Musobaqa usuli. Ushbu usulda sinfdagi o`quvchilar jamoalarga bo`linib, ular o`rtasida spartakiadalar (harakatli, milliy va sport o`yinlari) ko`rinishidagi musobaqa olib boriladi. Bu usul o`quvchilarda jismoniy sifatlarni va harakat tizimlarini rivojlantiradi hamda g`oliblik uchun kurashish, maqsadga erishish ruhini oshiradi.
O`yin usuli. Bu usul harakatli, milliy va sport o`yinlari texnik elɟPɟntlaridan tashkil topgan bo`lib, boshqa usullarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Ayniqsa, boshlang`ich sinf o`quvchilarini jismoniy mashg`ulotga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. O`quvchilar harakat faoliyati davomida o`yinning mazmuni, shartlari va qoidalarini o`zlashtirib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |