Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi


Ritmiklik xarakteristikasi



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/139
Sana22.07.2022
Hajmi1,32 Mb.
#836123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Bog'liq
4aac197b9862bee10c3328de4cd64a92 JISMONIY TARBIYA VA SPORT NAZARIYASI VA METODOLOGIYASI

Ritmiklik xarakteristikasi. 
“Ritm” so’zi juda keng tarqalgan bo’lib, xilma-xil hodisalarga 
nisbatan qo’llaniladi. Vaqti-vaqti bilan takrorlanishning o’zi ritmni tashkil etadi. Ritmning asosiy 
sharti mazkur harakatda kuchli, biror-bir jihatlarni ta’kidlab ko’rsatiladigan lahzalarning mavjudligi 
hamda turli vaqt intervallarining o’zgarishi, almashinishidan iboratdir. Shunday qilib, ritm 
harakatlarning majmuali (dinamika-vaqt) xarakteristikasidir. 
Harakat ritmi uchun harakatning kuchli, alohida kuch bilan bajariladigan qismlarining vaqt 
jihatidan xilma-xil munosabatda bo’lishi xosdir.
Jismoniy mashqlarda muskullarning kuchlanishi va bo’shashtirilishining to’g’ri va o’z vaqtida 
almashinib turishi sport texnikasini egallab olishning eng muhim ko’rsatkichlaridan biridir. Yuqori 
malakali sportchilarning oddiy sharoitlardagi harakat ritmi juda aniq bo’ladi.
Ma’lum bir kishining texnik jihatdan mukammal qilib bajargan har bir aniq harakatida maqsadga 
muvofiq ritmni ko’rish mumkin. Har bir sportchida uning individual xususiyatlariga qarab, 
harakatlarni bajarishning o’z ritmi bo’lishi lozim. 
Jismoniy mashqlarni bajarishda harakat ritmi ratsional texnikaning ob’ektiv qonuniyatlariga 
muvofiq ravishda inson tomonidan yaratiladi va tartibga solinadi. 
Dinamik xarakteristikalar. 
Kishi gavdasining harakatiga ta’sir etadigan kuchlarni ichki va 
tashqi ta’sir kuchlariga bo’lish mumkin. 
Quyidagilar ichki kuchlarga kiradi: 
a) tayanch-harakat apparatining sust kuchlari – muskullarning elastik kuchi, muskullarning 
cho’ziluvchanligi va b.; 
b) harakat apparatining faol kuchlari – muskullarning tortish kuchi; 
v) reaktiv kuchlar – tezlashgan harakat jarayonida gavda zvenolarining bir-biriga munosabati 
vaqtida aks etuvchi kuchlar. 
Kishi gavdasiga tashqaridan ta’sir etuvchi kuchlar tashqi kuchlar deyiladi. Jismoniy mashqlarni 
bajarishda quyidagilar tashqi kuchlar hisoblanadi: 
a) o’z gavdasining og’irlik kuchi; 
b) tayanch reaksiyalarining kuchi; 
v) tashqi muhitning (suv, havo) va fizik jismlarning (kurashdagi raqiblar, akrobatikadagi 
sheriklar) qarshilik kuchi, tashqi og’irliklar, odam joyidan siljitadigan jismlarning inersion kuchlari. 




Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish