu birinchidan ish o‘rinlarining yetarli bo‘lmasligi ayrim o‘quvchilarning ishsiz qolishiga, kasblarni puxta o‘rganib, yetarli darajada mehnat ta’limi malakalari hosil qila olmasliklariga sabab bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, ish o‘rinlari yetarli bo‘lmagan taqdirda o‘quvchilar o‘zlariga topshirilgan ishlarni bajarish uchun joy axtaradi, bo‘sh qolgan ish o‘rni, asbob-uskunalardan foydalanishga majbur bo‘ladi. Bu esa dastgohlarning, asbobuskunalarning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi, o‘quvchilarning javobgarligini susaytiradi. Shuning uchun chilangarlik o‘quv ustaxonasida yakka tartibda foydalaniladigan ish o‘rinlari yetarli bo‘lmagan taqdirda ayrim o‘quvchilarga metall qirqish stanoklarida bajariladigan ishlarni topshirish mumkin. Ular boshqa ishlar uchun zarur bo‘ladigan detallar tayyorlash bilan shug‘ullanadilar. Shu tariqa guruhdagi barcha o‘quvchilarni mashg‘ulot davomida ish bilan ta’minlashga erishish mumkin. O‘quv ustaxonalarida yakka tartibda foydalaniladigan ish o‘rinlaridan tashqari umum foydalanadigan ish o‘rinlari, qo‘shimcha jihozlar ham bo‘ladi. CHilangarlik ustaxonasida umum foydalanadigan ish o‘rinlaridan tokarlik, vint qirqish, parmalash stanoklari, elektr charx, sandon va boshqalar; qo‘shimcha jihozlardan asbob-uskunalar, o‘quvko‘rgazma qurollari, materiallar, tayyorlangan va chala ishlar saqlanadigan shkaf va javonlar joylashtiriladi. Ustaxona devorlariga osiladigan o‘quv-ko‘rgazma qurollari did bilan batartib joylashtirilishi kerak. CHilangarlik ustaxonasida kompleks tarzdagi ishlar ham bajarilishini hisobga olib, bitta yoki ikkita duradgorlik ish o‘rni joylashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga amal qilgan holda chilangarlik ustaxonasi uchun alohida qo‘shimcha xona ajratilishi kerak. Bu xonada turli xil materiallar, ortiqcha asbob-uskuna va moslamalar, tayyorlangan ishlar saqlanadi. Qo‘shimcha xona maydoni kengroq bo‘lgan taqdirda ehtiyojga qarab undan temirchilik xonasi sifatida ham foydalanish mumkin. Bu holda tokarlik vint qirqish stanogi, elektr charx, mufel pechlari, sandonlar temirchilik xonasiga joylashtirilib, unga alangali pechlar, payvandlash apparatlari ham o‘rnatiladi. Bu o‘z navbatida chilangarlik xonasining yordamchi ish o‘rinlaridan holi bo‘lishiga yordam beradi. Temirchilik xonasidan konstruksion materiallar texnologiyasiga oid ba’zi bir laboratoriya ishlarini o‘tkazishda (metallar hamda ular qotishmalarining suyuqlanish va qotish temperaturalarini aniqlashda, kristallanish prosessini o‘rganishda, metallarni termik va ximiyaviy termik ishlashda, quymachilik ishlarida) ham foydalaniladi. Chilangarlik va temirchilik xonalari yonma-yon bo‘lganda ish o‘rinlari va yordamchi jihozlarning taxminiy joylashtirilishi 2-rasmda ko‘rsatilganidek bo‘lishi mumkin. Barcha ish o‘rinlari va qo‘shimcha jihozlar bitta umumiy chilangarlik xonasiga o‘rnatilganda ularni 3-rasmda ko‘rsatilganidek joylashtirish mumkin. Ustaxona binosining maydoniga qarab ish o‘rinlarini boshqa ko‘rinishlarda ham joylashtirish mumkin. Masalan, dastgohlar bir o‘rinli bo‘lib, maxsus o‘rindiqlik yoki o‘rindiq sifatida kursilardan foydalaniladigan bo‘lsa, ularni bir necha qator joylashtirilib, dastgohlar orasidan yo‘laklar qoldiriladi. Yo‘laklarning kengligi kamida 60 sm bo‘lib, qatorlar orasi 90—100 sm bo‘ladi (4-rasm, a). Bu hol ish vaqtida o‘quvchilarning bir-birlariga halal bermasliklariga, xavfsizlikning to‘la ta’minlanishiga, o‘qituvchi yoki ustaning dastgohlarni oralab yurib, ishlarni erkin kuzatishlariga imkon beradi.Ustaxona maydoni torroq bo‘lganda dastgohlar yonma-yon, bir-biriga jipslab o‘rnatilib, ular orasida yo‘lak qoldirilmaydi (4-rasm, b). Ustaxona maydoni tor bo‘lib, dastgohlarni 4-rasm, a, b larda ko‘rsatilganidek joylashtirish imkonini bermasa, guruhni to‘la ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida dastgohlar bir-biriga teskari qilib, orqama-orqa o‘rnatiladi (4-rasm, v). Ish o‘rinlarini joylashtirishning yuqorida bayon etilgan barcha hollarida ish vaqtida xavfsizlikni to‘la ta’minlash maqsadida dastgohlarga ihota to‘ri o‘rnatilishi shart. Ularni dastgohlarga sharnirli yoki suqma qilib o‘rnatish tavsiya etiladi. SHunday qilinganda tushuntirish, yozish, chizish ishlarini olib borishda ihota to‘rining tushirish yoki yelib qo‘yish mumkin bo‘ladi. Ihota to‘riga texnik hujjatlarni osib qo‘yshi uchun ramkalar, yoritish lampalari o‘rnatiladi. Dastgohlarni bino devoriga qadab, yonma-yon qilib jips o‘rnatilsa ( 5-rasm), ularga ihota to‘ri o‘rnatishga hojat qolmayda. Bunday hollarda ramka va yoritgichlar devorga o‘rnatilib, xona o‘rtasiga yozuv stollari joylashtirilishi mumkin. 2. O‘quv ustaxona binosining yetarli darajada yoritilishi. Ustaxona binosi uning joylanishiga qarab tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan yetarli darajada yoritilishi kerak. Yoritilish tabiiy bo‘lgan holda yorug‘likning binoga sharq, janub, g‘arb sharqi-janubiy yoki janubi-g‘arbiy tomonlardan tushgani yaxshi. Ustaxona binosining tabiiy yorug‘lik bilan yoritilishini ta’minlash maqsadida deraza romlarining katta va yetarli bo‘lishi talab etiladi. Deraza romlarining umumiy yuzasi pol yuzasining 1 : 4 qismigatyong bo‘lishi yetarli hisoblanadi, bundan kam bo‘lgan hollarda qo‘shimcha sun’iy yorug‘lik bilan ta’minlanadi. Xonalarni sun’iy yo‘l bilan yoritishda har bir ish o‘rniga tushadigan yorug‘likning 200—150 lyuks bo‘lishi kifoya qiladi. Ish o‘rinlari tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan yoritilishidan qat’i nazar, ish o‘rinlarini joylashtirishda yorug‘likning old yoki o‘ng tomonidan yoki tik tushadigan bo‘lishiga e’tibor beriladi. Bu maqsadda chilangarlik ish o‘rinlarini sun’iy yorug‘lik bilan yoritishda ularning joylanishiga qarab yoritgichlarni shipga, devorlarga yoki har bir ish joyiga maxsus tutqichga o‘rnatiladi. Bunda kunduzgi yorug‘lik beradigan yoki armaturali lampalardan foydalanish o‘rinlidir. 3.O‘quv ustaxona binosining isitilishi. O‘quv ustaxonasida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlarda maxsus kiyim kiyib ish qilishni hisobga olib, yil faslining turli davrlarida xona haroratining 16—20° o‘rtasida bo‘lishi ta’minlanishi zarur (yoz faslida deraza romlarini ochish, shamollatish yo‘li bilan, qish faslida turli xil, yong‘inga nisbatan xavfsiz isitgichlar yordamida isitish. yo‘li bilan). Haroratning bundan ortib yoki pasayib ketishi salomatlikka zarar yetkazadi. Ustaxona binosi taxta polli, quruq, zax bo‘lmasligi talab etiladi. Zax bino salomatlikka zarar yetkazishi bilan bir qatorda yog‘och buyumlarning nam tortib cho‘kishiga, shakl va o‘lchamlarining o‘zgarishiga, metall material va asboblarning, stanoklarning zanglab ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Binolarning taxta polli va quruq bo‘lishi elektrlashtirilgan qismlardagi elektr ta’siridan saqlanishning ehtiyot choralaridan biridir. 4. O‘quv ustaxona binosi shamollatiladigan bo‘lishi kerak. Chilangarlik ustaxonasida charxlash ishlarini olib borganda, ish o‘rinlari va xonani yig‘ishtirishda ko‘p miqdorda chang ko‘tariladi. «Chang zararli, undan qoch» degan sanitariya-gigiyena talabiga amal qilib, ustaxonada ko‘tariladigan changni yo‘qotish maqsadida bino maxsus shamollatgich — ventilyator yordamida yoki deraza romlari, fortochkalarni ochish yo‘li bilan changdan tozalanadi, shamollatilib havosi yangilanadi. Chang zararli. ekanligini hisobga olib, xonalarni tozalash ishlarini mashg‘ulotdan so‘ng navbatchi o‘quvchilargina olib boradi. Chang ko‘tarilmasligining oldini olish maqsadida polni nam latta bilan artish yoki yuvish tavsiya etiladi.. Ustaxona binosida qo‘l yuvgich, sovun, sochiq bo‘lishi. «Salomatlik —tuman boylik» deydi xalqimiz. Salomatlik garovlaridan biri ozodalikdir. Shuning uchun sanitariya-gigiyena talablariga ko‘ra mashg‘ulotdan so‘ng yuz-qo‘lni yuvish zarur. Buning uchun ustaxonada ixtiyoriy bir turdagi qo‘l yuvgich, sovun va sochiq bo‘lishi kerak. 5.Ustaxona binosining elektr energiyasi bilan ta’minlanishi. Binoni yoritish, stanoklarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida binoga uch fazali elektr tarmog‘i kiritiladi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘la amal qilgan holda elektr tarmog‘i umumiy taqsimlagich shitga ulanib, undan xonalardagi yoritish tarmog‘i va stanoklarga taqsimlanadi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida har bir xonaga yoritish tarmog‘i uchun alohida, stanoklar uchun alohida umumiy saqlagichli rubilnik o‘rnatish, shuningdek, har bir stanokka alohida-alohida saqlagichli rubilniklar o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Bu hol bir stanokni ishga sozlash yoki remont qilish vaqtida boshqalarining to‘xtab yoki yoritish tarmog‘ining uzilib qolmasligini ta’minlaydi, ayrim ko‘ngilsiz hollarning oldini olishga yordam beradi. 6. Ustaxona binosida aptechka qutisining bo‘lishi. O‘quv ustaxonasida amaliy mashg‘ulot vaqtida o‘quvchilar jarohatlanishi, tobi qochishi mumkin. Bunday hollarda birinchi yordam tariqasida turli xil dorilar ichkiziladi, jarohatlangan yer, dorilanib bog‘lanadi. Buning uchun ustaxona binosida har xil dori-darmonlar, bint, paxta solib qo‘yilgan aptechka qutisi o‘rnatiladi. Undagi dorilarning yetarliligini ta’minlash, ularni yangilash va to‘ldirib turish ishlari ustaxona mudirining (maktab meditsina hamshirasining) vazifasidir. O‘quv ustaxonalarini jihozlash mehnat ta’limi o‘qituvchisining zimmasiga tushadi. Shuning uchun pedagogika institutlarining ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar davomida, mehnat ta’limi darslarini o‘qitish metodikasi bo‘yicha o‘tkaziladigan laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlarda talabalarga o‘quv ustaxonalarini jihozlash xususida keng tushunchalar berilib, ayrim tayanch maktablarning o‘quv ustaxonalari bilan tanishtiriladi. Chilangarlik Mehnat muhofazasi—ishchining hayoti va salomatligi uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan texnikaviy, sanitariya-gigiena va huquqiy tadbirlar majmuidir. Ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda texnikaviy me’yorlarga, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigienasiga rioya kilish muhim hisoblanadi. Texnikaviy me’yorlar ishlovchilarni mehnat predmetlari va vositalarining ta’siridan himoya qilish bo‘yicha amaliy choralarni belgilaydi. Mehnatni muhofaza qilish - mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog’lig’i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, Texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sog’lom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz Berishi xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yo’l qo’ymaslik kabilar Mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi. Mehnat sharoitlari – mehnatni amalga oshirish chog’idagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari yig’indisi. Mehnatda mayib bo’lish – ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida ishchining kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg’un yo’qotishi. Jamoaviy himoya vositasi-tuzilishi yoki vazifasi jihatidan ishlab chiqarish binosi va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan, xodimlarga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoya qilish uchun mo’ljallangan Texnik vositalar va boshqa vositalar. Ikkinchi modul Maktab o’quv ustaxonalari sanitariya-giGena, mehnat xavfsizligi, o’quv jarayonini tashkil qilishning qator zamonaviy talablariga javob berishi zarur. Maktablar har xil loyihada qurilgan bo’lganligi sababli, maktablarning o’quv ustaxonalari ba’zi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, ustaxona Bevosita maktab binosi ichida yoki maktab binosi yoniga qurilgan bo’lishi mumkin. Ustaxonaning ikkala turi xam kombinasiyalashgan yoki ixtisoslashtirilgan bo’ladi. Alohida binoda joylashgan ustaxona ayrim afzalliklarga ega bo’ladi: bu yerda odatda, materiallar va tayyor mahsulotlarni saqlashga yetarli joy ajratiladi, hamda har bir yo’nalishi yoki bo’lim uchun xonalarga jamlanadi. O‘quv ustaxonasining maydoni guruhdagi o‘quvchilarning soniga qarab yetarli darajada ish o‘rinlarini joylashtirish imkonini beradigai bo‘lishi kerak. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining yangi majmualarini, o’quv ustaxonalarini qurishda ta’lim muassasalarini loyihalashtiruvchi tashkilotlarning loyihalariga amal qilish lozim. O’quv ustaxonalarini birinchi qavatga joylashtirib, kelgusida uni kengaytirish mumkinligini nazarda tutgan holda rejalashtiriladi. Ustaxonalarda bajariladigan ishlar natijasida shovqin chiqishini hisobga olib, ularni imkon boricha binoning alohida qavatiga yoki nazariy mashg’ulotlar o’tkaziladigan binolardan uzoqroqda joylashtirish Kerak. O’quv ustaxonalarida ishlashga qulay sharoit yaratish uchun quyidagilar bo’lishi zarur: - havoning harorati qish paytida 15-16 ºS dan past bo’lmasligi, yozda esa 20 ºS dan oshmasligi Kerak. Ustaxona binosida havo almashinishi tabiiy yoki sun’iy ravishda amalga oshiriladi. Ustaxona poli iliq, yuzasi tozalash uchun qulay, sirpanmaydigan bo’lishi talab etiladi. Devorlar ochiq rangga, ship esa binoni yaxshiroq yoritilishi uchun oq rangga bo’yaladi. Guruhdagi o‘quvchilar soni 25 dan kam bo‘lmasligini e’tiborga olib, individual (yakka) ish o‘rinlari o‘quvchilar sonidan kam bo‘lmasligiga erishmoq zarur. Ish o‘rinlari yetishmasa, ba’zi o‘quvchilar ishsiz qoladilar, buning oqibatida ular yetarli darajada mehnat malakalari hosil qila olmaydilar, kasblarni puxta o‘rgana olmaydilar. Ikkinchi tomondan, ish o‘rinlari yetarli bo‘lmagan hollarda o‘quvchilar o‘zlariga topshirilgan ishni bajarish uchun joy axtarishadi, bo‘sh qolgan ish o‘rnidan, asbob-uskunalardan foydalanishga majbur bo‘ladi. Bu esa dastgohlarning, asbobuskunalarning ishdan chiqishiga olib keladi, o‘quvchilarning mas’uliyatini susaytiradi. Oldindan ma'lumki tartib intizom va ishni to'g'ri tashkil qilishga ko'p narsa bog'liqdir. Tartib intizom ishning yarimidir deb bekorga aytilmagan. Bu fikr maktab ychun ikki barobar to'g'ridir. Jihozlarning joylashishidagi tartib, ish joylarini tashkil qilish, xavfsiz ish sharoitini yaratish o'quvchilarni mehnat va texnologk fanlar bo'yicha tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Tartib, maqsadli tashkilot bo'lib, mehnatni ilmiy jihatdan tashkil qilishning bir qismi hisoblanadi. Agarda bunga yaxshi o'ylangan uslubiy dars va o'quv ob'ektining yaxshi sistemasi biriktirilsa, o'quv-tarbiyaviy ishlar yuqori darajada ta'minlangan bo'ladi. Ish o‘rinlarining yetarli bo‘lishini ta’minlash bilan bir qatorda ularning balandligini o‘quvchilarning bo‘yiga moslash ham alohida ahamiyatga ega. Bu maqsadda balandligi o‘zgaradigan yoki har xil balandlikdagi dastgohlar o‘rnatilib, o‘quvchilar bo‘ylariga qarab tegishli joylarga taqsimlanadi. Agar o‘quv ustaxonasida bir xil o‘lchamdagi dastgohlar mavjud bo‘lsa, ish o‘rinlarining balandligini o‘quvchilarning bo‘yiga moslash uchun ularning oyoqlari ostiga har xil balandlikdagi taglik taxtalar qo‘yib beriladi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida taglik taxtalarning uzunligi dastgoh uzunligiga teng bo‘lib, eni 60 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ish o‘rinlarining balandligi o‘quvchilarning bo‘ylariga mos bo‘lmasa, ular tez charchaydilar, ish sifati, gigiyena qoidalari buziladi. Ayniqsa egovlash ishlarini bajarishda o‘quvchining bo‘yi ish o‘rniga mos kelmasa, egovlanayotgan sirtlar tekis va to‘g‘ri burchakli bo‘lib chiqmaydi. Chilangarlik dastgohlari har xil konstruksiyada bo‘lib, yog‘ochdan yoki metalldan tayyorlanadi. Ular doim tortma yashikli qilib tayyorlanadi. Ularga asbob-uskuna va materiallar joylashtiriladi. Ustaxona binosi maydonining keng-torligiga qarab dastgohlar turli variantlarda joylashtirilishi mumkin. Agar dastgohlar xona o‘rtasiga ketma-ket yoki qarama-qarshi qilib ikki yoqlama joylashtirilsa, ularga albatta ihota to‘ri o‘rnatilishi shart. Ihota to‘ri ish vaqtida metall parchasining uchib ketib, qarshisidagi o‘quvchilarni jarohatlanishdan saqlaydi. Bunday hollar zubila yordamida qirqish, parchinlash, bolg‘alash ishlarini bajarish vaqtida ro‘y beradi, boshqa turdagi ishlarda sodir bo‘lmaydi. Shuning uchun bunda ihota to‘ri o‘rnatilmasa ham bo‘ladi. Ihota to‘ri o‘qituvchining o‘z ish o‘rnida turib tushuntirish ishlarini olib borishida, doskadagi yozuvlarni, chizmalarni o‘quvchilarning ko‘rishiga, shuningdek, o‘qituvchining o‘quvchilar ishini nazorat qilishiga xalal beradi. Shuning uchun ihota to‘rlarini keraksiz hollarda olib qo‘yish, kerak bo‘lganda qayta o‘rnatish imkonini beradigan qilib moslash kerak. O‘quvchilar ustaxonada hamma vaqt amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bilan shug‘ullanmasdan darsning tashkiliy qismida, nazariy materiallarni o‘rganishda, ish yuzasidan instrukt o‘tkazayotganda, yozish, chizish ishlarini qiladi. Shuning uchun har bir ish o‘rniga bittadan kursi yoki dastgohning o‘ziga moslashtirilgan aylanuvchi o‘rindiq o‘rnatiladi Yozish, chizish dastgohning ish taxtasi ustida olib borilsa, o‘quv qurollari, kiyim-boshlar (maxsus kiyim kiyilishidan qat’i nazar) ifloslanadi. Shuni ye’tiborga olib, ustaxona maydoni keng bo‘lgan hollarda, yozuv stoli yoki parta qo‘yilsa, juda yaxshi bo‘ladi, buning imkoni bo‘lmagan taqdirda dastgohning tortma yashigiga o‘rnatiladigan maxsus sharnirli yozuv taxtasidan foydalanish mumkin. O‘qituvchining ish o‘rni o‘quv ustaxonalarini jihozlashning yeng muhim yelementlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun, ustaxona maydoni yetarli bo‘lgan hollarda, o‘qituvchining ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etishga va barcha kerak-yaroqlar bilan to‘liq jihozlanishiga alohida ye’tibor berish kerak, chunki o‘qituvchi o‘z ish o‘rnida doskadan, texnika vositalardan foydalanib, har xil o‘quvko‘rgazma qurollarini namoyish qiladi, tushuntirish ishlarini olib boradi, dastgoh va asbobuskunalardan foydalanish usullarini ko‘rsatadi. O‘qituvchining ish o‘rni poldan 20—30 sm balandroq, bo‘lgan maxsus maydonchaga joylashtiriladi. Bu narsa o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilayotgan ish usullarini o‘quvchilarning bemalol ko‘rishiga, tushuntirishlarini yaxshi eshitishiga, shuningdek, o‘quvchilarning bajarayotgan ishlarini o‘qituvchining kuzatib borishiga imkon beradi. O‘quv xonalarida uskunalarni joylashtirishda yong‘in xavfsizligi, mehnatni muxofaza qilish va sanoat sanitariyasining quyidagi talablariga rioya qilish lozim bo‘ladi. Xonalar inventar va uskunalar bilan ortiqcha to‘ldirilib tashlanmasligi kerak. Dastgohlar, stanoklar, mashinalar hamda dastgoh qatorlari o‘rtasidagi o‘tish joylari belgilangan norma doirasida bo‘lishi lozim. Dastgohlar, stanoklar, mashinalar chekka qatori bilan ustaxona devorining o‘rtasi 0,5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Stanoklar oldida himoya ekrani va elektr blokirovka bilan taominlangan bo‘lishi zarur. Xona (kabinet)da qo‘l yuvish, ustki kiyim va korjomalarni saqlash uchun ham sharoit yaratilishi kerak. O‘quvchilarning individual ish o‘rnini tashkil qilish. O‘quvchining individual ish o‘rni o‘quv ustaxonasida ma’lum satx-maydonni eagallaydi, hamda yetarli asbob-uskuna, moslamalar bilan jixozlangan bo‘lishi shart. O‘quvchilar bu yerda metallga ishlov berish, yig‘ish va boshqa ishlarni o‘rganadilar va bajaradilar. Buning uchun har bir ish turiga mos vositalar, asbob-uskunalar kerak bo‘ladi. O‘quvchilarning ish o‘rinlarini ratsional jixozlash, o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalarga mos ravishda o‘tkazishga, mehnat samaradorligini va ish sifatini oshirishga, o‘quvchilarning charchab qolishini kamaytirishga yordam beradi. Me’yor bo‘yicha bir ish o‘rniga 3,5 yoki 4m 2 maydon ajratiladi. Bu maydon chilangarlik dastgohini o‘rnatishga va o‘quvchilarning xavfsiz ishlashi, harakatlanishini ta’minlaydi. Chilangarlik dastgoxlari o‘quvchi bo‘yiga mos ravishda bo‘lishi kerak. Chizma, sxema, texnologik karta va boshqa texnologik xujjatlarni joylashtirish uchun dastgohda maxsus taglik o‘rnatiladi. Chizma ishlarini bajarish uchun maxsus yig‘ma stolcha va balandligi sozlanadigan stul bo‘lishi shart. O‘quvchilarning ish o‘rnini jixozlashda tanlab olinayotgan jixoz va asbob-uskunalarning tavsifnomasini tahlil qilish, xususan, konstruksiyasining ratsionalligi, estetik bajarilish, o‘quv jarayonida ishlatilishi qulayligi va imkoniyatiga e’tibor berish kerak. Tanlab olingan jixoz dastgox har bir o‘quvchining mehnat ta’limi bo‘yicha DTS da rejalangan mehnat usullari, jarayonlari, mashqlari va harakatlarning bajarilishini ta’minlanishi kerak va barcha o‘quv ishlab chiqarish ishlarini bajara olish imkonini berishi kerak. O‘quv ustaxonasining yetarli darajada yoritilishi. Ustaxona binosi joylashishiga qarab tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan yoritiladi. Ustaxona tabiiy yo‘l bilan yoritilganda yorug‘likning binoga sharq, janub, g‘arb yoki sharqi-janubiy, janubi-g‘arbiy tomonlardan tushgani ma’qul. Shuningdek, ustaxonaning tabiiy yorug‘lik bilan yoritilishini ta’minlash maqsadida deraza romlarining katta va yetarli bo‘lishi talab etiladi. Deraza romlarining umumiy yuzasi pol yuzasining 1:4 qismini tashkil etsa, yetarli hisoblanadi, bundan kam bo‘lgan hollarda bino qo‘shimcha ravishda sun’iy yorug‘lik bilan yoritiladi. Xonalarni sun’iy yo‘l bilan yoritishda har bir ish o‘rniga tushadigan yorug‘likning 100—150 luks bo‘lishi kifoya qiladi. Ish o‘rinlarining tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan yoritilishidan qat’i nazar, ish o‘rinlarini joylashtirishda yorug‘likning old yoki chap tomondan, yo tik tushadigan bo‘lishiga e’tibor beriladi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quv xonalarini rejalashtirishda quyidagi umumiy talablarga amal qilinadi: 1. O‘quv ustaxonalari mashg‘ulotlarni amaliy ta’lim dasturiga muvofiq o‘tkazishga moslashtirilgan bo‘lishi kerak. 2. Har bir bo‘lim maydoni va asbob-uskunalari miqdoriga ko‘ra hamda egallanadigan kasb, ixtisoslikka muvofiq 25-30 yoki 12-15 nafar talabalar guruhini bir vaqtning o‘zida o‘qitishga mo‘ljallanadi. 3. Guruhlarni frontal (yalpi) o‘qitishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. 4. Tayyorlanadigan har bir kasb va ixtisoslikning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, alohida bo‘limlar, shuningdek, asboblar va materiallar saqlanadigan omborxona, mexanika bo‘limi va hokazolar tashkil etiladi. 5. Texnologik jarayon jihatidan bog‘liq bo‘lgan bo‘limlarni bir-biriga yaqinroq joylashtirish zarur. 6. Silliqlaydigan, jilvirlaydigan va charxlaydigan dastgohlar, odatda, alohida binoga o‘rnatiladi. Agar buning iloji bo‘lmasa, bunday dastgohlar ustiga havoni so‘rib oluvchi ventilyatsiya o‘rnatiladi. 7. Ish jarayonida ko‘p miqdorda gaz, chang yoki kuchli shovqin chiqaradigan bo‘limlar to‘liq izolyatsiya qilinadi. 8. Ustaxonalar dasturning mazkur mavzusi o‘rganilayotganda osib yoki o‘rnatilib qo‘yiladigan kerakli ko‘rsatmali qurollar, jadvallar, o‘quv ishlab chiqarish ishlarining ro‘yhati bilan ta’minlanadi. 9. Ustaxona devorining bir tomoniga o‘quvchilarga tegishli ko‘rsatgichlar o‘rnatiladi. 10. Ustaxonaning barchaga yaxshi ko‘rinadigan joyiga birinchi yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan dori – darmon solingan aptechka va qaynatilib sovutilgan suvli bak qo‘yiladi. 11. Tahsil oluvchilarning ish o‘rnidagi individual asbob-uskunalari komplekti va zarur jihozlar uchun maxsus moslamalar bo‘lishi kerak. 12. Ustaxonada tozalash uchun ishlatiladigan materiallar, qirindi, qipiqni yig‘ishga mo‘ljallangan qopqoqli yashik; ularni yig‘ishtirib olish uchun hokandoz, belkurak, ustaxonani tartibga keltirish uchun supurgilar bo‘lishi kerak. 13. Ustaxonada yong‘inga qarshi zaruriy inventarlar bo‘lishi shart. Ustaxonaning isitilishi. O‘quv ustaxonasida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarnnng maxsus kiyimda ishlashlarini hisobga olib, yil faslining turli davrlarida xona temperaturasining 16—20° S atrofida bo‘lishi ta’minlanadi. Bu temperatura o‘quvchilar organizmi uchun eng maqbul temperatura hisoblanadi, Ustaxona polining taxta va havosi namligining normal bo‘lishi. Ustaxona zax bo‘lmasligi kerak. Zax bino o‘quvchilarning salomatligiga zarar yetkazish bilan bir qatorda dastgohlarning, yog‘och asbob-uskunalarning, shkaflarning nam tortib bo‘kishiga, shakl va o‘lchamlarining o‘zgarishiga, asboblar metall qismlarining, stanoklarning zanglab ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun o‘quv ustaxonalari polining taxta va havosi namligining normal bo‘lishi talab etiladi. Ustaxonaning shamollatiladigan bo‘lishi. O‘quv ustaxonasida yog‘och ishlanadigan tokarlik stanogi, arralash va randalash stanoklari bilan ishlaganda, mashg‘ulotdan so‘ng ish o‘rinlari va ustaxonani yig‘ishtirishda chang ko‘tariladi «Chang zararli, undan qoch» degan gigiena talabiga amal qilib, ustaxonada ko‘tarnladigan changni yo‘qotish maqsadida bino maxsus shamollatgich yordamida yoki-deraza romlarini ochish yo‘li bilan changdan tozalanadi — shamollatiladi. Bu ishni mashg‘ulotdan so‘ng navbatchi o‘quvchilar bajaradi. Chang ko‘tarilmasligi uchun polga suv sepish tavsiya etiladi. Ustaxonada qo‘l yuvish uchun suv, sovun, sochiq bo‘lishi va hammasi joy-joyida turishi talab etiladi. Ustaxonaning elektr energiyasi bilan ta’minlanishi. Ustaxonani yoritish, stanoklarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida binoga uch fazali elektr liniyasi o‘tkaziladi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘la amal qilgan holda elektr liniyasi umumiy taqsimlagich shchitga tortilib, undan xonalarga, yoritish tarmog‘i va stanoklarga taqsimlanadi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida har bir xonaga yoritish tarmog‘i uchun alohida, stanoklar uchun alohida umumiy duradgorlik o‘quv ustaxonalarida o‘quvchilar mehnatini ilmiy tashkil etish, isrofgarchilikka qarshi kurashib, uning oldini olish, xalq xo‘jalngining barcha tarmoqlarida, ayiiqsa xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishda tejamkorlikka qat’iy rioya qilishga, uning tejamkor bo‘lishiga alohida e’tibor beriladi. Yoshlarga o‘quv ustaxonalarida kasb-hunar o‘rgatish jarayonida mehnatga ijodiy yondashishni shakllantirish, unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni tarkib toptirish, ishni eng qulay oqilona usul bilan bajarishga o‘rgatish maqsadida ularga mehnatni ilmiy tashkil etish haqidagi tushunchalarni ham singdira borish kerak. Bu maqsadda o‘quvchilarning olgan nazariy bilimlarini amalda tatbiq etishga, bu bilimlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishga, shu tariqa fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish to‘g‘risida, undagi eskirib qolgan qurilmalarni rekonstruksiya qilish haqidagi tushunchalarni berib borishga, ishlab chiqarishga yangi texnikani joriy qilish, bu yo‘l bilan kishilarning qo‘l mehnatini yengillashtirish yoki undan butunlay ozod qilish mumkinligi haqidagi tushunchalarni singdirish lozim. Shu bilan birga ularga ishlab chiqarishga elektron hisoblash mashinalarini, robot texnikasini joriy qilish bilan ko‘plab sifatli mahsulot ishlab chiqarish, uning tannarxini arzonlashtirish, pirovard natijada ko‘plab sof foyda olish orqali ishchilarning real daromadlarini orttirish, turmush darajasnni yaxshilash mumkinligi haqidagi tushunchalarni uqtirish kerak. Yuqorida aytilganlardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: ishlab chiqarishda erishiladigan barcha yutuqlarning garovi, asosiy omili — mehnatni ilmiy tashkil etishdir. Ta’lim muassasalarining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq respublikamizlda ta’limga oid qabul qilinayotgan qarorlarda har tomonlama rivojlanayotgan yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta bilim berish, ixtiyoriy tanlab olingan ommaviy kasblardan birontasini mukammal o‘rganib, mehnat malakalari bilan qurollangan ongli ishchi kadrlar qilib yetishtirpsh kerakligi ta’kidlanadi. Albatta, bu ishlar o‘quv ustaxonalarida olib boriladigan ijtimoiy foydali va unumli hamda ishlab chiqarish ta’limi darslarida amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilarga ishlab chiqarishni tashkil etnsh, mehnatnn muhofaza qilish, ishlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, tejamkorlik haqidagi dastlabki tushunchalar berilib, ular nazariy qurollantiriladi va mehnat malakalari hosil qilinadi. O‘quv ustaxonalarini estetik jihatdan jihozlash o‘quvchilarning fikrini jalb etish, kasbga xavas uyg‘otish, xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilishda muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun barcha turdagi ish o‘rinlarni tashkil qilishga, ko‘shimcha jixozlarni, ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalarini joylashtirishda alohida e’tibor berish zarur. O‘quv ustaxonalarini jixozlashda yuqori sinf o‘quvchilari tayyorlagan ish namunalarini namoyish qilish yosh hunarmandlarning o‘rganayotgan kasbiga qiziqishini ortib borishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ustaxonalar bevosita maktab binosi ichida yoki maktab yoniga kurilgan aloxida binoda bo‘lishi lozim. Ustaxonalar ikkita ixtisoslashtirilgan xona duradgorlik va chilangarlik o‘quv ustaxonalari orasiga yoki ulardan bir xil masofadagi uzoklikda joylashtiriladi. Asbobxonada kerakli asbob-uskunalar, xom-ushyo materiallari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar saqlanadi. Me’yor bo‘yicha o‘quv ustaxonalar maydoni - 70m 2 gacha, asbobxona maydoni - 20m 2 gacha bo‘ladi. Biriktirilgan (kombinirovanniy) o‘quv ustaxonasi maydoni - 90m 2 gacha bo‘ladi.
Download 22,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi