5-BOB. JISMONIY TARBIYa NAZARIYaSINING ILMIY TADQIQOT USULIYaTLARI
Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy izlanish uslublaridan foydalanadi.
Xozirgi kunda ilmiy tekshirish uslublarining turlicha xillari bo‘lib, qo‘shma fanlarning tadqiqot uslublaridan, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va ijtimoiy-tarixiy izlanish uslublariga ko‘proq extiyoj sezilayotganligi axamiyatga molik.
Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari - nazariy taxlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va matematik xisoblashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |