Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi



Download 0,62 Mb.
bet4/7
Sana11.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#774910
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5202113677959894915

Individuallashtirish pedagogik tamoyili yosh sportchilarning mashg’ulotini tuzish va o’tkazishda, ularni xususiyat, imkoniyat va tayyorgarlik darajasini hisobga olishni talab qiladi. Mashq va ularning tuzilmasi, bajarilish xarakterini shug’ullanayotganlarning yosh, jinsi va tayyorgarlik darajasiga muvofiq tarzda tanlash maqsadga muvofiqdir. O’quv materialini yosh sportchilar bitta imkoniyatli vazifadan boshqa vazifaga o’ta oladigan holda joylashtirish lozim. Mashg’ulotning individuallashuvi uni rejalashtirish, har bir shug’ullanayotganning xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Yosh sportchilarning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviyli tayyorgarligiga muvofiq bo’lgan mashg’ulotning vazifa, vosita va uslublarini belgilash lozim.
Umumiy pedagogik tamoyillar bilan bir qatorda, yosh sportchilarning mashg’uloti bir qator xususiyatlarga xosdir: masalan, umuiy va ixtisoslik tayyorgarligining yaxlitligi. Sport mashg’uloti organik tarzda 2 tarkibiy qismni birlashtiradi: umumiy va ixtisoslashganlik. Umumiy tayyorgarlik sportning tanlangan turida organizmni funktsional imkoniyatlarini kengaytirish, yosh sportchining jismoniy va axloqiy irodaviy sifatlarini hamma tomonlama rivojlantirish hamda sportchi tomonidan harakat, ko’nikma va mahoratlarini o’zlashtirish, sportning tanlangan turida takomillashuvga ko’maklashuvchi barcha mashqlarni bajarish yo’li bilan sportning tanlangan turida takomillashuv amalga oshiradigan bajaradigan bazani yaratadi. Maxsus tayyorgarlik esa sportning har bir turi uchun xos bo’lgan ko’nikma va mahoratlarni shakllantirish hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalashni ta’minlab beradi. Umumiy va ixtisoslik, maxsus tayyorgarlikning uzviyligi yosh sportchilar mashg’ulotining asosiy qonunlaridan biridir.
Mashg’ulot jarayoni 3 asosiy holatda namoyon bo’ladi: o’quv mashg’ulot jarayoni ko’p yillik va yil bo’yi xarakterga ega bo’lishi lozim; har bir keyingi mashqni mashg’ulot jarayonidagi ta’sirni dastlabki ta’siriga to’g’ri kelishi lozim. Bu yosh sportchi organizmida dastlabki mashg’ulotlar ta’siri ostida shakllangan ijobiy o’zgarishlar mustahkamlashuvi va takomillashuvi muhimdir, dam olish, tiklanish ishchanlikni o’sishi uchun etarli bo’lishi lozim.
Mashg’ulot yuklamalarini asta-sekin va maksimal darajada oshirilishi sport yutuqlarining o’sishiga olib keladi, u mashg’ulot yuklamalarining hajmi va intensivligini to’xtovsiz o’sishi, yosh sportchi tayyorgarligiga qo’yiladigan talablarning asta-sekin izchil murakkablashuvi bilan shartlangan. Bularning barchasi yosh sportchilar tomonidan tobora murakkab va mukammal ko’nikma va mahoratlarga ega bo’lish imkoniyatini beruvchi vazifalarni izchil bajarishda o’z ifodasini topadi. Mashg’ulotdagi izchillik, asta-sekinlik yosh sportchi tayyorgarligi va imkoniyat darajasiga muvofiq bo’lib, uning sport yutuqlarining to’xtovsiz izchil o’sishini ta’minlashi lozim.
Mashg’ulotning keyingi qonuniyati – mashg’ulot yuklamalarining to’lqinsimon o’zgarishi. Mashg’ulot yuklamalarini ma’lum bosqichlarda progressiv oshishi organizmdagi moslashuv o’zgarishlar jarayoniga zid kelishi mumkin, bu esa dam olish bilan bir paytda yuklamalarni vaqtinchalik pasayshtirish zaruriyatiga sabab bo’ladi. Bu esa o’z navbatida, yosh sportchi organizmidagi zaruriy biologik qayta tuzilishlarni ta’minlab beradi. Shu sababli mashg’ulot yuklamalarning dinamikasi to’g’ri chiziq ko’rinishida bo’lishi lozim emas, u to’lqinsimon xarakterga ega bo’ladi. Yuklamalarning to’lqinsimon o’zgarishlari o’quv-mashg’ulot jarayonining ham nisbatan kichik qismlariga, hamda mashg’ulotning bosqich va talablari uchun xosdir.
Mashg’ulot jarayonining o’ziga xos xususiyati bu sikliligidir. Uning alohida mashq, davr va bosqichlarni ma’lum paytda qisman takrorlangan fazalarning nisbatan yakunlangan almashinuvidir. Mashg’ulot jarayonining organik tarkibiy qismlari bu mashg’ulotning mikrosikllari (masalan, 1 haftalik), mezosikllar (1 oylik) va makrosikllar (masalan, 1 yillik)dir. Mashg’ulot sikllari uni tuzilmaviy tashkilotining eng umumiy shakllaridir (L.P.Matveev).
Yuqorida ko’rsatilgan sport mashg’ulotining o’ziga xos qonunlari bog’liq va o’zaro shartlangandir.
Sport mashg’ulotining jarayoni quyidagi asosiy organik o’zaro qismlardan shakllanadi: jismoniy, sport texnika, taktik, axloqiy, irodali tayyorgarlik. 1 yillik sikl qatorida va bir qator yillar ichida mashg’ulot jarayonining bu barcha qismlari albatta, o’z o’rniga ega bo’ladi. Mashg’ulot jarayoni bosqichlari sportchilarning individual xususiyatlari va boshqa sharoitlarga bog’liq ravishda tayyorgarlikning bir qismiga ko’proq e’tibor, qolganlariga kamroq e’tibor qaratiladi. Sport mashg’ulotining asosiy vositalari – jismoniy mashqlardir, ular 3 asosiy guruhga bo’linadi: sportning tanlangan turidagi mashqlar, unda sportchi takomillashadi; umumrivojlantiruvchi mashqlar; sportning tanlangan turiga nisbatan jismoniy va irodali sifatlarni rivojlantirish uchun maxsus mashqlar hamda texnika va taktikaga o’qituvchi maxsus mashqlari.
Sport mashg’ulotning asosiy metodlari bu yuqoriga sport natijalariga erishish imkoniyatini beruvchi tarzda uning vositalarini turli uslublar bilan qo’llashdir. Sport mashg’ulotlarining asosiy uslublari harakat, ko’nikma va mahoratini shakllantirish va takomillashtirishga yosh sportchining jismoniy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan. Eng keng tarqalgan uslublar bu quyidagilardir:
1) texnikaga o’qitish uslublari (umuman olganda, o’rganish va qismlarga bo’lib o’rganish, so’z uslubi, ko’rsatish uslubi va h.k.);
2) taktikaga o’qitish uslublari (qism va kombinatsiyalar bo’yicha taktik harakatlarni o’rganish, so’z uslubi, o’z harakati va raqib harakatlarining tahlili);
3) jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun mashqlarni bajarish uslublari (takroriy, o’zgaruvchan, interval, musobaqa va h.k.).
Yuqori sport natijalariga erishish uchun shug’ullanayotganlarni jismoniy tayyorgarligining muvofiq darajasi bir qancha ahamiyatga ega. Shu sababli mashg’ulotda etakchi o’rinni jismoniy tayyorgarlik egallaydi, u sport texnikasida mukammallashuv, takomillashuv jarayoni bilan yaxlitlikda amalga oshiriladi. Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus, ixtisoslik bo’yicha tayyorgarliklarga bo’linadi. Umumiy jismoniy taryyorgarlik sportchilarning hamma tomonlama jismoniy rivoji va jismoniy tayyorgarligiga qaratilgan, ya’ni bunda sportning tanlangan turi uchun maxsus bo’lmagan, ammo organizmning funktsional imkoniyatlarini oshirish uchun zarur bo’lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Umumiy jismoniy tayyorgarlik yosh sportchilarni xilma-xil ko’nikmalar bilan boyitadi, umumiy jismoniy tayyorgarlik organizmning barcha organ va tizimlariga mashqlarning tizimli ta’siri bilan ta’minlanadi, ya’ni bunda organizm jismoniy rivoji va jismoniy tayyorgarligining ko’p tomonlamaliligini shartlab beruvchi barcha tomonlariga mashqlar ta’sir qiladi. Bu vazifa xilma-xil jismoniy mashqlarni bajarish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda eng katta rolni umumrivojlantiruvchi mashqlar (gimnastika, yugurish, sakrash, chang’ida uchish, shtanga bilan mashqlar, sport o’yinlar) o’ynaydi. Maxsus jismoniy tayyorgarligi bevosita sportning tanlangan turi uchun maxsusdir. Tanlangan sport turiga xos bo’lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan (masalan, o’rta masofalarga yugurishda tezkorlik, kuch sifatlari va o’ziga xos maxsus chidamlilik). Maxsus jismoniy tayyorgarlikning vositalari quyidagilardir:
a) musobaqa mashqlari, ya’ni tanlangan sport turining yaxlit harakatlari, ular musobaqa uchun o’rnatilgan talablarga rioya qilingan holda bajariladi;
b) maxsus tayyorgarlik mashqlari, ular sportning tanlangan turi maxsusligi, o’ziga xosligi, ixtisosliligiga muvofiq tarzda jismoniy sifatlarning rivojiga bevosita qaratilgan.
Maxsus tayyorgarlik mashqlarga tanlangan sport turining yaxlit ta’siri bilan asab mushak say-harakatlari tuzilmasi va xarakteri bo’yicha o’xshash bo’lgan mashqlar mansubdir. Bundan tashqari, yaxlit harakatni bajarishda asosiy yuklamani bajaradigan mushak guruhlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlardir.
Yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarligining asosiy uslublari, bular: takroriy, o’zgaruvchan, intervalli, nazorat, o’yin, musobaqa uslublaridir.
Yosh sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini ta’minlashdagi asosiy rolni tezkorlik, kuch sifatlari, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlikka qaratilgan mashqlar bosh rolni o’ynaydi. Bu jismoniy sifatlar aksariyat ahamiyatli darajada hamma tomonlama jismoniy rivojlanishni belgilab va asoslab beradi hamda sportning tanlangan turida yuqori natijalarga erishish imkoniyatiga zamin bo’ladi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish