103
aytishuvlar kiritilishi ta’lim jarayonidagi vazifalarni hal kilishga zo’r qiziqishni kuchaytiradi va
fikrlashni shakllantiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda nazoratdan
foydalanish ta’limning prin-tsipial mexanizmlaridan biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan “ixtiyoriy harakat”ning mohiyatiga etib, uning bajarilishi
texnkasining asosi, zveno-lari, detallarini nazorat qila olishning ahamiyati ta’lim jarayonida o’z
samarasini berishi ilmiy-amaliy isbotlangan.
Abelpskiyning tajribasi bo’yicha shugullunuvchilarni sakrash texnikasiga o’rgatish uchun
120-150 urinish (popqtka) tavsiya qilingan. Urinishlar tugallangandan so’ng shugullanuv-chilar
bilan shu harakatning tuzilishi, bajarish texnikasi ha-qidagi suhbatlar, (diskussiya) natijasi o’ta
qoniqarsiz bo’lgan.
Navbatdagi guruhga esa mashq texnikasi, uning tuzilishi, hayotiy-amaliy ahamiyati
haqida etarli darajadagi nazariy tayyorgarlikdan so’ng mashqni bajarish tavsiya qilinganda,
shugullanuvchilar 2-3 urinishdan keyin mashq texnikasini osongina o’zlashtirib olganliklari
kuzatilgan.
Amaliyotda yuqori malakali sprotchilar mashqni sport texnikasi avtomatlashgan darajada,
ya’ni harakatni oliy maqomda bajara olishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yadilar. Mexanik
ravishda tushunmay, ko’r-ko’rona, taqlid tarzida mashq qilishning samarasizligi, surunkali
mashq qilish jarayonida me’yoridan ortiq energiya sarflashga, shugullanuvchida shu harakatga
nisbatan sovish, “toqatsizlikni”ni shakkllantiradi. Shuning uchun ongli tahlil
– o’z harakatini
baholay olish, o’qitish jarayonining cho’zilib ketishini oldini oladi.
Ongli analizda mashq texnikasini tahlili bilangina chegaralanmay, uni biomexanik,
matematik hisoblash, bioritmiya va sport metrologiyasining qonuniyatlarini nazarda tutgan
holda, shugullanuvchining anatomiya, sport fiziologiyasi, bioximiya sohalaridagi bilimlarga
tayaniladi. Tezlikni talab qiluvchi mashqlar vaqtning mikrointervalini, gimnastika jihozlaridagi
mashqlar esa harakatning fazodagi chegaralarini, harakatning yutqazilayotganligini his
qilishdek talablarni qo’yadi, bu o’z navbatida, ixtiyoriy harakatlarning bajarilishini ongli
nazorat qilishga o’rgatadi.
Mashqni bajarishdan oldin uni tuzilishi, ijrosi harakatni ifodasini fikran ko’z oldiga
keltira olish («ideomotor trenirovka»)
– onglilik printsipining asosiy vositalaridan biridir.
Faollik mashgulotlarda shugullanuvchilarning barchasini tugal band qilish, ular
faoliyatini “frontal”, «guruhli”, tashkillash orqali, asosiy jihozlar yoniga qo’shimcha sport
anjomlari qo’yish, kuchiga yarasha bo’lmagan mashqlarni bir-ikki haftalik tayyorgarlik va
trenirovkadan so’ng bajara boshla-salar, shugullanuvchilarni mashqni mustaqil bajarishga
urini-shi o’z-o’zidan ortishi sodir bo’ladi.
Ta’lim jarayonida o’yin va musobaqa (“Jismoniy tarbiya-ning uslublari” mavzusiga
qaralsin) metodlarining qo’llani-shi, sport maydoni, mashgulot o’tkaziladigan joylarning badiiy
jihozlanishi, gigienik orastaligi, ta’lim jarayonida shugulla-nuvchilarda jonbozlik (initsiativa)
ko’rsatish, vazifani hal qilish uchun javobgarlik hissini o’z bo’yniga olabilish, ma’suliyatni his
etish va o’zlashtirish jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: