Qo`shimcha adabiyotlar
1. Akademik litseylarning ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy filiologiya
yo`nalishidagi tarmoq ta'lim standarti va chuqurlashtirilgan fanlar o`quv
dasturlari. – T.: 2005.
2. www.pedagog.o`z
3. www.Ziyonet.o`z
1. Innovatsiya tushunchasi va innovatsion texnologiyalar.
Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilik
demakdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va talaba
faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan
interfaol uslublardan foydalaniladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda yosh avlodga chuqur
bilim beradigan, fikrlash doirasi keng, kasbiy ko`nikmalarga ega bo`lgan,
huquqiy demokratik jamiyat a’zolarini ozod va erkin yashashga, mustaqil fikr
yuritishga o`rgata oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosiy
vazifa qilib belgilangan. «Ilgari biror bir mamlakatning taraqqiyoti va kuch-
qudratini ifodalash va baholash uchun uning mavjud bo`lgan tabiiy boyliklari va
iqtisodiy salohiyati haqida so`z yuritilar edi. Bugun dunyo taraqqiyotning
shunday bosqichiga qadam qo`ydiki, har qanday millat va davlat
imkoniyatlarining hal qiluvchi belgisi bu- ma’rifat, insonlarning intellektual,
kasbiy va ma’naviy salohiyatidir»-deb ta’kidlaydi prezidentimiz I.A.Karimov.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi asosiy tamoyillardan
biri - bu ta’lim tizimini tuzilishi va mazmun jihatidan isloh qilish uchun
o`qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash, yuqori malakali, raqobatga qodir
mutaxassislar
tayyorlash
bo`yicha
ta’lim
muassasalarining
faoliyatini
uyg`unlashtirish, ilg`or pedagogik texnologiyalarni, pedagogik innovatsiyalarni
ta’lim jarayoniga kiritish hisoblanadi.
Ammo ilg`or pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar o`z-o`zidan ta’lim
tizimiga kirib kelmaydi. Bu o`qituvchi faoliyati va uning motivatsiyasiga bog`lik
jarayon. O`qituvchi faoliyatini o`zgartirmay turib uning mas’uliyati va faolligini
oshirmasdan ta’limda bir qadam oldinga siljib bo`lmaydi. Akademik A.N.
22
Leontev «Dunyoni idrok qilishning birinchi sharti -faoliyat, ikkinchi sharti -
tarbiyadir. Faoliyat jarayonida; kishilarning qobiliyati, bilim va malakalari
shakllanadi, demak, faoliyat ijtimoiy hodisa bo`lib, hayotiy kurashning asosiy
shartidir.
Pedagogik faoliyat, uning tuzilishi va tarkibiy qismlari haqida juda ko`p
olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Jumladan, S.L.Ko`zmina o`z
tadqiqotlarida pedagogik faoliyatning geneseologik (bilish), loyihalash,
tashkilotchilik, kommunikativ tarkibiy qismlari mavjud ekanligini bayon etib
o`tgan.
Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo`nalish - pedagogik
innovatsiya va ta’lim jarayonini yangilash g`oyalarining paydo bo`lishi natijasida
o`qituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yo`nalish «o`qituvchining
innovatsion faoliyati» tushunchasi paydo bo`ldi.
Pedagogikada
Do'stlaringiz bilan baham: |