Tezkorlikning fiziologik va bioximik asoslari.Reaksiyaning latent vaqti beshta tarkibiy qismdan iborat:
1)retseptorda qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi;
2) qo‘zg‘alishni markaziy nerv sistemasiga uzatish;
3) qo‘zg‘alishning nerv yo‘llari bo‘ylab o‘tib borishi va effektor signal hosil bo‘lishi;
4) signalning markaziy nerv sistemasidan mushakka o‘tkazilishi;
5) mushakning qo‘zg‘alishi va unda mexanik faollikning paydo bo‘lishi.
Maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar fiziologik xususiyatlarga ko‘ra sustroq harakatlardan farq qiladi. Bular orasidagi eng muhim farq shundan iboratki, harakatlarni maksimal tezlikda bajarish davomida sensor bog‘lanishlar hosil bo‘lishi qiyinlashadi: reflektor yoy impulslarni tashib ulgurolmaydi. Tezlik juda katta bo‘lganida harakatlarni yetarlicha aniqlik bilan bajarishning qiyinligi mana shu bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |