Kuch va uni tarbiyalashning uslub hamda vositalari
Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklarni mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. Qarshiliklarni yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yo`naltirilgan kuchlar, yon beruvchi ishlarda esa harakat yo`nalishi bo`yicha ta’sir etuvchi kuchlar qarshilik kuchi hisoblanadi. Maktablardagi o`quvchilar uchun jismoniy tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi ko`zda tutilgan. Har bir kishi harakatlarni bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og`irlikdagi shtangani ko`tara oladi, qandaydir bir vaqt oralig`ida 1000 m masofani yugurib o`ta oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qo`yadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining ba’zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar kishining o`z funksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi.
60. Mushak faoliyati rejimi.
61. Kuch sifatini tarbiyalashdagi asosiy vositalariga izox bering.
62. Kuch sifatini tarbiyalash uslublari.
63. Cihidamlilik sifatining umumiy tavsifi.
64. Chidamlilik sifatining turlari.
65. Chidamlilik sifatini belgilovchi omillar.
66. Chidamlilik sifatini tarbiyalash uslublar.
67. Egiluvchanlik sifatining umumiy tasnifi.
68. Egiluvchanlik sifatiga ta’sir etuvchi omillar.
69. Egiluvchanlik sifatini rivojlantiruvchi uslublar.
70. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishining yoshga xos xususiyatlari.
71. Jismoniy tarbiyaning shakllari.
72. Jismoniy tarbiya darsini tashkil qilish uslublari.
Tabiatdagi, hayotdagi, butun borliqdagi jarayonlar ma’lum qonuniyatlarga bo`ysunadi va shularga muvofiq ravishda rivojlanib boradi. Bu qonuniyatlar tabiatda odam ixtiyoridan tashqari holatda amal qiladi. Bunday qonuniyatlar, ilmiy izlanish va amaliy tajribalarning ko`rsatishi bo`yicha, jismoniy tarbiya jarayoniga ham ta’sir ko`rsatadi. Bu qonuniyatlarni tan olish, ularni o`rganish, shu asosda o`quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonini yaxshilash imkonini beradi. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fanining maqsadli va samarali o`qitilishida darsning to`g`ri tashkil etilganligi asosiy omil hisoblanadi. Bunda jismoniy tarbiya fani o`qituvchilari darsni yangi pɟdagɨgik tɟɯQɨOɨgiyalarni qo`llagan hɨlda darsga qo`yilgan vazifalarni to`g`ri amalga ɨshirishi lɨzim. Jismoniy tarbiya jarayoni – bu ikki tomonlama jarayondir. Bir tomondan o`rgatishga intilayotgan o`qituvchi, ikkinchi tomondan o`rganishga xohishi bo`lgan o`quvchi qatnashadi. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, agar o`quvchi oldiga qo`yilgan vazifaning mohiyatini tushunib yɟtsa va uning hal etilishiga qiziqsa, o`rgatishning muddati tezlashadi va sifati yaxshilanadi. Ko`nikma va malakalarni shakllantirish yo`llarini shunday tashkil qilish kerakki, ular har doim rivojlanishda bo`lmog`i zarur. Buning uchun o`quvchining harakat tajribasi jismoniy va psixik rivojlanganligi albatta hisobga olib o`tiladi. Jismoniy tarbiya darslari asosan amaliy mashg`ulotlardan iborat bo`lganligi bois fanni o`qitishda “Musobaqa”, “Ko`rsatmali”, “O`yin” kabi innɨvatsion pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish tavsiya etiladi.
Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |