Жиззах давлат педагогика институти ректори проф



Download 492,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana13.07.2021
Hajmi492,11 Kb.
#118262
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
buyuk geografik kashfiyotlar va toponimika

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

22 



2.2. FERNAN MAGELLAN VA UNING DUNYO BO’YLAB SAYOHATI 

 

Amerigo  Vespuchchining  X.Kolumb  kashf  qilgan  yerlar  yangi  qit’a  ekanligi 

haqidagi  farazi  Fernan  Magellanning  1519-1522-yillardagi  dunyo  aylana  birinchi 

sayohatida  to’la  tasdiqladi.  Yangi  ochilgan  yerlardan  mo’ljallangan  boyliklariga 

erisha  olmagan  ispan  hukmdorlari  Fernan  (losman-dengizda  yo’l  ko’rsatuvchi 

kishi.) Magellanning Hindistonga G’arbiy dengiz yo’lini ochish loyihasini qo’llab-

quvvatladilar. 

Jasur va tajribaii dengizchi, bag’oyat irodali Magellan o’zining 5 ta kemadan 

iborat  flotiliyasini  1519-yilning  20-sentyabrida  San-Lukar  portidan  dengizga 

chiqardi.  Ekspedisiyada  qatnashgan: “Trinidad”, “San-Antonio”, “Konsepsion”, 

“Viktoriya”  va  “Sant-Yago”  kabi  105-154  tonna  yuk  sig’imli  kichik  kemalarda 

ikki yilga yetadigan oziq-ovqatlar g’amlab olingandi. Magellanga berilgan kemalar 

ta’mirlashdan keyin ham talabga to’liq javob beradigan holda emasdi.  

Portugaliyaning  Ispaniyadagi  elchisi  o’z  qiroliga  Magellan  ekspedisiyasi 

muvaffaqiyatsizlikka  uchrashi  muqarrar  deb  yozgan  edi.  Magellan  kemalarga 

portugaliyalik  hamyurtlaridan  ruxsat  berilgan  5  kishi  o’rniga  37  kishi  olishga 

muvaffaq  bo’ldi.  Sayohatning  boshidayoq  juda  og’ir  sinovlarni  yengib, 60 kunlik 

tinimsiz  yomg’irlardan  so’ng  kemalar  1519-yil  13-dekabrida  Rio  de  Janeyro 

ko’rfaziga  kirdi.  Yana  bir  oylik  sayohatdan  keyin  hozirgi  Urugvayning  poytaxti 

Montevideo joylashgan yerda to’xtashdi.  

Bu joy ikki okeanni bog’lovchi qo’ltiq ekanligi haqidagi faraz tasdiqlanmadi. 

Qishlovga  to’xtagan  ekspedisiyada  birinchi  marta  isyon  ko’tarildi.  Unda  uchta 

kemaning kapitanlari qatnashdi. Kapitanlardan biri isyonchilar bilan to’qnashuvda 

halok  bo’ldi,  Ikkinchisi  –  kapitan  Mendosa  isyon  bostirilishi  bilan  qatl  qilindi, 

uchinchi  kapitan  Kartaxena  fitnada  ishtirok  qilgan  ruhoniy  bilan  ko’rfazning 

qirg’og’iga  tashlab  ketildi,  Isyon  boshlanishiga  sabab  Magellanning  oziq-ovqat 

miqdorini kamaytirishi bo’lgandi.  

Ekspedisiya a’zolarining orqaga qaytishni talab qilishlariga javoban Magellan 

“Qit’a janubidagi bo’g’ozni topib  o’z va’damni bajaraman, bu  yo’ldan meni faqat 

o’lim qaytaradi”, - deb aytdi. Ko’rfazning ochilishi arafasida “Sant-Yago” kemasi 




 

 

23 



halokatga  uchradi.  Magellan  ekspedisiyasi  1520-yil  21-oktyabrida  janubiy 

kenglikning  52-gradusida  keyinchalik  uning  nomiga  qo’yilgan  qo’ltiqqa  kirdi. 

Ekspedisiyaning  Janubiy  dengizga  yo’l  olgan  kemasida  1-noyabr  kuni  Estevan 

Gomes  boshchiligidagi  bir  guruh  zobitlar  isyon  ko’tarib,  Magellanning  sodiq 

safdoshi  “San-Antonio”  kapitani  Alvaro  de  Meskituni  qo’lga  olib  asosiy  oziqa 

zaxirasi  bilan  Ispaniyaga  yo’l  oldilar.  Qaytib  kelganlar  Magellanga  tuhmat-

bo’htonlar yog’dirdilar. Qirol hukumati esa bunga ishonib Magellanning qaynotasi 

va xotinini sazoyi qildi. 

Bu  paytda  jasur  Magellan  o’z  maqsadi  tomon  ishonch  bilan  bormoqda  edi. 

Ko’rfazdan  bir  oyga  yaqin  suzgan  kemalarning  chap  tomonida  doim  hindular 

gulxanlari olovi va tutuni ko’rinib turgan. Natijada dengizchilar bu yerlarni “Olovli 

yer”  deb  atadilar,  Okeanga  chiqqan  kemalar  shimolga  qarab  suzishdi.  To’rt  oy 

davomida  hyech  qanday  dovullarsiz  olg’a  yurildi.  Okeanning  ularga  qilgan 

muruvvati evaziga sayohatchilar uni “Tinch okean” deb atadilar.  

Hujjatlarda  yozilishicha,  sayohatchilar  keyingi  110  kun  davomida  qurtlagan 

non  ushoqlarini,  sassiq  suvni  ichishga  majbur  bo’ldilar.  Kemalarda  kalamushning 

narxi  qimmat  bo’lgan,  dengizchilar  kemaning  charm  qoplangan  joylarini  olib 

qaynatib  ichishgan.  Sayohatchilarning  ko’pi  singa  kasaliga  chalinib  nobud 

bo’lishgan. Nihoyat, 1521-yilning 6-martida ekspedisiya a’zolari Marian arxipelagi 

orollaridan  biriga  tushdilar.  O’n  kundan  so’ng  kemalar  yaqinlashgan  arxipelag 

Ispaniya shahzodasi, bo’lajak qirol Filipp sharafiga Filippin deb ataldi.  

Xuddi  shu  orollarda  ro’y  bergan  bir  voqyea  sayyohlarning  qilgan  ishlari 

qanchalik  buyuk  ekanligini  ko’rsatdi.  Magellanning  qachonlardir  Malay 

orollaridan  olib  chiqib  ketilgan  xizmatkori  Enrike  mahalliy  aholi  bilan  gaplashib 

bir-birlarini  tushunganlar.  Demak  Enrike  o’z  yurtidan  sharq  tomonga  chiqib  unga 

g’arbdan  qaytib  keldi.  Sebu  orollari  aholisini  Ispaniya  qiroli  vassallariga 

aylantirish  uchun  qilingan  urushda, 1521-yil  27-aprelida  Magellan  halok  bo’ldi. 

Molukka 


orollaridan 

ziravorlarni 

ortib 

olgan 


Eskato 

boshchiligidagi 

ekspedisiyaning  qolgan  a’zolari  San-Lukarga  qaytib  kelganda  “Viktoriya” 

kemasida 18 kishi qolgan edi. 




 

 

24 



Dunyo  bo’ylab  qilingan  birinchi  sayohat  Yerning  shar  shaklida  ekanligini 

uzil-kesil  isbotladi.  Sayyohlar  Yer  kurrasining  anchagina  qismini  tadqiq  etdilar. 

Endilikda  okean  yo’lini  o’zlashtirish  boshlandi.  Buyuk  geografik  kashfiyotlar 

natijasida Yer yuzidagi aholi haqida ma’lumotlar ko’payib bordi. 

Pireneya yarimorolidan arablarning haydab chiqarilishida faol ishtirok qilgan 

minglab  risarlar  urushdan  so’ng  bekor  qoldilar.  Ularning  ko’pchiligi 

qashshoqlashgan  dvoryanlar  vakillari  edilar.  Osonlikcha  boylik  orttirish  yo’lini 

axtargan  ming-minglab  kishilar  Ispaniya  va  Portugaliya  sayyohlarining 

kashfiyotlari  haqida  xabar  yetishi  bilan  hyech  o’ylanib  o’tirmasdan  yangi 

o’lkalarga jo’nashdi. 

Dengiz  ekspedisiyalarini  safarlarga  tayyorlashda  va  jihozlashda  savdogarlar 

va  kema  egalari  ham  faol  qatnashdilar.  Ularning  maqsadi  savdo-sotiqdan, 

bo’ysunodirilgan  o’lkalarni  talashdan  boylik  orttirish  edi.  Amerika  qit’asini  istilo 

qilishda  xristian  dini  vakillari,  ruhoniylar  va  rohiblar  ham  ishtirok  etdilar.  Ular 

mahalliy  aholini  xristian  diniga  o’tkazish  bilan  shug’ullandilar.  Shunday  qilib, 

yevropaliklar bosib olingan mamlakatlarni o’z mustamlakalariga aylantirdilar.  

Ispanlar  Osiyo  qirg’oqlariga,  aynan  Molukka  yarim  oroliga  yetishga  harakat 

qilishardi,  shuning  uchun  portugallarning  yo’lidan  boshqa  yo’llarni  to’xtovsiz 

qidirishar  edi. 1519 yil  20  sentyabrda  “Trinidad”, “San-Antonio”, “Konsepsion”, 

“Viktoriya”, “Sant’yago”  deb  nomlangan  5  ta  kemadan  iborat  ekspedisiya  Ispan 

qiroli  xizmatidagi  portugal  dengizchisi  Fernan  de  Magellan  boshchiligida  g’arbiy 

yo’lni izlab suzib ketdi.  

Flotiliya  Janubiy  Amerika  materigining  sharqiy  qirg’oqlari  bo’ylab  suzib, 

katta  qiyinchiliklar  bilan  janubiy  chekkasidan  aylanib  o’tdi  va  Tinch  okeanga 

chiqdi.  Tinch  okeanini  kesib  o’tib,  Marianna  orollariga,  undan  Filippin  orollariga 

yetib bordi. Bu yerda 1521 yilda Magellan halok bo’ldi. Ekspedisiyada ikki kema 

Xuan  Sebast’yan  El’kano  boshchiligda  Molukka  arxipelagiga  yetib  borib, 

ziravorlar sotib oldi va ikki yo’nalishda Ispaniyaga qaytishga qaror qilindi.  

“Trinidad”  deb  nomlangani  Tinch  okean  orqali,  Xuan  S.  Elkano 

boshchiligidagi  “Viktoriya”  kemasi  hind  okeani  orqali  qaytmoqchi  bo’ldi. 




 

 

25 



Viktoriya  portugal  kemalaridan  yashirinib,  janubroqdan  suzdi  va  Hind  okeanini 

kesib  o’tib,  katta  qiyinchiliklardan  so’ng  1522  yil  8  sentyabrda  Ispaniyaga  yetib 

keldi. “Trinidad” kemasi halokatga uchrab, undan 3 kishi  omon qoldi  va 5  yildan 

so’ng  Ispaniyaga  yetib  kelishdi.  Magellan  ekspedisiyasining  ahamiyati  nihoyatda 

katta  bo’ldi,  Yerning  sharsimonligi  amalda  isbotlandi,  Yangi  qit’aning  janubiy 

qirg’oqlari aniqlandi.  

Ekspedisiya  taqdiri  uning  ishtirokchisi  ital’yan  Antonio  Pigafetta  tomonidan 

“Dunyo  bo’ylab  birinchi  sayohat”  kitobida  bayon  qilingan.  Lekin  u  na  dengizchi, 

na  geograf,  hatto  kuzatuvchan  odam  bo’lmaganligidan  uning  kitobi  sayohat 

to’g’risida  to’liq  ta’surot  bermaydi.  Magellan  va  boshqa  qatnashchilarning 

kundaliklari  saqlanib  qolmagan,  faqat  “Trinidad”  kemasi  kapitan  yordamchisi 

Fransisko  Al’boning  jurnali  bizgacha  yetib  kelgan  va  ekspedisiya  to’g’risida 

to’liqroq ma’lumot olishga yordam bergan.  


Download 492,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish