Жиззах давлат педагогика институти ректори проф


Ishning  tarkibiy  tuzilishi  va  hajmi



Download 371,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana26.09.2021
Hajmi371,99 Kb.
#186286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ozbekiston qadimgi turkiy toponimiyasi jizzax viloyati misolida

Ishning  tarkibiy  tuzilishi  va  hajmi.  Bitiruv  malakaviy  ishi  kirish,  uch  bob, 

xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 



 

 

 

 

 

 


 



I - BOB. GEOGRAFIYA VA TOPONIMIKA ALOQADORLIGI 

  

1.2. TOPONIMIKANI GEOGRAFIYA FANLARI TIZIMIDAGI O’RNI 

 

XX-asr 



fanlarning 

defferensiasiyasi 

(tarmoqlarga 

bo’linishi) 

va 

integrasialashuv  jarayonlari  jadalashgan  asrdir.  Zotan  tarmoq  va  sohalarning 



chuqur  tadqiq  etilishi  yangi  tarmoq  fanlarining  vujudga  kelishiga  sharoit  yaratdi. 

Bir qator tabiiy va ijtimoiy  fanlarning muayan yo’nalishlari tutashgan bo’g’inlarda 

yangi “oraliq” fanlarning vujudga kelishi ro’y berdi. Huddi shunday fanlardan biri 

toponimika  bo’lib, “yuqorida  ta’kidlaganimizdek  tilshunoslik  geografiya  tarix  va 

boshqa  fanlar  o’rtasida  vujudga  keldi.  Joy  nomlarining  ma’nosi  qayin  tildan  

olinganligi  qanday  tarixiy  va  ijtimoiy  voqyeylik  natijasi  ekanligini  tadqiq  etadi. 

Shu bilan birgalikda joy geografik sharoiti aniq nomda joy geografik sharoiti aniq 

nomda mujasamlashivi masalasini toponimika o’zgaradi. 

Nomlarni  bilish  faqat  ilmiy  va  marifiy  jihardan  ahamiyatli  bo’lmasdan 

amaliy  va  mafkuraviy  jihatlardan  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2004  yil  11  avgustda  chiqarilgan 

O’zbekiston  Respublikasidagi  ma’muriy  hududiy  birliklar  aholi  punktlari, 

tashkilotlarga  va  boshqa  toponimik  obyektlaga  nom  berish  ishlari  tartibga  solish 

to’g’risidagi  qarori  miliy  qadryatlarimizning  ko’z  ilg’amas“  qismiga  tarixchi 

tilshunos  geograf  mutaxasislar  qolaversa  bu  ishga  bosh  qosh  bo’lgan  ma’sul 

kishilar  diqqatini  jalb  etadi.  Vatan  tarixiga  va  qadriyatlariga  yanada  jiddiy 

munosabatda bo’lishini talab etadi. Lug’at tarkibiga kirgan so’zlar har bir sohasida 

muayyan tushuncha qonun- qoidalarni ifodalaydi. 

Geografiya  termini  bu  qadimiy  Yer  ilmining  tushuncha  va  qonunlari 

mazmunini  ifodalab  mustaqil  fan  sifatida  mavjud  bo’lishini  takidlaydi.  Shu 

boisdan  bo’lsa  kerakki  geografik  terminlarni  o’rganish  va  tartibga  solish 

toponimika fani bilan birgalikda olib borilgan. O’zbekistonda dastlabki geografiya 

terminlarini  tuzish  XX  asrning  30-40  yillaridan  boshlangan.  Garchi  “Devoni 

lug’at-it turk”, “Lug’ati Chig’atoy  va turki usmoni” va boshqa lug’atlar qadimdan 

mavjud  bo’lsada  hozirgi  zamon  geografiyaning  termin  va  so’zlariga  asosan  XX 



 

asrda  tartib  berildi.  Dastlabki  geografik  lug’atlardan  biri  O.Ibrahimov  tomonidan 



yozilgan  “Geografiya  atamalari”  lug’ati  bo’lib,  lotin  imlosida  1935  yilda  nashr 

etilgan. 

Lug’atda  geografik  nomlar  bilan  birga  yonma-yon  terminlar  ham  berilgan. 

Terminlar  ro’yhati  betartib  tasodifiy  toplangan  bo’lishiga  qaramay  lug’at  tuzish 

tajribasida ma’lum ahamiyat kasb etadi. 1940 yilda prof. Malliskiy va G’afurovlar 

tahririda  nashr  etilgan  “ruscha  -  o’zbekcha  geografiya  terminlar  lug’ati”  ancha 

mukammal  ishlangan,  terminlar  asosan  to’g’ri,  ammo  xalq  so’z  terminlaridan 

foydalanilmagan.  Bir  guruh  geografik  terminlardan  umuman  foydalanilmagan. 

Mahmud  Qoshg’ariyning  “Devoni  lug’atit  turk”  Sulaymon  Buxoriyning  “Lug’ati 

chig’atoyi  va  turki  usmoniy”  XVII  asrda  Hindiston  podshosi  Boburiy  Avrangzeb 

taklifiga  muofiq  Muhammad  Yaqub  Changiy  tomonidan  yozilgan  Chig’atoycha-

forscha  “qilurnoma”  lug’atlaridagi  so’zlardan  foydalanilmagan.  Shunday  bo’lsada 

“Geografiya  atamalari”  va  “Qisqacha  ruscha  –  o’zbekcha  terminlar  lug’ati” 

qo’llanmalari O’zbek miliy geografik terminshunosligida muhim bosqich bo’ladi. 

Har  ikkala  lug’at  lotin  alifbosida  chop  etilgan  bo’lib,   muayyan 

kamchiliklarga  qaramay  geografik   terminshunoslikda  katta  ahamiyatga  ega  

bo’ldi.   Xalq  terminlariga  etibor  berilmagan  yasama  so’zlar  keltirilgan  

shuningdek  ustun  stremnina  skala  praduxt,  nurga  poyma  ples,  obolochkka,  

nonos,  korabel  kabi  o’zbek tilida  shundayligicha  berilgan.  (Ustun-tik, qiyalik,  

utes  qoya, stremnina – tez oqar  joy,  skala qoya tosh,   preduxt- mahsulot, nurga – 

shirabo’ron,   poyma-qayir,  plyos-daryo  o’zani  sayozligi,  obolochka  -  qobiq,  

nopos-yemirilgan  jins  to’plami)   

1953  yilda  o’zbek  milliy  geografiyasining   tamal  toshini    qo’ygan  

Dolimov,  Qarayev,  Hasanov,  Mirboboyevlarning  “Qisqacha   ruscha-o’zbekcha  

geografiya  terminlari  lug’ati” ni  tuzib,   o’quv pedagogika  nashriyoti  tomonidan  

nashr  ettirdilar.  Bu lug’at   haqida matbuotda  uni o’quv  ishlarida qo’llash  uchun 

qulayligi   xususida  qator   taqrizlar  elon  qilindi.  Lug’at  tuzush  masalasi  

boshqa  fanlar  uchun  muhim  ahamiyatga  bo’lgani  uchun  M.Bohodirov,  Ya. 

Nosirov,  M.Umarov,  H.Mirohunovlarning  “qisqacha  ruscha-o’zbekcha  



 

tuproqshunoslik  terminlari  lug’ati”  A.Sodiqov,  “Geologiya  terminlar  lug’ati”  



Z.N.Saidnosirova  T.V.  Derxsnov  “Ximyadan  qisqacha  izohli  rusch-o’zbekcha  

lug’at”   S.S.Sohabiddinov  “qisqacha  ruscha-o’zbekcha  botonika  terminlari  

lug’ati’,  Q.Zokirov  M.M.Nabiyev,  U.Pratov,  H.A.Jomolxonov  “ruscha  – 

o’zbekcha  botonika   terminlarining  qisqacha  izohli  lug’ati”  va boshqa  o’quv  

qo’llanmalari  yaratilib,  ilmiy  terminshunoslik  asoslari  yaratildi 

 Rus  tilidagi   geografik  terminlar  lug’atini   o’zbek  tiliga  tarjima  qilib,  

nashr  etish  XX  asrning  50-60  yillarida  ko’proq  ahamiyatga  berildi,  chunki  

geografiya   faning  terminlari  mazmunini  izohlash  fanni  bilishda  muhim   jihat 

hisoblanadi.  A.S.Borkov  “Tabiiy  eografiyadan  izohli  lug’at”  E.M.  Murzayev  

V.Murzayeva  “Mahalliy  geografik  terminlari  lug’ati”  kabi  izohli  lug’atlar  

ko’p  nusxada  chop  etildiki   geiografik  lug’atshunoslik  rivojlanishida  muhim  

ahamiyat  kasb  etdi.  Oliy maktab   geograf  olimlari  F.N.Mil’kovning  “Slovar – 

lopediya – I-V jildlar   (1959-1963)  o’z amaliy   faoliyatlarida  foydalanmoqdalar. 

Aslini  olganda  H.Hasanovning  “Geografik  terminlar  lug’ati”  atoqli 

geografik,  nomlar  –  toponimlarni  qamrab  olmaydi,  lekin  atoqli  geografik 

nomlarning  geografik  tushunchaga  aylangan  “Osiyo  maksumumi”  , “Islandiya  

maksumumi”   kabi  iqlimiy,  geologik  –  geografik  turdosh  otlarga  aylanib  

qolganlarini  izohlab  beradi.  “Geografik  terminlar  lug’ati”  ning  ahamiyati 

shundaki,  o’zbekcha  geografik  terminalogiyaning  manbalari  ,  xalq   geografiya 

terminlari  O’rta  Osiyo  xalqlari  tillaridan  olingan  so’zlarning  rus  geografiyasiga,  

ayni  vaqtda  xalqaro  geografik  terminalogiyaga  kirgan  -  adir  barxan,  bagora 

Djeuliv,  Kiyaris,  qishloq,  kurgon,  qir,  soy,  sel,  soz,  sir,  taqir  ,  to’qay,  chink,  

cho’l,  sho’r va boshqa  so’zlar izohlab va asoslab berilishidir.   

Xalqaro  geografik  terminalogiyada  ishlatilayotgan  bunday  so’zlar  lug’at 

tarkibining  bir  ismi  bo’lish  qatorida   darslik  va  geografik-  geologik   

adabiyatlarda  muayyan  geografik  mazmundagi  voqiylik  va  hodisani  ifodalahsda 

ishlatilmoqda.  H.Hasanov asarida  o’zbek tili lug’atiga kirgan geografik  terminlar  

-  (okean  passat  kompos  va  hakozo  –  ikkiyuz  so’zdan  ko’proq), rus  tilidan  aynan 

tarjima  qilinib,  kal’ka  yo’li  bilan  yasalgan  so’zlar  (vodorazdel-  suv  ayirg’ich,  



 

vodoxrapilishe  –  suv  ombor,  ) kabi  so’zlarni  aniq  iohlab  bergan.  Arabcha  – 



forscha,  turkiy  so’zlarning  geografik  mazmunini  ifodalashda  xalqaro  geografik 

terminalogiyada  qo’llanib kelayotgan muhobil variantlarini  ham tariflab beradi.   

Shuni aytish kerakki  H.Hasanov  vaqtli matbuotda muayyan chalkashliklar  

bilan  ishlatilayotgan  cho’l   so’zini  chinakkam  ma’nosini  izohlab  beradi.  

Kitobning  asosiy  qismi  rusch-o’zbekcha  terminlari  lug’ati  bo’lib,  unda  kiril 

imlosida  alfavit  tartibida  rus  tilidagi  terminlarning  o’zbekchada  ishlatilish  va 

yozilish  variantlari  berilganki  buni  o’zbek  geografik  terminshunosligida  katta  

voqyea  qaramoq  lozim.  bor  yo’g’i  besh  ming  nushada  chiqarilgan  bu  muhim  

geografik qo’llanma allaqachon nodir kitoblar  qatoridan o’rin olgan.   

O’zbek  toponimika  faning  taraqqiyotida  qomusiy  geograf  alloma 

H.Hasanovning  “O’rta  Osiyo  joy  nomlari  tarixidan  ”  (Toshkent  “Fan”  1965 )  

nomli  to’rt  ming  nusxada  chop  etilgan  asari  beqiyos  ahamiyatga  ega.  Kitobning 

toponimika  uchun  birinchi  navbatdagi  ahamiyati  shundaki,  toponimlarni  yerning 

tili  deb  tariflab  bu  fan  muhiyatini  tushuntirib  berganligidir.  Birinchi  

“Toponimika  tarixi  ”  deb  nomlangan  qismida  toponimika  va  joy  nomlarini  

o’rganish  ta’rixi,  tarixiy  toponimiya,  tayanch  tushunchalar,  O’rta  Osiyo  joy 

nomlarining paydo bo’lishi olimlarning asarlarida  toponimika qanday ahamiyatga  

ega ekanligi tariflangan.   

Kitobning  ikkinchi  qismi  “Qisqacha  toponimik  lug’at”  ga  bag’ishlangan 

bo’lib,  Amudaryo  Andijon,  Ashg’abot,  Bortang,  Balxash,  Borsa-Kelmas,  

Kaspiy,  Bo’kantov,  Sarisen,  Atrou,  Sirdaryo,  Termiz,  To’palang,  va  boshqa  

o’rta  Osiyoning  makro  va  mezo  toponimlari  paydo  bo’lishi  tarixiy   lingvistik  

jihatdan  tariflangan.  Kitob  “tarixiy-  geografik,  nomlar  izohati”  bilan  tugaydi.  

O’rta Osiyo toponimlarining tarixiy geografik o’rni va nomlanishi haqida qimmatli 

manba hisoblanadi.  H.Hasanovning  “Geografik nomlar imlosi” (Toshkent  “Fan”  

1962),  “Yer  tili”  Toshkent  O’zbekiston  1978.  “Geografik  nomlar  siri”  

(Toshkent  “O’zbekiston”  1985)  kitoblari  -  Respublikamizda  toponimika  va  

geografik  atamashunoslik  faning  asoschisiga aylanganini ko’rsatadi.   




 

“Geografik  nomlar  siri”  ilmiy  –  ommabob  ta’rif  bo’lsada  toponimika 



bilishga  ehtiyoji   bo’lgan  barcha  mutahasis,  o’qituvchi,  barcha  o’zbek 

kitobhonlari  uchun  har  doim  ma’lumotnoma  sifatida  o’qishga  arziydigan  zaruriy 

qo’llanmaga  aylanib  qolgan  desak  mubolag’a  bo’lmaydi.  Zero  “Yerning  tili”,  

“Tarixiy toponimiya” ,  “Beruniy va Bobur toponimiya hususida”, “Toponimistlar”  

“Anana  va  yangilik”, “Nomlar  qanday  paydo  bo’ladi”,  “Eng  xato  nom”,  

“Toponimlar”,  “Toponimik  o’lkashunolsik  ”  va  “Toponimik  lug’at”  deb 

nomlangan boblar  chuqur  ilmiy  va qiziqarli tarifda berilgan.   

Toponimika  ilmi  -  Yer  yuzidagi  joy  nomlarining  turlari,  hususiyatlari, 

shakllanish  qonuniyatlari  haqida  bahs  aytadi.  Geografik  nomlar  o’zgaruvchan, 

nomlarning  o’ziga  xos   siri  haqida  bilish  geografiyadan  ta’lim  beruvchi  

muallimlar  bilan  bir  qatorda  barcha  barchasini  qiziqtirishi  shubhasiz.  1520 yilda  

dunyo  aylana sayohatni amalga oshirib,  Yerning shar shaklda ekanligini va dunyo 

okeaning bir butunl;igini amalda isbotlagan F.Magellan  janubiy sharqiy Osiyodagi 

orollar to’plamini  Ispan   shahzodasi  Filip ikkinchi sharafiga  Filip  orollari deb 

atagan.  Ruschadan o’zbekchaga  tarjima qiluvchilar Filippin degan.   

Ruscha  egalik  qo’shimchasi  bilan  noto’g’ri  tarjima  qilganlar  bu  xato  

hozirgacha  xaritalarda saqlanmoqda.  Filippin davlatining  hukumati va fuqorolari  

orollarning tarixiy  maharlik – ulug’vorlik, mahalliy nomini  tiklash masalasi  kun 

tartibida turibdi.  Shu  Filippin  toponimining paydo bo’lishi voqyeasi toponimika 

faning  qiziqarli  va  ommabop  soha  ekanligini  yana  bir  bor  isbotladi.  Buyuk 

geografik  kashfiyotlar  davrida  va  undan  keyingi  vaqtlarga  vujudga  kelgan 

Amerika,  Avstraliya,  Tinch  okean  regionlarda  paydo  bo’lgan.  H.Hasanovning 

o’zbek  miliy  toponimika  fanining  asoschilaridan  deyishimizning  boisi  ham  

bunday  yangidan  paydo  bo’lgan  nomlarning  tarixi  manosi,  geografik  imlolari  

qatiylashtirgani, standartlashtirgandir. 

XX-  asr  o’zbek  toponimikasidan  eng  ko’p  ish  qilgan  olimlar  jumlasiga  

geografiya fanlari doktori S.Qorayev, Qarshi davlat universiteti  prof.  T.Nafasov, 

O’zbekiston  milliy  universitet  professorlari  R.Rahimbekov  P.G’ulomovlarni  

ko’rsatish  mumkin.  Shuningdek  boshqa  olimlar  birgalikda  chiqargan  asarlari  



 

10 


muhim  qo’llanma  bo’lib  xizmat  qilmoqda.  S.Qorayev,  P.G’ulomov. 

R.Rahimbekov tomonidan tuzilgan “Geografiyadan izohli lug’at” P.G’ulomovning  

“Jo’g’rofiya atamalari va  tushunchalari  izohli lug’ati” va boshqa joy nomalari va 

ulardan  geografik  talimda  foydalanish  metodikasiga  bag’ishlangan  ishlari 

O’zbekistonda  toponimika  va  geografiya  terminshunoslikning  rivojlanishida 

muhim o’rin tutadi.  

Respublikamizning  Urganch,  Andijon  Guliston  ,Termiz,  va  boshqa   oliy 

o’quv  yurtlarida  faoliyat  ko’rsatayotgan  tilshunos  tarixchi  va  geografik 

tatqiqotchilar  umumiy va regional  toponimika  terminshunoslik kabi joy nomlari 

bilan  bog’liq  tatqiqotlar  davom  etirilmoqda.  Zero  eng  qadimiy   sivilizatsiya 

makoni  bo’lgan  O’rta  Osiyo  regionida  turli  qatlamga  ega  bo’lgan  toponimlarni 

o’rgatish  mintaqanning  tarixi  xalqning  joy  nomlarida  mujassamlashgan 

zakovatining naqadar keng ekanligini tabiat va jamiyat  aloqasining turli qirralarini  

bilishga imkon beradi.   

Ko’pchilikka  ayonki,  toponimlar  xalq  tarixi  va  madaniyatining  ajralmas 

bo’lagi, joy nomlarida xalqning tili tarixiy voqyealigi,  turmush tarzi  dunyoqarash

atrof tabiiy va ijtimoiy voqyealikka  bo’lgan munosabati aks etgan. Shunday ekan, 

nomlar xalqimizning dunyoqarashining tarkibiy qismi  sifatida chuqur o’rganilishi, 

tilimiz  boyligi,  o’zbek  xalqi  boy  madaniy  merosga  ega  ekanligini  ko’rsatishga 

xizmat  qilmog’i,  milliy    mafkuraning  bir  bo’lagi  sifatida,  miliy  o’zlikni  anglash  

o’zi  mansub  xalq  tarixi  va  madaniyatiga  hurmat  va  faxr  tuyg’ularini 

shakllantirmog’i  mafkuraga  to’g’ri  kelmaydigan  xalqimiz  tarixi  va  an’analariga 

yod bo’lgan  mustamlakachilikdagi nomlardan  voz kechib, ular asl tarixiy nomlar  

bilan yoki xalq ma’naviyatiga mos nomlar bilan almashtirilishi zarur.    

Ma’lumki,  har  qanday  mustaqil  davlat  o’z  hududidagi  geografik  nomlarga 

befarq  bo’lolmaydi.  Chunki,  nomda  davr  madaniyati,  zamon  ma’naviyati  va 

mafkurasi, nomlovchilarning dunyoqarashi aks etgan bo’ladi. Mustaqillikdan keyin 

geografik  obyektlarning  nomlari  sohasidagi  munosabatlarni  huquqiy  jihatdan 

tartibga  solish  maqsadida  bir  necha  qonun  va  qarorlar  qabul  qilingan  bo’lsa  ham, 



 

11 


ammo ularda geografik obyektlarga nom berish va ularning o’zgartirish masalalari 

bo’yicha, mavjud muammolar to’la yechimini topmagan edi.  

Shu  sababdan,  geografik  obyektlarning  nomlari  sohasidagi  munosabatlarni 

tartibga solish  va mavjud muammolarni  to’la bartaraf  etish maqsadida  12 oktyabr 

2011  yili

,  №  O’RQ-303  -sonli  «Geografik  obyektlarning  nomlari  to’g’risida»gi 

O’zbekiston  Respublikasi  Qonuni  qabul  qilindi.  Mazkur  Qonunning  qabul 

qilishdan  maqsad,  geografik  obyektlarga  nom  berish  va  ularning  nomlarini 

o’zgartirish,  shunindek,  geografik  obyektlar  nomlarini  belgilash,  normallashtirish, 

davlat ro’yxatidan o’tkazish, muhofaza qilish, saqlash, ulardan foydalanish hamda 

obyektlarning  nomlariga  taaluqli  bo’lgan  barcha  ma’lumotlarni  tizimlashtirishdan 

iborat. 


Bu  muhim  sohada  O’zbekiston  Respublikasining  2011  yili  12  oktyabrdagi 

“Geografik  obyektlarning  nomlari  to’g’risida”gi 

№  O’RQ-303-sonli  Qonuni, 

hamda  2012  yili  16  oktyabrdagi 

№  295-sonli  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  “Geografik  obyektlarning  nomlari  to’g’risida”  gi  O’zbekiston 

Respublikasi  Qonuniga  muvofiq  geografik  obyektlarning  nomlari  sohasidagi 

ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida” gi qarori va viloyat hokimining 2012 

yili  20 

oktyabrdagi 

№  257-sonli  “O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  2012  yil  16  oktyabrdagi  295-sonli  qarori  haqida”gi  qarori  viloyat 

ko’rki,  yurt  jamoli  bo’lgan  geografik  nomlarni  ilmiy  jihatdan  mukammalashishiga 

xizmat qiladi.  

O’zbekistonda qabul qilingan  va amal qilayotgan ushbu  va boshqa huquqiy 

hujjatlar  tarixiy  ilmiy  jihatdan  qimmatli  toponimlarni  saqlab  qolish,  ma’naviy 

tariximizning  bir  qismi  sifatida  alohida  ahamiyatli  toponimlarning  qayti  tiklash, 

yangi geografik obyektlarni  milliy mentalitetimizga mos ravishda nomlash,  davlat 

siyosati  darajasiga  ko’tarilganini bildiradi.   

 

 




Download 371,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish