Gimnastika tizimlari. XIX asrda iqtisod, siyosat, fan va texnikaning
rivojlanishi natijasida jismoniy madaniyat ham rivoj topgan. Ayniqsa, harbiy
tayyorgarlikda jismoniy tarbiya vositalari maqsadli ravishda qo’llana
boshlangan. Gimnastika tizimi uchun oddiy mashqlargina emas, yengil
atletika, suzish, boks, qilichbozlik, harbiy qurollardan otish va boshqa ko’p
mashqlar asos qilib olingan. Bunday tizimlarni ishlab chiqish va amalda
qo’llash ishlariga mutaxassislar o’z hissalarini qo’shganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |