O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Jizzax politexnika instituti
“Sanoat texnologiyalari” fakulteti
“Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasining
2022 yil 16 fevraldagi №15 sonli navbatdan tashqari yig‘ilish
BAYONNOMASI
Qatnashdilar: kafеdra mudiri dots.B.Xoldorov, A.Muratkasimov, q.x.f.n. U.Islomov, X.Aralov, katta o’qituvchilar Sh.Karimov, G.Qobilova, assistеntlar J.Shamshiyev, S.Turopov, F.Chimpayizov, B.Ergashеv, J.Shamshiеv, K.Usmonova, Sh.Issakov, O.Ermatov, laborantlar F.Axmеdova, J.Sadullaеv, O.Baratov.
KUN TARTIBI:
1. Kafedra dotsenti A.S.Muratkasimovning 2021 yil 12 fevral 304-xonada “Tuproqshunoslik va agrokimyo” fanidan “O’simliklarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi” mavzusidagi OCHIQ DARS taxlili.
Eshitildi: Kafedra mudiri B.Xoldorov so‘zga chiqib quyidagilarni ma’lum qildilar. Bugun kafedramizda kafedra dotsenti A.Muratkasimovning IV-juftlikdagi ma’ruza mashg’uloti darsida “Tuproqshunoslik va agrokimyo” fanidan “O’simliklarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi” mavzusi yuzasidan ochiq darsi bo‘lib o‘tdi. Bu dars “Sanoat texnologiyalari ” fakultetining 2 kurs 321-20, 322-20 ООТ guruhida olib borildi.
Darsi jarayoni I va AT lari asosida olib borildi.
Mavzu matni o‘qituvchi tomonidan sodda va tushunarli qilib tushuntirilib berildi. Dars jarayonida o‘qituvchi doskadan unumli foydalandi. Dars davomida ham talabalar bilan aqliy xujum orqali doimiy muloqatda bo‘lib turdi.
Mavzuga tegishli tarqatma materiallardan unumli foydalandi. Mavzu bo‘yicha videorolik qo‘yilib, videorolik orqali ham tushintirib berildi.
Dars davomida aktiv qatnashgan talabalar belgilangan ballar bilan baholandi.
O‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari uchun ochiq dars ishtirokchilariga so‘z berildi:
Sh.Karimov, U.Islamov va B.Ergashevlar birma-bir so‘zga chiqishib o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
O‘qituvchi dars davomida didaktik materiallardan, hamda talabalarda ahloqiy sifatlarni tarbiyalash jihatlaridan unumli foydalandi.
So‘ngra dotsent A.Muratkasimov so‘zga chiqib, yuqorida aytib o‘tilgan fikrlardan tegishli xulosalar chiqarishligini, dars o‘tish saviyasini yanada oshirishga harakat qilishligini aytib, ochiq dars qatnashchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Dotsent A.Muratkasimovning ochiq darsi tahlili yuzasidan kafedra yig‘ilishi
QAROR QILADI:
1. Dotsent A.Muratkasimovning ochiq darsi tahlili yuzasidan ochiq dars qatnashchilarining aytib o‘tgan fikr va mulohazalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Dars jarayonida eng so‘ngi ma’lumotlardan foydalanib, samaradorlikni oshirishi kerakligi ta’kidlab o‘tilsin.
3. A.Muratkasimovning ochiq darsi “DTS” talablariga mos,- deb topilib, “yaxshi” deb baholansin.
Majlis raisi: B.Xoldorov.
Kotiba: F.Axmedova.
Do'stlaringiz bilan baham: |