Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Xarakat faoliyatini tanishtirish etapi va uning mazmuni



Download 0,5 Mb.
bet95/238
Sana31.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#268091
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   238
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

9.1. Xarakat faoliyatini tanishtirish etapi va uning mazmuni

Jismoniy tarbiya taolimining ushbu etapdagi vazifasi shuullanuvchilarda o‘zlashtirilayotgan xarakat faoliyati xaqida lozim bo‘lgan birlamchi tasavvurni xosil qilish va o‘zlashtirish jarayoniga ongli munosabatni shakllantirish bilan faollik (aktivlik)ni oshirish o‘quv vazifasini to‘la anglash va uni to‘ri xal etish qoidalari va usuliyatlari xaqidagi tushunchani yuzaga keltirish.

Tasavvurni shakllantirish jarayoni shartli ravishda o‘zaro uzviy bolangan uchta zvenoga bo‘linadi: a) taolimning vazifalarini anglash;

b) uning xal etuvchi loyixasini tuzish;

v) xarakat faoliyatining to‘la, qanday bajarilishi lozim bo‘lsa shundayligicha yoki uni ajratib olingan qismini

bo‘laginigina bajarishga urinib ko‘rish.

Pedagogik jarayon shuullanuvchining jismoniy, nazariy tayyorgarligi darajasiga qarab, xarakat faoliyatining nisbatan oson yoki qiyinligini eotiborga olib uni zvenolarning o‘zlashtirishning ketma-ketligi belgilashga yo‘naltiriladi.

O‘quvchi taolimning vazifasini, aniq xarakat akti yoki faoliyatini o‘zlashtirish uchun qo‘yilgan vazifalarning barcha-sini, ayniqsa, aynan shu dars uchun qo‘yilgan vazifani (masalan, balandlikka sakrashda gavdaga tezlik berish va boshqalarni) tushunib yetish muxim axamiyatga ega. O‘quvchi o‘zlashtirilayotgan xarakat faoliyatining texnikasiing asosini va uning zvenolari tarkibidagi yetakchi xarakatlarni xam anglab olgan bo‘lishi shart. Xarakat texnikasi detallarini bilish, ongiga yetkazish taolimning boshqa etaplarida amalga oshiriladi.

O‘quvchi tomonidan taolimning vazifalarini xal etish loyixasi tuziladi va o‘z ichiga o‘qituvchining yo‘lyo‘riqlarini, o‘quvchi uchun qo‘yiladigan vazifalarni va uni tushuntira bilish, shakllanadigan bilimlar va xarakat tajribalardan iborat pedagogik jarayon mazmuni kiritiladi. Ayrim xollarda asosiy loyixaga moslab zaxira variantidagi loyixalar xam tuziladi. Masalan, peshonaga yoki qo‘lga tayanib tik turishni o‘rgatishda o‘quvchi favqulotda muvozanatni yo‘qotsa, yoki orqaga yiqilib ketsa nima qilishi lozimligini oldindan rejalashtirilgan bo‘ladi. Loyixaning zaxira variantlarini tayyorlash xam asosiy vazifalar tarkibiga kiradi, chunki taolim jarayoni ayrim xo-latlarda shuullanuvchining xavfsizligini taominlashi nuqtai nazardan xam ularni taqozo etadi.

Xarakat faoliyatini bajarishning birinchi urinishlarida boshlaboq foydalanayotgan loyixa to‘ldirishlarni, ayrim xol-larda esa to‘la tuzatishlar (korrektiv o‘zgartirishlar) kiriti-lishini talab qilishi mumkin. O‘zlashtirilayotgan xarakat faoliyatining texnikasini oson-qiyinligi va unda shikastla-nish xavfi darajasiga qarab, xarakat faoliyatini bajarishga urinish yoki birinchi marotaba bajarib ko‘rish muxim axamiyatga ega. Mashq texnikasi nisbatan oson bo‘lsa, xarakat faoliyati qanday bajarilsa shundayligicha bajarib o‘rganish qo‘llaniladi. Bu bilan o‘zlashtirilayotgan xarakat faoliyati xaqida to‘la umumiy tasavvur xosil qilish oson kechadi va tuzilgan loyixani to‘ri, noto‘riligi nazorat qilinadi. Xarakatni o‘rganish oson kechsa taolim jarayoniga o‘zgartish kiritilmaydi, faoliyatni o‘zlashtirishni shu metod bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Mabodo xarakat texni-kasi tarkibidagi qandaydir detalga aniqlik kiritish kerak bo‘lib qolsa, xarakatni o‘sha bo‘lagini ajratib olib o‘sha qismini o‘zini o‘rgatish (o‘qitish) metodini qo‘llashni samarasi yuqoriligi isbotlangan. Qiyin va xavfli mashqlarni o‘rga-nishda, bo‘laklarga (qismlarga) ajratib o‘rganish-xarakat xaqida to‘ri tasavvur xosil qilishni tezlash-tiradi, o‘qitishning samaradorligini oshiradi. Tasavvurni xosil qilish qiyin kechsa o‘sha mashq texnikasining o‘z ichiga olgan yo‘llanma beruvchi mashqlar tanlanadi va ulardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ayrim xollarda o‘quvchida birlamchi tasavvur xosil qilish uchun mashqni bajarishda unga jismonan yordam beriladi. Yordam berish ancha samarali bo‘lib, mashqni o‘quvchi tomonidan chuqur-roq xis qilishga olib keladi. Amaliyotda shunday mashqlar yoki xarakat faoliyatlarini o‘rgatishga to‘ri keladi mashq bajaruv-chiga o‘qituvchi tomonidan xech qanday yordam berib bo‘lmaydi.




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish