Jismoniy tarbiya va sport tarixi


Olimpiya kongresslari va ularning ahamiyati



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/107
Sana30.12.2021
Hajmi1,5 Mb.
#95612
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   107
Bog'liq
jismoniy tarbiya va sport tarixi faniga kirish. qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya

Olimpiya kongresslari va ularning ahamiyati. I Kongress 1894 yil 16-
23 iyunda o’rkazilgan va unung kun tartibida to’rtta asosiy masala muhokama 
qilingan: 
  Havaskorlik va professional sporti haqida. 
  Olimpiya o’yinlarini qayta tiklash to’g’risida. 
  Olimpiya o’yinlarining dasturi va uni o’tkazish tartiblari. 
  Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining tarkibi to’g’risida. 
I Kongress Xalqaro olimpiya harakatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. 
Kongressda  Olimpiya  xartiyasi  tasdiqlangan.  Kongress  Olimpiya  o’yinlarini 
qadimgi  an’analar  bo’yicha  har  4  yilda  bir  marta  o’tkazish  to’g’risidagi 
qarorni  tasdiqlagan.  Kongressda  I  Olimpiya  o’yinlarini  Gretsiyaning  Afina 
shahrida o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilingan. 
Olimpiya  xartiyasi  bo’yicha  Olimpiya  kongresslari  8  yilda  bir  martta 
o’tkaziladi.  Olimpiya  kongresslarini  o’tkazish  muddatini  XOQ  belgilab 
beradi.  Kongress  XOQ  prezidenti  tomonidan  chaqiriladi  va  konsultativ 
ahamiyatga ega. 
X  Olimpiya  kongressi  1973  y.  Varnada  (Bolgariya)  o'tkazilgan.  Uning 
kun tartibida: hozirgi davr olimpiya  harakati  va  uning  rivojlanish  istiqbollari; 
XOQ, XSF va MOQning o'zaro munosabatlari, keyingi olimpiya o'yinlarining 
qiyofalari kabi masalalar muhokamaga qo'yilgan. Kongressda uch tomonlama 
-  XOQ,  MOQ  va  XSF  -  komissiya  tuzilgan.  Kongress  yakuniy  hujjatlari    - 
«Uch tomonlama komissiyaning xulosalari», «Jahonning barcha sportchilariga 
murojaat»  -  olimpiya  harakatining  keyingi  demokratlashuviga  ta’sir  etgan. 
Kongress  jahondagi  barcha  sportchilarga  murojaat  qabul  etib,  ularni  xalqaro 
tinchlik  va  do'stlikni  mustahkamlash,  Olimpiya  harakatining  sofligi  yo'lida 
kurashishga chaqirgan. 
Olimpiya  harakatini  yanada  rivojlantirishda  1981-yilda  Baden-Badenda 
(Germaniya) o'tkazilgan XI kongress muhim ahamiyat kasb etdi. Bunda uchta 
masala  muhokamaga  qo'yildi:  keyingi  olimpiya  o'yinlari;  sportda  xalqaro 
do'stlik  aloqalari;  olimpiya  harakatining  istiqbol  yo'llari.  Muhokama 
jarayonida  keyingi  olimpiya  o'yinlarini  o'tkazish  masalasi  munozaralar, 
bahslarga  sabab  bo'ldi,  turli  munosabatlar  izhor  etildi.  Shuningdek,  hozirgi 
davr olimpiya harakati xususida ham har xil fikrlar bildirildi. 
Kongressda  XOQning  82  a'zosi,  XSFning  37  vakili  va  Milliy  Olimpiya 
qo'mitalarining  (MOQ)  149  vakili  ishtirok  etdi.  Kongressda  ilk  bor  34  nafar 


olimpiya  chempionlari  ham  qatnashdi.  Kongress  tomonidan  yakunlovchi 
deklaratsiya qabul qilingan va unda quyidagi jihatlar bayon etilgan edi: 

 
Olimpiya o'yinlarida «ochiq o'yinlar» uchun joy yo'q; . 

 
Olimpiya  o'yinlariga  sportchilarni  qo'yish  tamoyillari  («26-qoida» 
Olimpiya xartiyasi) saqlanib qolaveradi; 

  Olimpiya (marosimlari) har doimgidek davom etadi; 

  Olimpiya  o'yinlarini  turli  mamlakatlarda  o'tkazish  amaliyoti  davom 
ettiriladi; 

  Olimpiya  o'yinlarini  tashkil  qiluvchi  qo'mita  va  XOQ,  XSF, 
MOQlarining o'zaro munosabatlari yanada mustahkamlab boriladi; 

  doping  iste'mol  qiluvchilarni  yanada  qattiqroq  jazolash  choralari 
ishlab chiqiladi; 

  sportda kamsitish faoliyatlariga qarshi kurash davom ettiriladi; 

 
«Olimpiya  birdamligi»  dasturini  bajarishda  qatnashuvchilar  sonini 
ko'paytirish,  taraqqiy  etayotgan  mamlakatlarga  ko'maklashish  tadbirlari 
rejalashtiriladi; 

  matbuot,  teleradio  orqali  sport  harakatidagi  ijobiy  jihatlarni  ko'proq 
yoritish, yoshlarning sportga qiziqishini tarbiyalashga e'tibor berish; 

  mamlakatlarning  hukumatlaridan  olimpiya  harakatini  rivojlantirishda 
ko'mak so'rash; 

  xotin-qizlarning  sport  harakatiga  rahbarlik  qilishlariga  keng  yo'l 
ochish.   
XX  asrda  Olimpiya  harakati  rivojlanishining  asosiy  yakunlari 
to’g’risidagi masalalar 1994  yil 29 avgust–3 sentabrda Parijda  o'tkaziladigan 
XII  Olimpiya  kongressi  ko'rib  chiqilgan.  Kongressda  3000  kishi  ishtirok 
etgan,  ya'ni  XOQ  (101),  XSF  (132),  MOQ  (407)  vakillari,  murabbiylar, 
sportchilar,  olimlar,  ommaviy  axborot  vositalari,  davlat  va  nodavlat 
tashkilotlarining  vakillari  qatnashgan.  Kongressda  to'rtta  masala  muhokama 
etilib, har biri bo'yicha tavsiyalar qabul qilingan, jumladan: 
  Hozirgi  davr  Olimpiya  harakatining  jismoniy  tarbiya  va  sportni 
rivojlantirishga qo'shayotgan hissalari. 
  Jamiyatda sportchining o'rni va roli. 
  Sport ijtimoiy hayotda (sport va siyosat, sport va iqtisod, sport barcha 
uchun, taraqqiy etayotgan mamlakatlarda sport). 
  Sport va ommaviy axborot vositalari. 
Kongressda  XX  asr  davomida  sportchilar  mahoratini  oshirish,  yoshlarni 
tarbiyalashda olimpiya  harakati, olimpiya  o'yinlari  g'oyalari  katta ahamiyatga 
ega ekanligi ta'kidlangan. Sportning ijtimoiy-tarbiyaviy va iqtisodiy salohiyati 
tobora  oshib  borayotganligi  tufayli  davlat  rahbarlariga  uni  tobora 
rivojlantirishda  yordam  ko'rsatib  turishlari  tavsiya  etilgan.Sportchilarni 
tayyorlashda  ilmiy-texnik taraqqiyot  natijalari, zamonaviy  uskunalardan keng 
foydalanish  zarurligi  alohida  qayd  etilgan.  Jismoniy  tarbiya  va  sportning 
mohiyati,  olimpiya  g'oyalarining  ahamiyati  o'sib  borayotganligini  e'tiboiga 


olgan  holda,  matbuot,  teleradio  faoliyatlarini  maqsadli  yo'naltirish  ham 
tavsiya etilgan. 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish