«Xarakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o‘rganish», nisbatan qisqa pedagogik vazifadir. «Xarakat faoliyatini o‘rganish» (yoki jismoniy mashqni o‘qitish) atamasi xarakat faoliyati aniq bo‘lib uning nazariy bilimi xam berilganda qo‘llaniladi. Xarakat faoliyatini o‘qitishda xarakat malakasi shakllanadi, ko‘nikma vujudga keladi, bir vaqtning o‘zida muvofiq jismoniy xarakat sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, muskullar egiluvchanligi va bo‘inlar xarakatchan-ligi rivojlanadi. Shu sababli pedagogik jarayonda eotibor aniq bir narsaga, taolimga – malakani shakllantirishga yoki xarakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |