uning o ‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati o ‘quv fani
sifatida mutaxassislarni amaliy faoliyat jarayonida o ‘z oldiga
qo‘ygan vazifalarni hal ctishlarida bilimlar bilan qurollantiradi.
Uning vujudga kelishi va rivqjlanishida alohida odamlar va
bir butun jamiyat tomonidan yaxshi jismoniy tayyorgarlik
zarurligini ongli ravishda tushunib yelildi. Bu ehtiyoj tabiat va
organizm o‘sishi qonunlarini o‘rganishga undadi, mehnatda va
harbiy ishda yuqori natijalarga erishisli uchun, odamning
jismoniy rivojlanishini boshqarishning asosiy yo‘li topildi.
Amaliyotning rivojlanishi asosida, nazariy bilimlar beruvchi maxsus fanlar vujudga keldi. Bu fanlami ikki guruhga
bo‘lish mumkin:
1. Insonparvarlik ruhida (gumanitar) fanlar. Bu fanlar
jismoniy tarbiyaning ijtimoiy qonuniyatlarini o'rganadi (sotsiologiya, tarix va jismoniy madaniyatni tashkil etish, sport
psixologiyasi va boshqalar);
2. Biologik turkumdagi fanlar esa jismoniy tarbiya sharoitida organizmning rivojlanish qonuniyatlarini o ‘rganadi
(dinamik anatomiya, fiziologiya, biokimyo va jismoniy mashqlar biomexanikasi va boshqalar).
Bu fanlar erishgan yutuqlar asosida, jismoniy tarbiya
qonuniyatlarining m a’lumotlarini umumlashtirish bilan jismoniy madaniyat nazariyasi sluig'ullanadi.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi jismoniy
tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini pedagogik jarayon sifatida o ‘rganishga qaratilgan. Bu qonuniyatlar har qanday aholi
tabaqasining jismoniy tarbiyasiga taalluqlidir.
Jismoniy madaniyat uslubiyatining predmeti: jismoniy
tarbiyaning qonuniyatlarini o^rganish, shug‘ullanuvchilarning
yoshini hisobga olish, ularning kasb faoliyati, sport mutaxassisligiga aniq yo‘naltirishdan iborat. Modomiki, jismoniy madaniyatni o ‘qitish uslublari ko‘p.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyatining uslubiy
asosi dialektik va evolutsion taraqqiyot qonunlaridir. Bu
amaliyotchilarga o ‘z harakat faoliyatlarini baholash, tahlil
qilish, rivojlanish qonuniyatlarini ochish, ilg‘or uslublarni
ishlab chiqish, o‘rgatish usuli, umumlashtirish, jismoniy madaniyat ilg‘or tajribalardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubi sport — pedagogik
fanlar bilan chambarchas bog‘langan, nazariy tomondan
ishlab chiqarilgan qonuniyatlarga tayanadi. Sport — pedagogik
tomondan erishilgan aniq ma’lumotlar keyinchalik nazariyaning umumlashtiruvchi predmeti bo‘lib qoladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida umumiy pedagogik va psixologik
yutuqlari o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish
vazifalari amalga oshiriladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati mazmuni
quyidagi savollarga javob beradi: jismoniy madaniyat ijtimoiy
hodisa ekanligi; uning tarbiyaning boshqa sohalari bilan
aloqasi; maqsadi, jismoniy tarbiyaning umumiy vazifasi va
asoslari; mazmuni jismoniy madaniyat manbalarining tavsifi,
harakat faoliyatlariga o‘rgatishning uslubiyat asoslari, usullari;
jismoniy sifatlarni rivojlantirish, jismoniy mashqlarga o‘rgatish
jarayonining tarkibi, mashg‘ulotlarni tashkil qilish uslublari,
rejalashtirish va hisob, jismoniy madaniyat uslubiyatining
xususiyatlari hamda maktab yoshigacha va maktab yoshidagi
bolalarning sport mashg‘uloti, jismoniy madaniyat nazariyasi
va uslubiyatida ko‘rib chiqiladigan masalalardir.
Bu asos jismoniy tarbiyaning amaliy ahamiyati, jamiyatimizda uning amaliy o‘rni bilan izohlanadi.
Jismoniy tarbiyaning mehnat va mudofaa amaliyoti bilan
bog‘liqligi asosiy jismoniy tarbiya tizimi odamlarni mchnatga va
mudofaa faoliyatiga tayyorlashda bosh va/.ifani o'taydi.
Zamonaviy harbiy texnikaning rivojlanish darajasining
yuqori bo‘lishi inson omilining ahamiyatini oshiradi. Shuning
uchun harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligiga juda
katta ahamiyat berilishi kerak.
Jismoniy mashqlar professional tayyorgarlikni almashtira
olmaydi, ammo yaxshi harakat tayyorgarligi, yaxshi „harakat
maktabini“ tez o ‘zlashtirib olish, harakat faoliyatlarini va
harbiy mutaxassislikni tezroq va yaxshiroq o ‘zlashtirishga
imkon beradi.
Ilmiy tadqiqotlar ko'rsatishieha, zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida, jismoniy tarbiya mehnatning eng yaqin
yordamchisi hisoblanadi. Bu —- odamlarning salomatligini
tiklab, saqlabgina qolmasdan, yuqori mehnat qobiliyatini
ham tiklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |