Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan



Download 79,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.07.2021
Hajmi79,37 Kb.
#112473
1   2   3
Bog'liq
PF-5368-сон 05.03.2018. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Oldingi tahrirga qarang.

davlat  maktabgacha  ta’lim  muassasalari,  umumta’lim  maktablari,  akademik  litseylar,

kasb-hunar  kollejlari  jismoniy  tarbiya  o‘qituvchilari  (instruktorlari)  tuman  (shahar)  jismoniy

tarbiya  va  sport  bo‘limlari  bilan  kelishgan  holda  tegishli  ta’lim  muassasalari  rahbarlari

tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-

5668-sonli  Farmoni  tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  23.02.2019-y.,

06/19/5668/2652-son)

Oldingi tahrirga qarang.

oliy  ta’lim  muassasalarining  jismoniy  tarbiya  o‘qituvchilari  (kafedra  mudirlari)  oliy

ta’lim  muassasalari  rahbarlari  tomonidan  Vazirlik  vakili  ishtirokida  belgilangan  tartibda

o‘tkaziladigan tanlov natijalariga ko‘ra lavozimiga tayinladi va lavozimidan ozod etiladi;



(5-bandning  to‘rtinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2019-yil  22-fevraldagi

PF-5668-sonli  Farmoni  tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  23.02.2019-y.,

06/19/5668/2652-son)

jismoniy  tarbiya  o‘qituvchisi  (instruktor  va  kafedra  mudirlari)ning  ish  faoliyati

samaradorligini  baholash  o‘quvchi  (talaba)larni  jismoniy  va  kasbiy  tayyorgarligi  hamda  ular

orasidan  iqtidorli  sportchilarni  tanlash  (seleksiya)da,  eng  avvalo,  erishilgan  aniq  natijalarni

hisobga olgan reyting tizimi asosida amalga oshiriladi;

jismoniy  tarbiya  o‘qituvchilari  (instruktor  va  kafedra  mudirlari)ni  moddiy

rag‘batlantirish ular faoliyatining shaxsiy ko‘rsatkichlarini reyting tizimida baholashga asosan

amalga oshiriladi;

tuman  (shahar)  sport  va  ommaviy-jismoniy  tarbiya  tadbirlarining  yagona  kalendar

rejalari tegishli tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi;

umumta’lim  maktablari,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  hamda  oliy  ta’lim

muassasalari  o‘quvchilari  va  talabalari  o‘rtasida  o‘tkaziladigan  sport  va  ommaviy-jismoniy

tarbiya  tadbirlarini  hamda  ishtirokchilarni  kiyim-kechak  bilan  ta’minlashni  moliyalashtirish

tegishliligi  bo‘yicha  “Yoshlik”,  “Barkamol  avlod”  va  “Talaba”  jismoniy  tarbiya  va  sport

jamiyatlari hisobidan amalga oshiriladi.

6. Belgilab qo‘yilsinki:

O‘zbekiston  Milliy  olimpiya  qo‘mitasi  olimpiya  sport  turlari  bo‘yicha  sportchilar,

trenyerlar  va  boshqa  sport  mutaxassislarini  tayyorlash  hamda  olimpiya  sport  turlarini

rivojlantirish  qismi  bo‘yicha  jismoniy  tarbiya  va  sport  subyektlari,  shu  jumladan  Vazirlikning

faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Vazirlikning  olimpiya  sport  turlarini  rivojlantirishga  mas’ul  bo‘linmalari  rahbarligiga

nomzodlar O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi bilan majburiy ravishda kelishiladi;

O‘zbekiston  Milliy  olimpiya  qo‘mitasi  vakillari  olimpiya  zaxiralari  maxsus  maktab-

internatlari  rahbarlarini  tanlash,  tayinlash  va  attestatsiya  qilishda,  mazkur  maktablarga

yo‘nalishlar  bo‘yicha  qabul  qilish  kvotalarini  kelishishda  hamda  sportchilarni  xalqaro  sport

musobaqalariga yuborishda ishtirok etadi;

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga sportchilarni tayyorlash doirasida sport federatsiya

(assotsiatsiya)lari  uchun  ajratilayotgan  homiylik  mablag‘lari  O‘zbekiston  Milliy  olimpiya

qo‘mitasida  jamlanadi  hamda  sport  federatsiya  (assotsiatsiya)lari  faoliyatini  maqsadli



moliyalashtirishga,  shu  jumladan  yetuk  xorijiy  sportchi  va  trenyerlarni  jalb  qilish  uchun

sarflanadi;

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Vazirlik bilan hamkorlikda yuqori malakali xorijiy

sportchi,  trener  va  boshqa  mutaxassislarni  olimpiya  tayyorlash  markazlari,  sport  federatsiya

(assotsiatsiya)lari  va  boshqa  sport  tashkilotlarining  o‘quv-mashg‘ulot  jarayonlariga  keng  jalb

qilishni ta’minlaydi.

7. Quyidagilar tashkil etilsin:

Samarqand  viloyati  Samarqand  tumanida  universal  olimpiya  tayyorgarligi  va  xalqaro

musobaqalar o‘tkazish markazi;

Toshkent  viloyati  Bo‘stonliq  tumanida  joylashgan  “Aziya-Chimgan”  mehmonxonasi

negizida milliy terma jamoalar uchun universal olimpiya tayyorgarligi markazi;

Jizzax  viloyati  Zomin  tumanida  “Aloqachi”  sog‘lomlashtirish  oromgohi  negizida

gimnastika sport turi bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi;

Namangan  viloyati  Chortoq  tumanida  serjantlar  tayyorlash  maktabi  negizida  sport

o‘yinlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi;

Qashqadaryo  viloyati  Shahrisabz  tumanida  “Gulnora”  sog‘lomlashtirish  oromgohi

negizida sport yakkakurashlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi tashkil etilsin.

O‘zbekiston  Respublikasi  Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ko‘maklashish  va  raqobatni

rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi  tashkil  etilayotgan  markazlar  tasarrufida  bo‘lgan  vazirlik  va

idoralar bilan hamkorlikda ushbu obyektlarni barcha bino va inshoot majmualari bilan birga

O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  olimpiya  qo‘mitasi  tasarrufiga  beg‘araz  o‘tkazilishini

ta’minlasin.

8. Belgilab qo‘yilsinki:


Download 79,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish