Bolalar sporti. Yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligini
ta’minlash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish va sportga mehr-
muhabbatni rivojlantirish, joylarda bolalar sportining moddiy-texnik bazasini
yaratish, zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmog’ini barpo etish, sport
uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash ishlarini yanada faollashtirish
maqsadida 2002 yil oktyabr' oyida “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish
jamg’armasi” tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Jamg’arma
homiylik kengashining raisi etib saylandi.
Mazkur jamg’arma mablag’lari hisobidan so’nggi o’n yilda 1113 ta
bolalar sport ob’ektlari, jumladan, 252 ta yangi sport komplekslari, 861 ta
sport zallari qurildi, bularning 84 foizi qishloq joylarda qurilishi ta’minlandi.
2003-2013 yillarda 1816 ta sport ob’ektining ishga tushirilib, bolalarni sport
bilan muntazam shug’ulllanishiga xizmat qilmoqda. 2014 yilda 115 ta bolalar
sporti ob’ektini qurish va rekonstruktsiya qilish, ularni asosan mamlakatimiz
korxonalarida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy sport anjomlari bilan
ta’minlash uchun 107 milliard so’m mablag’ ajratildi.
Bugungi kunda O’zbekistonda 2 millionga yaqin bolalar, shu jumladan,
842 ming qizlar 30 dan ortiq sport turi bilan muntazam shug’ullanmoqda. Bu
raqam 2003 yilga nisbatan 1,4 barobar ko’pdir. Maktab o’quvchilarini
jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga jalb etish 20,4 foizdan 40,5 foizga,
jumladan qizlar o’rtasida 16,4 foizdan 32,5 foizga o’sdi. Umumta’lim
maktablaridagi sport to’garaklari soni 65432 ta bo’lib, ularda jami 1637933
nafar o’quvchilar, shu jumladan 706878 nafari qizlar sport bilan muntazam
shug’ullanmoqda. So’nggi o’n yilda qishloq joylarda bolalarning sport bilan
muntazam shug’ullanishi 14,5 foizdan 39 foizga o’sdi. 1990 yilda 448 ming
800 nafar o’quvchilarning 7,4 foizi sport bilan muntazam shug’ullangan
bo’lsa, 2014 yilda 2 million 219 ming nafar o’quvchilarning 34,8 foizi sport
bilan muntazam shug’ullanmoqda.
Sport mashg’ulotlariga o’quvchilarni ommaviy ravishda, uzluksiz jalb
qilishni tashkil etish maqsadida yoshlarning uch bosqichli "Umid nihollari",
"Barkamol avlod", "Universiada" musobaqalarining hududlarda respublika
final bosqichlarini o’tkazish rejasi belgilandi. 2002 yilda Farg’ona viloyatida
o’tkazilgan “Umid nihollari” sport musobaqalarida 11 ta sport turi kiritilgan
bo’lsa, 2015 yilda Xorazmdagi “Umid nihollari” musobaqalari 17 ta sport turi
bo’yicha o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |