Yo‘llanma beruvchi mashqlardan to‘la xarakat aktini o‘zlashtirishni osonlashtirish uchun oldindan, bir qator
xususiy bilimlarni berish vazifalarni xal etishda foydalaniladi. Shuning uchun bir butun xarakat faoliyatining nerv-
muskul zo‘riqishi elementlarining tuzilishi va xarakteriga moslab, ularga o‘xshash yo‘llanma beruvchi mashqlarni
topish muxim axamiyatga ega. Yo‘llanma beruvchi mashqlar markaziy nerv tizimidagi effektli izning to‘planishiga
imkon beradi, oqibatda ular eng sodda vaqtli aloqalar maolum o‘xshashlik va koordinatsion umumiyliklar orqali asosiy
mashqni o‘zlash-tirishni yengillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |