Жиззах вилояти Янгииобод тумани Аҳоли бандлигига кўмаклашиш маркази ишга жойлаштириш инспектори Хайруллоев Баходирнинг Меҳнатни мухофаза қилиш тўғрисидаги қонун хужжатларининг моҳияти мавзусида ёзилган савол жавоблари.
«Mehnatni muhofaza qilish togrisida» gi qonunning amal qilish sohasi, mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining asosiy yunalishlari.
Nazorat savollari:
Mehnat muxofazasi bu nima?
Mеhnat muhofazasi – bu ijtimoiy, iqtisodiy texnika, sanitariya-gigiyena, mehnat qonunlari va tashkiliy chora-tadbirlar tizimidan iborat bo‘lib, uzluksiz faoliyat jarayonida inson sog‘lig‘i va mehnat qobiliyatini saqlashni ta’minlashga qaratilgan fandir.
Mehnatni muxofaza kilishni davlat nazorati kanaka amalga oshiriladi?
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari, shuningdek, mehnat qilish qonunlarining bajarilishini ta'minlovchi umumiy va maxsus davlat nazorat tashkilotlari mavjud.Hamma vazirliklar, birlashmalar va sanoat korxonalarida mehnat qonunlarining aniq bajarilishini O‘zbekiston Respublika prokuraturasi kuzatadi. Prokuratura mahkamalari qonunlarning buzilmasligini mehnatkashlarning arzlari asosida yoki korxona va ayrim shaxslarning signallari asosida, mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarilayotganligini tekshirish yo‘li bilan amalga oshiradilar.
Yuriknomalarni utkazish tartibi. Mehnat muxofazasi kabineti
Sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish masalalarini targ‘ibot qilish va xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalaridan o‘tkazish maqsadida mehnatni muhofaza qilish kabineti tashkil qilinadi. Bu kabinetlarning hajmi mashinasozlik sanoatida ushbu korxonada mehnat qilayotgan ishchilar soniga qarab belgilanadi.
Mehnatni muhofaza qilish kabinetlaridan quyidagi hollarda foydalaniladi:
Ishga yangi kirayotgan ishchi va xizmatchilarni xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi bo‘yicha yo‘riqnomalardan o‘tkazish, shuningdek, bu yerda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari talabalarini ishlab chiqarish amaliyoti vaqtida kirish yo‘riqnomasidan o‘tkazish.
Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha maxsus bilim talab qiladigan ishlarda mehnat qilayotgan ishchilar bilan suhbatlar o‘tkazish, korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan dastur bo‘yicha muhandis-texnik xodimlar va kasaba uyushmasi faollari bilan mehnatni muhofaza qilish masalalarida seminarlar o‘tkazish.
Mehnatni muhofaza qilish haqidagi kinofilmlar namoyish qilish, suhbatlar o‘tkazish va ma'ruzalar uyushtirish.
Sanoatda jarohatlanish va kasb kasalliklarini kamaytirish sohasidagi korxona yutuqlarini va turdosh korxonalar yutuqlarini ko‘rsatuvchi vistavkalar tashkil qilish.
Mashinasozlik sanoatida mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilashi mumkin bo‘lgan, ishlab chiqarishning yangi usullari, yangi materiallar, ishlab chiqarish jarayonlari fan va texnikaning yutuqlarini targ‘ib qilish.
Mehnatni muhofaza qilish kabineti yangi zamonaviy modellar bilan jihozlanishi, ko‘rgazmali qurollar (plakatlar, sxemalar, maketlar, natural eksponatlar, diafilmlar) bilan ta'minlanishi ishchi va xizmatchilarni kirish yo‘riqnomasidan otkazish va muhandis-texnik xodimlar bilan seminar o‘tkazishga kerak bo‘ladigan uslubiy ko‘rgazmalar, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish ma'lumotnomalari va targ‘ibotning texnik vositalari (kinoproektor, diaproektor, epidioskoz, filmoskoz va boshqalar) bilan jihozlanishi, o‘qish-o‘rgatish qurollari bo‘lishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish kabinetdagi ko‘rgazmali qurollar sanoat korxonasining ishlab chiqarish xususiyati va unda mehnat qilayotgan ishchilar soniga, shuningdek, kelajakda rivojlanish rejasiga bog‘liq. Har qanday holda ham mehnatni muhofaza qilish kabinetida quyidagi bo‘limlar bo‘lishi shart:
— umumiy bo‘lim, bu bo‘lim mehnatni muhofaza qilishning hamma ishlovchilar uchun taalluqli bo‘lgan asoslaridan tashkil topadi. Bu bo‘limga mehnatni muhofaza qilish qonunlari, mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, sanoat korxonalarini shamollatish, sanoat korxonalarini yoritish masalalari, shovqin va tit-rashdan saqlanish, shaxsiy muhofaza vositalari, texnika xavfsizligini asosiy vositalari, elektr xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi;
— maxsus bo‘lim, bunda xavfsizlik texnikasi va ish sharoitini sog‘lomlashtirishning asosiy ishlab chiqarish jarayonlari. bo‘yicha aks ettirilishi, masalan, metallarga qirqib ishlov berish, metallariga bosim bilan ishlov berish, elektr va gaz bilan payvandlash, sanoatda xavfsiz ish olib borish nazorati obyektlarini ishlatish va boshqalar.Kabinet ish rejalarini va eksponatlar tarkibini korxona bosh muhandisi tasdiqlashi kerak.
Mehnat muhofazasi kilish hizmatlar tizimi tashkil qilish
Ish beruvchi (tashkilot rahbari): mazkur Nizomda belgilangan hollarda va tartibda Xizmatni tashkil etishi; Xizmat xodimlari o‘z vakolatlari va funksiyalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratib berishi;Xizmat xodimlarining ish joylarini alohida xonada tashkil etishi, ish xususiyatlarini hisobga olib, zamonaviy idora texnikasi, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini tezkor nazorat qiluvchi zarur asboblar, texnik aloqa vositalari bilan taʼminlashi va tashrif buyuruvchilarni qabul qilish uchun jihozlashi; Xizmat funksiyalarini amalga oshirish uchun (o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish, seminarlar, maʼruzalar, ko‘rgazmalar o‘tkazish) mehnatni muhofaza qilishga oid zarur normativ huquqiy adabiyotlar va maʼlumotnomalar bilan jihozlangan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xonasini tashkil etishi; Xizmat xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish talablari yuzasidan muntazam malaka oshirishini va bilimlarini tekshirishni tashkil etishi; qonun hujjatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiq xodimlar qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tishini taʼminlashi, o‘qish davrida ularning o‘rtacha ish haqini saqlab qolishi; mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi va boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadigan miqdorda zarur mablag‘larni ajratishi majburdir. Xizmat xodimlari mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida chiqimdor bo‘lmaydilar.
Ish o‘rinlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |