O‘quv ishlarini samaradorligi uni o‘quv yili davomida rejali amalga oshirishni taqazo etadi.
Rejalashtirish texnologiyasini to‘ri ishlab chiqilishi samaradorlikning muxim omillaridan biri bo‘lib
belgilangan maqsad va vazifalarni aniq va puxta bajarish uchun lozim bo‘lgan imkoniyatlarni yaratadi.
Amaliy ish paytida rejalashtirishga eotibor susayishi taolim tarbiya jarayonida muvaffaqiyatsizlik manbaiga
aylanadi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning yuzaki munosabatlariga sabab bo‘ladi. Rejalashtirish o‘quv dasturini va
xamkasblari tomonidan boshqa maktablar uchun tuzilgan tayyor o‘quv rejasini o‘ylamay ko‘chirib olishdan iborat
bo‘lgan mexanik tarzdagi kanselyariya ishi emas. O‘qituvchi o‘z ish faoliyatini va to‘plagan tajribasini taxlil qilib, uni
yangi nazariy va amaliy materiallar bilan boyitib, to‘ri muloxazalar qilishdan, yangi o‘quv yilida vujudga kelgan shart-
sharoitlardan kelib chiqib, lozim bo‘lgan o‘zgartirishlar bilan o‘qitishning o‘quv yili uchun yangi loyixasini tuzishdan
iborat bo‘lgan faoliyatdir.
Rejalashtirish uchun o‘qituvchi oldindan katta tayyorgarlik ko‘radi va kerakli zarur axborotlarni to‘playdi. Bu
maolumotlar o‘quv materialini tartibli o‘qitish, ishning formasi va vositalarini to‘ri aniqlashga yordam beradi.
Rejalashtirishdan oldin to‘planadigan maolumotlar taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1.Qaysi sinflarda ish olib boriladigan bo‘lsa, shu sinflarning o‘quv dasturini chuqur o‘rganib chiqish kerak
bo‘ladi. Chunki ayrim mashqlarning texnikasini o‘qitish bir necha sinflarga taqsimlangan bo‘lishi mumkin. Shuning
uchun reja-lashtirish xar bir sinf uchun jismoniy mashq texnikasining aniq bo‘lagini o‘rganishni vazifa qilib qo‘yishi
kerak. Bundan tashqari dasturni bilish o‘quv materialini sinfdan-sinfga birin-ketin taqsimlashda xatoga yo‘l
qo‘ymaslik imkoniyatini yaratadi.
2. Mashulot ishtirokchilarning tarkibi, ularning so-lii, nazariy bilimlari, jismoniy va texnik tayyorgar-liklarini
o‘rganish rejalashtirishni realligini oshiruvchi maolumotdir. Bu maolumotlarni olish uchun rejalashtiruvchidan ilgari
tayyorlangan xujjatlarni, tibbiy ko‘rik varaqalarini, chorakli, yillik xisobotlarni o‘rganish lozim bo‘ladi. Qola-versa
o‘quvchilar bilan suxbatlar xam kutilgan natijani beradi.
3. Maktabning jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha sport inshootlari, anjomlari va ulardan foydalanish uchun
mavjud shart-sharoitni xisobga olish rejalashtirish ishini samarador-ligini oshiradi va mavjud muammolarni xal qilish
chora-tadbirlarini ko‘rishga imkoniyat yaratadi.
4. Maktab direksiyasi va pedagogika jamoasining jismo-niy tarbiyaga manosabatini bilish uchun maktabning
jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlarning yillik rejasi va maktab direktorining umumiy ish rejasi bilan tanishish.
5. Viloyat va tumanning iqlimi, ob-xavosini o‘rganish.
6. Viloyat va tuman sport musobaqalarining kalendar rejasi bilan tanishish va shu asnoda maktabning ommaviy
sport va solomlashtirish ishlarini rejasini tuzish.
7. Jismoniy mashqlarni viloyat va tumandagi yetakchi sport turlarini aniqlash va mavjul ish shaklini
jonlashtirish uchun o‘qituvchi tomonidan maktabning va shu xudud axolisining milliy sport anoanalarini o‘rganish
rejalashtirishda qo‘yilgan maqsadni oson xal qilish uchun asosiy maolumot rolini o‘ynaydi.