1.2. Sportchilar tayyorlash jarayonini boshqarish tizimi
Sportchining muvaffaqiyati uning qobiliyatiga, mashg`ulot usuliyatining
mukammalligiga, trenerning malakaviy darajasiga hamda mashg`ulot va
musobaqalarni o`tkazish uchun shart-sharoitlarning mavjudligiga bog`liq.
Unda sportchi tayyorgarligining barcha jihatlari miqdoriy jihatdan ko`rsatib
berildi. Tizim uch darajadan iborat:
I-musobaqa faoliyati ( musobaqalashuv modeli);
II-sportchi tayyorgarligining asosiy jihatlari (sport mahorati modeli);
III-sportchi organizmining tizimi (mavjud imkoniyatlar modeli).
Bunday ierarxiyada darajalardan birining ikkinchisiga bo`ysundirilishi yuqori
malakali sportchilarni tayyorlashda shubhaga o`rin qoldirmaydi.
Ishlab chiqilgan sxema tadqiqotchiga sport tayyorgarligi jarayonlarining xilma-
xilligi sharoitida to`g`ri yo`lni topa bilish hamda tadqiqot vazifalarini to`g`ri
belgilashda yordam beradi.
Mazkur tizimning har bir darajasi uchun model` tavsifnomalar tuziladi. Bunday
tavsifnomalarni tuzishda quyidagi ko`rsatkichlardan foydalanish zarur:
1-musobaqa bellashuvi, seriya va h.k.ni o`tkazish davomida tuzatishlar
kiritishga yordam beradigan ko`rsatkichlar.
10
2-musobaqa jarayonida urinishlar, seriyalar va h.k. orlig`ida tahrir qilishga
imkon beradigan ko`rsatkichlar.
3-sport faoliyati samaradorligi darajasini pasaytirgan yoki uning o`sishiga
ko`maklashgan ma`lumotlar yig`indisi bo`lmish ko`rsatkichlar.
Sportchilar tayyorlashning model` tavsifnomalarini ishlab chiqishda quyidagi
qoidalarni hisobga olish zarur.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning xususiyatlariga, asosiy jismoniy sifatlar
rivojining eng yuqori bosqichiga hamda ulardan musobaqa faoliyati rejimida sport
mashqini bajarish vaqtida foydalanish darajasiga alohida ahamiyat berish lozim.
Texnik tayyorgarlikning model` tavsifnomalarini tuzish chog`ida eng muhim
o`lchamlari muvozanat fazalari va unsurlari hamda ularning texnik harakatlari
sur`atidagi aksini tasvirlaydigan ko`rsatkichlarga e`tiborsiz bo`lish mumkin emas.
Texnik mahoratning integral o`lchamlari, ritm-sur`at tizimi bilan maxsus
jismoniy tayyorgarlik ma`lumotlari orasidagi o`zaro bog`lanishni aniqlash kerak
(V.M.D`yachkov, 1984).
Ritm
sarflanayotgan
kuchlanishlarni
aks
ettirib,
ularning
qiymati,
sarflanayotgan vaqt va boshqa harakat xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Harakatlar
ritmiga qarab, ularning mukammalligi haqida fikr yuritish mumkin (D.D.Donskoy,
1979).
Taktik tayyorgarlikning model` tavsifnomalarini tuzishda texnik-taktik
echimlarning eng maqbullarini yanada aniqroq ajratib ko`rsatish kerak, ular sport
musobaqalarining ayni keskin vaziyatlarida qo`llanishi mumkin. Masalan, kurash
sohasida usullarning ritm-sur`at tuzilishi ustida tadqiqotlar o`tkazilgan edi.
(F.A.Kerimov, 1984). Shunda quyidagilar aniqlandi: oqilona texnika asosida
biomexanik qonuniyatlar, aniqrog`i, hujum harakatlarining ritmik tavsifnomalari
yotar ekan.
11
Oddiy va murakkab hujum harakatlarining (OHH va MHH) kinotasmaga
tushirilgan maxsus materiallarini ritm-sur`at jihatidan tahlil etish ular orasida
anchagina tafovutlar borligini ko`rsatdi. OHH texnik harakatning (usulning) asosiy
tuzilishi doirasida, MHH (usul) esa harakatning asosiy qismlari orasidagi
bog`lovchi unsur bo`lmish qandaydir tayyorgarlik harakati yoki hujumga taktik
tayyorlanish yo`li bilan bajarilgan.
Yonboshga olib oshirib otish usulini bajarishda vaqt bosqichlari tayyorgarlik
harakatining yo`nalishiga bog`liq bo`ladi. Agar tayyorgarlik harakati oshirib otish
amalga oshirilgan tomon yo`nalsa, u holda asosiy bosqichning vaqti qisqaradi.
Oshirib otishga tayyorgarlik harakati raqibning «to`xtash nuqtasi»ni
(«myortvaya tochka») yuzaga keltirib, yonboshga olib oshirib otish usulining
mutlaqo boshqacha ritmini tashkil etadi.
Sportchining
texnik-taktik
tayyorgarligiga
model`
tavsifnoma
ishlab
chiqilayotgan paytda bularning barini hisobga olish lozim.
Uchinchi darajali model` tavsifnomalari yoki potentsial sport imkoniyatlari
modellarini ishlab chiqishda, organizmdagi etakchi tizimlarning amal qilishi o`ta
kuchlangan faoliyat modellarida belgilanadi. Mazkur metodologik yondashuv
ixtisoslashgan sport faoliyatida sifat jihatidan yangi, yanada yuqoriroq rekord
ko`rsatkichlariga erishish maqsadida zahiradagi imkoniyatlarni yanada oshirish
yo`llarini belgilashga imkon beradi.
Uch darajaning model` tavsifnomalarini bunday batafsil tahlil etish birdan-bir
maqsad emas, u sportchilarni tayyorlash, mashg`ulot vositalarini tanlash va ularni
qo`llashni takomillashtirish bo`yicha vazifalarni aniq rejalashtirish vositasi bo`lib
xizmat qiladi. Model` tavsifnomalarning uch darajasini tahlil qilish natijasida
musobaqa faoliyati (birinchi daraja) borasida nuqsonlar aniqlansa, unda ikkinchi
darajadan sportchi organizmining funktsional ko`rsatkichlarini (uchinchi daraja)
hisobga olgan holda maxsus vositalar tanlab olinadi.
12
Mazkur model` tavsifnomalar har bir daraja doirasida ham, jami uch daraja
orasida ham mustahkam aloqadorlikka ega bo`lishi zarur.
Sportchilar tayyorlashni boshqarish tizimida ularga alohida xususiyatlarini
hisobga olgan holda yondashish u yoki bu sportchini musobaqa bellashuvining
avvaldan ishlab chiqilgan muayyan sxemasiga kiritish, shuningdek, model`
tavsifnomalar bo`yicha kompensatsiya zonalarini aniqlashga imkon beradi.
Bu masalalarni faoliyatning muayyan turida o`rganish orqali tayyorgarlikning
aniq vositalarini maqsadga muvofiq ravishda rejalashtirish hamda yuqori malakali
sportchilar tayyorlash jarayonini tezlashtirish mumkin bo`ladi.
Yosh sportchilarni tayyorlashda yuqorida ko`rsatilgan uch darajali model`
o`zaro bo`ysunishning teskari tartibiga ega bo`ladi. M.Ya.Nabatnikova (1982)
o`spirinlarni tayyorlashda uch darajali model` tarkibidagi darajalarni quyidagi
tartibda joylashtirib chiqqan edi.
.Birinchi daraja – potentsial sport imkoniyatlari modeli
Ikkinchi daraja – sport mahorati modeli.
Uchinchi daraja – musobaqalashuv modeli.
Shunday qilib, sport tayyorgarligi tizimida oldinga qo`yilgan maqsadlardan
kelib chiqib, darajalar ierarxiyasida o`zgarishlar qanday sodir bo`layotganligini
kuzatish mumkin (3.2.4. rasm). Agar sport bilan shug`ullanish endi boshlanganda
(bolalik chog`ida) birinchi darajada potentsial sport imkoniyatlari modelidan
foydalanish
kerak
bo`lsa,
yuqori
malakali
sportchilarni
tayyorlashda
musobaqalashuv modeli qo`llaniladi. Tabiiyki, ko`p yillik mashg`ulotlar
jarayonining muayyan bir bosqichida darajalar ahamiyatining o`zgarishi sodir
bo`ladi.
Ko`rinib turibdiki, bolalik paytida mashq jarayoni sportchi organizmidagi
tizimlarni rivojlantirishga yo`naltirilgan bo`lishi lozim, shuning uchun tayyorgarlik
13
dasturida yosh sportchining jismoniy rivojlanish xususiyatlarini belgilovchi
potentsial sport imkoniyatlari modeli eng muhim hisoblanishi zarur.
13-16 yoshda asosiy sifatlarning rivojlanishi shiddatli tus olib, bazaviy texnika
shakllanadi. Shuning uchun sportchilarni tayyorlashda sport mahorati modeli
birinchi o`rinda turishi kerak.16 yoshdan musobaqalashuv modelining ahamiyati
ortib boradi va 18-19 yoshda u juda katta ahamiyatga ega bo`ladi.
Uch darajali tizimda modellardagi o`zgarishlarning xususiyatlarini belgilashda
mashg`ulot vositalaridan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish uchun
tayyorgarlikning o`ziga xos darajasiga qaysi bosqichda ko`proq e`tibor berish
zarurligini aniq bilib olish juda muhim. Mashg`ulot jarayonini oqilona tashkil etish
uning maqsadlari, vositalari hamda usullarini birlashtirish demakdir.
14
1. - rasm. Sportchilarning ko`p yillik tayyorgarligida darajalar ahamiyati
dinamikasining modeli.
Sportchilarning ko`p yillik tayyorgarligida darajalar ahamiyatining o`zgarishi
modelini sport tayyorgarligini tashxisli tahlildan o`tkazgach, mashg`ulot jarayonini
dasturlashda qo`llash mumkin. Bunda tayyorgarlik dasturlaridagi hal qiluvchi
maqsad ma`lum bosqichdagi darajalar ierarxiyasining xususiyatlari bo`lib qoladi.
Demak, sportchilarning ko`p yillik tayyorgarligida mashg`ulot jarayonini tashkil
etishda uch darajali tizim modellari o`zgarishlarini muntazam hisobga olib turish
shubhaga o`rin qoldirmaydi.
Shunday qilib, ko`p yillik tayyorgarlikni boshqarishda darajalar ahamiyatining
o`zgarish modellariga muvofiq holda sportchilar tayyorgarligini tahlil etish turli
yosh davrlarida yuzaga keladigan sport muammolari xususiyatlarini aniqlab,
shunga mos ravishda boshqaruvning yanada aniq yo`llarini ishlab chiqishga sharoit
yaratadi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |