Jismoniy tarbiya va sport tarixi



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/116
Sana11.01.2022
Hajmi1,5 Mb.
#349575
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   116
Bog'liq
jismoniy tarbiya va sport tarixi faniga kirish. qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya

 
TEST SAVOLLARI 
 
Markaziy  Osiyoda  turli  bellashuvlar  qanday  tadbirlarda  tashkil 
qilingan? 
a)  
xalq bayramlari, milliy tantana va marosimlarda.
           
b)  
siyosiy tadbirlarda
      
c)   
ma’rakalarda
    
d)  
sayohatlarda
 
Buxoro, Xiva, Qo`qon xonliklari qo`shinida askarlar qanday nomlangan? 
a)  
navkar
           b)  
sipoh
           c)   
askar
           d)  
otliq
 
Abdulla Avloniy qaysi asarida jismoniy tarbiya masalalarini  yoritgan? 
a)  
«Turkiy guliston yohud axloq».
             
b)  
«Muallimi soniy»
              
c)  
«Maktab gulistoni»
      
d)  
«Usuli jadid».
 
A.Avloniy bola tarbiyasini nechta bo`limga ajratgan? 
a)  
4  
          b)  
2  
         c)   
6  
         d)  
5
 
Abdurauf Fitrat qanday jismoniy tarbiya vositalarini tavsiya etgan? 
a)   
harakatli o`yinlar
             
b)   
chiniqtirish
              
c)   
gimnastika
                       
d)  
suzish.
 
Markazy Osiyoga zamoaviy sport turlari nechanchi asrda kirib kelgan? 
a)  
XVIII asrda.
                      b) 
XIX asr oxirida.
      


c) 
XX asr o’rtalarida.
             d)  
XXI asrda.
 
XX  asr  boshlarida  Turkiston  o`lkasida  qaysi  sport  jamiyati  eng  yirik 
bo`lgan? 
a)   
«Toshkent xavaskorlar sport jamiyati»
       
b)   
«Toshkent xavaskor velosipedchilar jamiyati»
          
c)   
«Mehnat» sport
 
jamiyati
         
d)  
«Spartak
»
 sport
 
jamiyati
         
Turkiston o`lkasida birinchi boks maktabini kim tashkil qilgan? 
a)  
S.L.Jakson
            
b) 
 T.Aglayev
           
c)   
R.Riskiev
          
d)  
A.Zokirov
 
Turkiston o`lkasida birinchi futbol jamoalari nechanchi yilda tuzilgan? 
a)  
1912 y.
        b)  
1922 y.
         c)  
1934 y.
        d)  
1956 y.
 
 


 
Buxoro,  Xiva,  Qo`qon  xonliklari  qo`shinida  askarlar  qanday 
nomlangan? 

 
Markazy Osiyoga zamoaviy sport turlari nechanchi asrda kirib kelgan? 

 
Markaziy  Osiyoda  turli  bellashuvlar  qanday  tadbirlarda  tashkil 
qilingan? 

 
Turkiston  o'lkasida  jismoniy  tarbiya  va  sport  bo'yicha  qanday  muhim 
tadbirlar o'tkazilgan? 

 
Turkiston o`lkasida birinchi boks maktabini kim tashkil qilgan? 

 
Turkiston o`lkasida birinchi futbol jamoalari nechanchi yilda tuzilgan? 

 
Abdulla Avloniy qaysi asarida jismoniy tarbiya masalalarini  yoritgan? 

 
Abdurauf Fitrat qanday jismoniy tarbiya vositalarini tavsiya etgan? 
 
Adabiyotlar 
 
Karimov I.A.. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. - T.: 1998. 
Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. T.: 2008.  
Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan. Ilmiy ommabop risola. T.: 2011. 
Karimov  I.A.  O’rta  asr  Sharq  mutafakkirlari  va  olimlarining  jahon 
sivilizatsiyasidagi o’rni va ahamiyati. Xalqaro anjumanda so’zlagan nutqi. 16 
may 2014 y. 
Avloniy A. Turkiy Guliston yoxud axloq. T.: O’qituvchi, 1992. 
Ziyoyev H. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T.: 
Sharq, 1998. 
Yoldoshev J., Xasanov S. Jadid tarbiyashunosligi asoslari. T.: 1994. 
Karimov Sh. O’zbekiston tarixi va madaniyati. T.: O’qituvchi, 1992. 
Xoshimov K. Pedagogika tarixi.T.:”O’qituvchi”,1996.  
Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish. Т.: 2008. 
O’zbekiston tarixi. T.: “Sharq”, 2004. 


O’ZBEKISTON RESPUBLAKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
O’ZBEKISTON DAVLAT JISMONI TARBIYA INSTITUTI 
 
 
 
 
 
 
L. A. DJALILOVA 
 
 
 
 
 
O'ZBEKISTONDA 1917-1991 YILLARDA 
 JISMONIY TARBIYA VA SPORT 
 
Ma’ruza 2 soat 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent - 2015 


 
 
 
O‘zbekiston  Respublika  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  2011  yil          – 
sonli  bo‘yrug‘i  bilan  tasdiqlangan  namunaviy  o‘quv  dasturiga  muvofiq  ishlab 
chikildi. 
 
 
 
Tuzuvchi: 
Djalilova L. A.
, JTNvaU kafedrasining katta o’qituvchisi.  
 
 
Takrizchilar: 
Kerimov F.A.
, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Xodjanov A.R., 
TIMI “Jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri, dotsent 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘quv-uslubiy  tavsiyalar  Jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyati  kafedrasining   
2015  yil   "____"__________   dagi   "____ 
"      -      son      yig‘ilishida 
muhokamadan  o‘tgan  va  fakultet  kengashida  muhokama  qilish  uchun  tavsiya 
etilgan. 
 
 


 
 
O'ZBEKISTONDA 1917-1991 YILLARDA JISMONIY TARBIYA 
VA SPORT 
 
O‘zbekistonda  jismoniy  tarbiya  va  sportni  rivojlanish  xususiyatlari  (1951-
1991y).  Sovetlar  davrida  jismoniy  tarbiya  va  sport  tizimi.  Jismoniy  tarbiya 
bo‘yicha  mutaxassislarni  tayyorlash.  Mehnat  va  o‘quv  muassasalarida 
jismoniy  tarbiya  va  sport.  Sport  inshootlarini  kurish.  Respublika  va 
Butunittifoq 
spartakiadalari. 
O‘zbekiston 
sportchilarining 
xalqaro 
uchrashuvlari va yutuqlari. 
 
 
Yangi  sovetlar  Ittifoqi  davlati  tuzildi.  Davlatni  mustahkamlash  va 
ruslarning  mavqeini  yanada  oshirish  maqsadida  harbiy-jismoniy  tayyorgarlik 
ishlari  kuchaytirildi.  Bunda  eski  mutaxassislardan  foydalanish  va  yangi 
kadrlar  tayyorlash  ishlari  tez  amalga  oshirildi.  Buning  yana  bir  sababi 
shundaki,  1918-yil  fuqarolar  urushi  boshlandi.  Shu  sababdan,  1918-yilning 
aprelidan  boshlab  harbiy  majburiy  ta'lim  (Vsevobuch)  e'lon  qilindi.  Unda 
faqat  harbiy  tayyorgarlikkina  emas,  balki  jismonan  sog'lom  aholini  majburiy 
ravishda o'qitish amalga oshirildi. 
1919  yil  aprelda  jismoniy  tarbiya,  sport  va  chaqiriqqa  tayyorgarlik 
bo'yicha  I Umumrossiya syezdi (qurultoy)  o'tkazildi.  1920  yil avgustda davr 
talablari asosida Vsevobuch tarkibida Jismoniy tarbiya oliy kengashi (VSFK) 
ta'sis  etildi.  Uning  raisi  etib  N.I.Podvoyskiy  (1880-1948)  tayinlandi. 
Mamlakatda  jismoniy  tarbiya  va  sportning  tarkib  topishi,  shakllanishi  va 
rivojlanishida uning xizmatlari kattadir. 
1918  yil  Moskvada  va  1919  yil  Petrogradda  jismoniy  tarbiya  institutlari 
tashkil etildi. Shu yillarda maktablarda jismoniy tarbiyani tashkil etish ishlari 
amalga  oshirildi.  Tarixiy  ma'lumotlarga  qaraganda,  1918  yilda  sport 
klublarida  38  ming  kishi  a'zo  bo'lib,  ular  sport  turlari  bilan  shug'ullanishgan. 
1920  yilga  kelib  esa  ularning  soni  143,5  mingga  yetadi.  Undan  tashqari  1,5 
mln. kishi harbiy chaqiriq mashg'ulotlarida shug'ullangan. 
Rossiya  Xalqaro  Olimpiya  qo'mitasi  a'zosi  sifatida  Olimpiya  o'yinlarida 
qatnashib  kelgan  edi.  Ko'p  joylarda  «Olimp»,  «Olimpiya»,  «Olimpiyachi» 
kabi  sport  klublari  vujudga  kelgan  edi.  Lekin  inqilobdan  keyin  siyosiy 
voqealar va davlat tizimi o'zgarishi tufayli XOQ tarkibidan chiqarildi. 
Fuqarolar  urushining  tugashi  tufayli  Vsevobuch  tarkibidagi  Jismoniy 
tarbiya  oliy  kengashi  ham  1921  yilda  tugaydi.  Uning  o'rniga  yoshlar  ittifoqi 
(komsomol)  va  kasaba  uyushmalari  ittifoqi  jismoniy  tarbiya  va  sportga 
rahbarlik  qila  boshladi.  Shu  tufayli  yoshlar  ittifoqi  «Chumoli»  («Muravey»), 
«Spartak», «Yoshlar fioti» kabi sport jamiyatlarini tuzadi. 
Yoshlar  ittifoqining  tashabbusi  bilan  Butunrossiya  Markaziy  ijroiya 
qo'mitasi (VSFK) 1923  yil 27  iyunda  «Jismoniy tarbiya  va Oliy  Kengash»ni 


tuzishga  qaror  qabul  qildi.  Oliy  kengashga  sog'liqni  saqlash  komissari 
I.A.Semashko  (1874-1899)  tayinlandi.  Kengashning  zimmasiga  ilmiy,  o'quv 
va  tashkiliy  faoliyatlarni  muvofiqlashtirib  olib  borish  yuklatildi.  Shu  yili 
«Dinamo» jamiyati ham tashkil etildi. 
Mamlakatda  jismoniy  tarbiya  va  sport  ishlarini  rivojlantirishda  turli-
tuman  usullardan  foydalanish  zaruriyati  vujudga  keldi.  Bu  sohada  partiya  va 
hukumatning  maxsus  qarorlari  (1925,  1929  va  h.k.)  ham  qabul  qilindi.  Shu 
qarorlar  asosida  mavjud  bo'lgan  sport  to'garaklari  o'miga  sport  seksiyalarini 
(sho'ba)  tashkil  etish  tavsiya  etildi.  Lekin  bu  tajribalar  hayotda  juda  sekin 
amalga oshirildi. 
1928  yil  avgustda  Umumittifoq  I  spartakiadasi  Moskvada  o'tkazildi. 
Unda  barcha  ittifoqchi  respublikalar  va  ba'zi  bir  chet  mamlakatlarning 
sportchilari  ishtirok  etdi.  7225  qatnashchi  orasida  600  dan  ortiq  inglizlar, 
argentinalik, 
germaniyalik, 
norvegiyalik, 
urugvaylik, 
finlyandiyalik, 
fransiyalik, chexiyalik sportchilar bor edi. Ikki hafta davomida yengil atletika, 
gimnastika,  kurash,  o'q  otish,  gorodki,  eshkak  eshish  va  boshqa  sport  turlari 
bo'yicha  musobaqalar  davom  etdi.  Umumiy  yakunlar  bo'yicha  spartakiadada 
Rossiya  -  birinchi,  Ukraina  -  ikkinchi,  Belorussiya  -  uchinchi,  O'zbekiston  - 
to'rtinchi,  Kavkazorti  -  beshinchi  va  Turkmaniston  -  oltinchi  o'rinni 
egallashdi. 
1929 yildan 
boshlab  «Umumittifoq  jismoniy  tarbiya  ikki  haftaligi» 
kasaba  uyushmalari  tomonidan  o'tkazila  boshladi  va  bunda  qishloq 
sportchilarining ham ishtiroki amalga oshirildi. 
Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish