Mavzu. Jismoniy tarbiya va sport - sog'lom avlodni tarbiyalash omili.
Reja:
1."Ta'lim to'g'risida"gi qonun,
2. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi qonun,
bolalar sport jamg'armasini tashkil etilishi.
3.Jismoniy tarbiya - sog'lom avlodni tarbiyalashdir.
4. Jismoniy tarbiya nima. Jismoniy bilim haqida tushuncha.
1."Ta'lim to'g'risida"gi qonun,
BMT Bosh Assambliyasi tomonidan 1948 yilning 10 dekabirida qabul qilingan inson huquqlari
Umumjahon Dekloratsiyasi insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini belgilovchi daslabki muhim
tarixiy xujjat qisoblanadi.
Inson huquqlari Umumjahon Dekloratsiyasi insonning huquqlari va uni himoya qilishga doir
xalqaro xujjat bo’lib, BMT tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Bu tarixiy xujjatning
ishlab chiqilishi va e’lon qiliiinishi insoniyatning tarixiy taqdirida davlatlarning ichki va tashqi
siyosatida, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiyalar va ijtimoiy tashkilotlarning faoliyatida muhim
ahamiyatga ega bo’ldi. Bunda ishlab chiqilgan qoida va xulosalar, tamoillar o’zining moqiyati va
mazmuniga ko’ri mukammal ishlangan huquqiy me’yorlarning umumlashgan ifodasi qisoblanadi.
Inson huquqlari va uni himoya qilish masalalarini hal qilishda davlatlar maskur qujjatda e’lon
8
qilingan huquqiy me’yorlarga amal qilinishi ularga ishlab chiqilayotgan huquqiy xujjatlarning
samarali va adolatli bo’lishiga muhim ahamiyat kasb etadi.
Inson huquqlari Umumjahon Dekloratsiyasi muqaddima va 30 ta moddadan iborat bo’lib, unda
insonning asosiy huquqlari qadr-qimmati, inson shaxsining benazirligi hamda erkaklar bilan
ayollarning teng huquqiyligi o’z ifodasini topgan. Dekloratsiyaning 1-moddasida huquqiy jiqatdan
asosilangan falsafiy fikrlar bayon etilgan bo’lib, unda "Barcha odamlar erkin qadr-qimmat va
huquqlarga teng bo’lib to’qiladilar. Ular aql va vijdon soxibidirlar va bir - birlariga birodarlarcha
muomala qilishlari zarur" deyiladi.
“41-modda. Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazorati-dadir.”
Konstitutsiyaning ushbu normasi Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 26-moddasiga to’la mos
keladi. Ayni vaqtda Konstitutsiyaning 40-41-moddalarining ro’yobini amalda bir-birisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Mamla-katimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida pirovardida, sog’lom, barkamol ertangi kun egalarini-
avlodni tar-biyalash, ulg’aytirish vazifasi yotibdi. Shu ma’noda ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar
bugungi kunda butun jahon jamoatchiligi e’tibori va e’tirofiga tushganligi ham bejiz emas. Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi bu sohadagi Prezidentimizning o’ziga xos «nou-xou»si bo’lib qoldi.
Davlat fuqarolarning bilim olish huquqlarini ro’yobga chiqarish uchun etarlicha shart-sharoit yaratmoqda.
Davlat byudje-tining kattagina qismi shu soha uchun ajratilayotganidan sohaning moddiy-texnik bazasi
mustahkamlanmoqda. Zamo-naviy, ilmiy-pedagogik o’qitish uslublari ta’limni sifat jihatdan boyitmoqda.
Bir so’z bilan aytganda, bilim olish huquqining mazmunini ro’yobga chiqarish, realizatsiya qilish uchun
hamma sharoitlar yaratilgan. Ta’lim sohasi bilan bog’liq yana bir gap shuki, ta’lim muassasalari hisoblangan maktab
ishlari ham davlat nazoratidadir. Kimlar, nima haqida, qanday shakl-uslublarda ta’lim-tarbiya berayotgani haqida
davlatning qayg’urishi bejiz emas. Biz farzandlarimizni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashimiz, o’zimizga munosib
o’rinbosarlar tayyorlashimiz lozim. Ular Prezidentimiz aytmoqchi, «...bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta
baxtli bo’lishlari shart».
1. O’zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish uchun harakat qilar ekan, har
tomonlama rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirishni o’zining asosiy vazifalaridan biri deb biladi.
Ta’lim sohasida maqsadga yo’naltirilgan davlat siyosatini olib borish bu vazifani echishda asosiy
vositalardan biridir.
2. Ta’lim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga (1948yil) asoslanib berilgan huquqni amalga oshirishning
faoliyat ko’rsatayotgan mexanizmini yaratdi. O’zbekiston parlamenti bu deklaratsiyani, fuqarolik va
siyosiy huquqlar, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi paktlarni, shuningdek, inson
huquqlari va erkinliklari sohasidagi bir qator hujjatlarni ratifikatsiya qildi.
Ta’lim olish huquqiga tegishli xalqaro hujjatlar (xususan, 1960 yil 14 dekabrdagi Ta’lim
sohasidagi kamsitishlarga qarshi kurash to’g’risidagi konventsiya) shuni e’tirof etadiki, “ta’lim”
iborasi o’qitishning barcha turlarini va bosqichlarini qamrab oladi va ta’lim olish imkoniga ega
bo’lish, ta’limning darajasi va sifati, shuningdek, ta’lim berish sharoitlarini o’z ichiga oladi.
Xalqaro huquq noramalari boshlang’ich ta’limni majburiy va bepul qilishni, o’rta ta’limni
uning barcha turlarida umum erishadigan qilishni va undan hammaning foydalanishini ta’minlashni;
oliy ta’limni to’la tenglik asosida va har bir kishining qobiliyatidan kelib barcha erisha oladigan
qilishni; qonunda belgilangan o’qishning majburiyligini ta’minlashni tavsiya etadi.
3. O’zbekiston Respublikasi o’zi olgan majburiyatlarga amal qilib uzluksiz ta’limning
barqaror tizimini yaratdi, shaxsning ta’lim olish huquqini amalga oshirish mexanizmini
mustahkamlab qo’ydi. Ta’limning yagona tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
•
maktabgacha ta’lim
9
•
umumiy o’rta ma’lumot
•
o’rta maxsus, kasbiy ta’lim
•
oliy ma’lumot
•
oliy o’quv yurtini bitirgandan keyingi ta’lim
•
malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash
•
maktabdan tashqari ma’lumot.
Ta’lim shakli va bosqichlarining ko’p xilliligi shaxsning ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib
chiqqan holda uning ta’lim olish huquqini iloji boricha to’laroq amalga oshirishga imkon beradi.
4. Oliy Majlis qabul qilgan, o’n yildan ko’proq muddatga mo’ljallangan “Kadrlar
tayyorlashning miliy dasturi” yuqori malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy tizimini
shakllantirish va rivojlantirishni, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish uchun
ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa sharoitlarni yaratishni o’z oldiga
maqsad qilib qo’ygan.
Kadrlar tayyorlashning ustuvor sohasi ta’lim jarayonining vorisiylik va ko’p bosqichligiga
asoslangan uzluksiz ta’limdir.
O’zbekistonning qonunlari (xususan, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi
qonuni) kelib chiqishi, jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy taalluqliligi, e’tiqodi, dinga munosabati,
ijtimoiy mavqei, yashash joyi, respublika huquqida yashayotgan davrining muddatidan qat’i nazar,
ta’lim olishdagi teng huquqlarni ta’minlaydi.
5. Ta’lim olish huquqining mazmuni shundan iboratki, u O’zbekiston Respublikasining har
bir fuqarosi uchun ta’lim-tarbiyaning barcha shakllaridan teng foydalanish imkoniyatini beradi.
Ta’lim olish huquqini amalga oshirish quyidagilar orqali ta’minlanadi:
•
ta’lim olish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish;
•
davlat va nodavlat ta’lim berish muassasalarining tarmog’ini yaratish;
•
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning barcha uchun imkoniyati borligi;
•
davlat ta’lim muassasalaridagi ta’limning bepulligi;
•
tayanch (to’qqizinchi sinf) ma’lumoti olishning majburiyligi;
•
ta’limning turli shakllarini qo’llash;
•
ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlarga qaram
emasligi.
6. Ta’lim olish huquqini ta’minlash uchun qudratli moddi-texnik baza mavjud.
Mamlakatimizda savodxonlik darajasi yuqori bo’lib, 97,7% ni qilmoqda. Bunda
savodsizlarning asosiy qismi keksa yoshdagilar, ya’ni 70 va undan katta yoshdagi kishilar hisobiga
to’g’ri kelmoqda.
7. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida asosiy maqsad qilib qo’yilganidek fuqarolik
jamiyati har tomonlama rivojlangan shaxslardan tashkil topish kerak. Davlatning faoliyati har bir
shaxsning qobiliyatini rivojlantirish va uni jamiyat farovonligini yuksaltirishga jalb etishga
qaratilgan.
Fan, texnika va ishlab chiqarishning rivojlanishi har bir shaxsning yuqori darajada
ma’lumotga ega bo’lishini nazarda tutadi. Ma’lumotlilik madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri
bo’lish bilan birga, shaxs imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishning muhim sharti hamdir. Shuning
uchun kuchli ijtimoiy siyosiy, davlatimizning jamiyat barcha qatlamlarining ta’lim olish huquqini
ta’minlashga bo’lgan intilishi alohida ahamiyatga ega. Bu shu bilan bepul oliy, maxsus va hatto
umumiy ta’lim berish imkoniyatiga ega emas.
8. Davlat faqat ta’lim olish huquqini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratibgina qolmay,
mamlakatdagi maktab ishlarini nazorat ham qilib turadi. Ta’lim sohasida davlat standarti
10
tasdiqlangan, maktablar va boshqa o’quv yurtlarini bitiruvchilarning bilim darajasiga mos keladigan
muayyan o’lchovlar o’rnatilgan.
Davlat keyingi paytda ancha keng tarmoqqa ega bo’lgan nodavlat o’quv yurtlaridagi ta’lim
jarayonini ham nazorat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasida diniy muassasalar maktab ishlaridan
ajratilgan.
Ta’lim huquqini ta’minlash mexanizmida iqtidorli o’quvchilar va talabalarni qo’llab-
quvvatlash hamda rivojlantirish, ularning ijodiy ta’lim faoliyatini rag’batlantirishga qaratilgan
davlat choralari muhim o’rin tutadi. Buning uchun turli jamg’armalar, bolalar ijod uylari va
stipendiyalar ta’sis qilingan. ko’plab davlat o’quv yurtlarida bepul ovqat, darsliklar, kiyimlar
beriladi, stipendiyalar to’lanadi.
Hozirgi paytda O’zbekistonda har bir kishining ehtiyojiga ko’ra ta’lim olish huquqini
ta’minlashning ishchan mexanizmi shakllangan bo’lib, u tegishli moddiy texnik sharoitlar bilan
mustahkamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |