Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich tarix fanini o


Tarix ta'limini tashkil etish shakllari: mohiyati va mazmuni



Download 3,84 Mb.
bet60/160
Sana31.12.2021
Hajmi3,84 Mb.
#199021
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160
Bog'liq
Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich

1. Tarix ta'limini tashkil etish shakllari: mohiyati va mazmuni.

Yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar tufayli barcha, jumladan, ijtimoiy - iqtisodiy sohalarda, shuningdek, ta'lim tizimida ham keskin o`zgarishlar yuz bermoqda.

O`zbekistonda ilm-fan, texnika va texnologiyasining so`nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta'lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.

Bizning yangi avlodimiz, bilimli, o`tmishning har qanday illatlaridan ozod bo`lgan yoshlarimiz bugungi kunda mamlakatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish, uni yangilash va ishonchli tarzda ravnaq toptirishning hal qiluvchi harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda. O`quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o`stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo`naltirilgan bilim olishlarini ta'minlash va kasb-hunar kolleji o`quvchilarining kasb- hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirish, tanlangan kasblar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisoslik olishni ta'minlash, tarixiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida ta'lim tizimining barcha kasbiy sohalarida tarix fanlarini o`qitish muhim hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus hamda Xalq ta'limi vazirliklarining 2010 - yil 1- iyuldagi 6/1 va 4/2-sonli qo`shma hay'at majlisi qarori bilan tasdiqlangan va akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tarixi fanlaridan uzviylashgan o`quv dasturi sifatida uzluksiz ta'lim tizimiga joriy etilgan bo`lib, o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida o`qitilayotgan amaldagi tarix fanlariga umumiy 160 soat shundan “O`zbekiston tarixi” fani1 dasturida 80 soat ma’ruza va 6 soat seminar, “Jahon tarixi” fani2 dasturida 80 soat ma’ruza mashg`ulotini o`tishga mo`ljallangan.

Metodik qo`llanmada tegishli mavzular o`quvchilarning tanlagan kasbiga bog`lagan holda o`qitilishi, ularda kasbiy ko`nikmalarni shakllantirish va kelgusida o`z sohalari bo`yicha yetuk mutaxassislar bo`lib etishishlari uchun tavsiyalar berilgan. Shuningdek, qo`llanmada kasb-hunar kollejlarida tarix fanini o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari, tarix fanidan o`quvdasturi, tarix fanini bilim sohalari bo`yicha kasbga yo`naltirib o`qitish yuzasidan tavsiyalar, tarix fanini o`qitish jarayonida ilg`or pedagogik uslub va texnologiyalarni qo`llash bo`yicha metodik tavsiyalar bayon etilgan.

Hozirgi kunda tarix fanlarini o`qitishning muhim muammolaridan biri bu - maqsadli ta'lim-tarbiyani yo`lga qo`yishdir. Ushbu dolzarb masala xususida Prezident

A.Karimovning “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o`rta maxsus, kasb- hunar ta'lim muassasalarini shunday kadrlar bilan ta'minlash tiizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga ko`ra ta'lim jarayonida ilg`or pedagogik uslub va texnologiyalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta'lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish borasida ilgari surilgan vazifalar bugungi kunda ta'limni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Tayyorlangan metodik tavsiyalar o`rta maxsus ta'lim tizimi tarix fani o`qituvchilariga ta'lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy talablarga javob berishi uchun amaliy yordam beradi.

Tarix fanlarini o`qitishda tarixiy bilim, tushuncha va tasavvurlarni egallash, ularni izohlash, ko`nikma va malakani shakllantirish orqali o`quvchilar intellektual qobiliyatlarini jadal o`stirishni, ularga kasb-hunarga yo`naltirilgan bilim berishni ta'minlash va kasb-hunar kolleji o`quvchilarining kasb-hunarga qiziqishini oshirish maqsad qilib olingan. Tarix fanlarini o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, o`quvchilarning tanlagan kasbi bilan bog`liq bo`lgan tarixiy bilim, tushuncha, tassavvurni yanada rivojlantirish hamda o`zining sohasiga doir tarixiy bilimlar bilan tanishtirish ularni hayotga va kasbiy faoliyatiga tatbiq etishni o`rgatishdir.

Orta maxsus ta'lim tizimida fanlarni oqitishda umumiy o`rta ta'lim tizimidan farqli o`laroq, mashg`ulotlarning ma’ruza va seminar (amaliy) shakllari bo`lib, ular quyidagi maqsad va vazifalarga yo`naltirilgan:

Ma’ruza - o`qitishni tashkil etishning yetakchi shakli bo`lib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi:

yo`naltiruvchilik - o`quvchilarni o`quvmaterialining asosiy holatlariga, uni kelgusi ish faoliyatidagi o`rni va ahamiyatiga diqqat qilishlariga imkon beradi;

axborotlilik - o`qituvchi ma’ruza vaqtida holat, asosiy ilmiy dalillar va xulosalar mohiyatini ochib beradi;

metodologiklik - ma’ruza vaqtida o`qitish usullari taqqoslanadi, ilmiy izlanishning asoslari namoyon etiladi;

tarbiyalovchilik - ma’ruza o`quvmaterialiga hissiy-baholash munosabatida bo`lishni uyg`otish;

rivojlantiruvchilik - bilim olish qiziqishlarini, ya'ni mantiqiy fikrlash va isbotlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.



Seminar - ta'lim beruvchini ta'lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yo`naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun sharoitni ta'minlovchi, o`quv mashg`uloti shakli.

Seminar mashg`ulotining asosiy maqsadi - nazariy materialni (bilimlarini) tartibga solish, amaliy malaka va ko`nikmalarini hosil qilish va bilimlarini nazorat qilishdan iboratdir.


Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish