Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


Sport inshootlarida sun’iy yoritilganlik



Download 6,95 Mb.
bet93/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Sport inshootlarida sun’iy yoritilganlik. Buning uchun lyuminеtsеnt lampalar ishlatiladi. Cho‘g‘lanma lampalarga nisbatan lyuminеtsеnt lampalar quyidagi afzalliklarga ega;

  • Yorug‘lik spеktri cho‘g‘lanma lampaga nisbatan quyoshnikiga yaqin;

  • Ular dеyarli “yumshoq”, har tomonga bir tеkis yoyilgan yorug‘lik bеradi va yoritadigan maydonida dеyarli to‘la soya bo‘lmaydi;

  • Ularni yorqinligi cho‘g‘lanma lampaga nisbatan birmuncha kam (bu sport inshootlarida to‘siqsiz ishlatilishiga sabab bo‘ladi).

Gigiyena mе’yorlarga muvofiq ularni pulsatsiya yonib o‘chish darajasi sport o‘yinlari zallarida 15% dan kam bo‘lmasligi kеrak. Tеnnis va xokkеy zallarida 10%, еngil atlеtika, konkida uchish, figurali uchishda 20% dan kam bo‘lmasligi kеrak. Sport zallarida gorizontal yoritilganlik, suzish suv havzalarida pol yuzasi, suv yuzasida 150 va 50 lk bo‘lishi, sport arеnalarida 1000 lk dan kam bo‘lmasligi, tomoshabinlar uchun tribunada 500 lk bo‘lishi lozim.
6.4. Sport inshootlarini isitilishiga bo‘lgan gigiyena talablar
Sport inshootlarida hamma isitish tizimi quyidagi gigiyenik talablarga javob berishi lozim: Har xil ob-havo sharoitida sport zalini yetarlicha bir tekis isitib berishi lozim. Harorat farqi 2°C, har bir metr vertikaliga harorat farqi 2,5°C. Istish natijasida havo muhitini sifati o‘zgarishi kerak emas.
Bu talablarga kam bosimli suv bilan isitish javob beradi, sistemada oqib yuradigan suvni harorati 100°C dan kam, shu sababdan isitish trubalarida harorat 80°C bo‘ladi. Bu havodagi organik changlarni yonishdan asraydi, agarda yonsa har xil zaharli moddalar hosil bo‘ladi: masalan is gazi. Isitish yetarli bo‘lishi uchun har bir 30-60 m3 da isitish asboblari talab etiladi. Bu asboblarni sport inshootlarida havoni tashqi tomondan o‘tadigan joyga o‘rnatilishi lozim.
Sport zallarida radiatorlar maxsus to‘r bilan o‘ralishi, bunda pol bilan radiator orasida 10-15 sm masofa bo‘lishi kerak. Sport zallarida, suzish suv havzalarida, kiraverishda isitish asboblari yopiq holatda bo‘lishi lozim.
Eng rivojlangan isitish usuli bo‘lib nur vositasida isitish hisoblanadi. Isitish elementi bo‘lib devorga, polga, shipga o‘rnatilgan moslamalar hisoblanadi ularda harorat suvdagiga qaraganda bir muncha past 40-45°C bo‘ladi, uni hisobiga uni yuzasini ko‘paytirib, oyna tagiga o‘rnatiladi, shuning uchun gorizontal va vertikal bo‘yicha harorat bir tekis bo‘ladi.
Sport inshootlarida suv va havo bilan isitishni aralash usuli qo‘llaniladi, kerak bo‘lgan vaqtlarda havo bilan isitish usulini qo‘llab yoqimli ta’sir ko‘rsatadigan me’yoriga olib boriladi, kerak bo‘lmagan vaqtda suv bilan isitib sport inshootlarini yaxshi saqlash uchun kerak bo‘lgan harorat 6°C ta’minlanadi.
Suzish suv havzalari uchun havo bilan isitish qo‘l keladi, chunki isitilgan havoni namligi kam bo‘ladi. Xonalarni isitish uchun juda ko‘p energiya ketadi, ularni tejash lozim.
Kerakli toza havoni keltirishni ta’minlab, hayot faoliyatida hosil bo‘lgan iflos havoni olib ketishni ta’minlaydigan havolantirish tizimidir. Shamollatish tizimi orqali sport inshootlariga yangi havoni keltirilib, yomon ishlatilgan havo chiqarib tashlanadi.
Sport inshootlari yaxshi shamollatilmasa havoni fizik va kimyoviy xususiyatlari o‘zgaradi, chang ko‘payadi, mikroblarning soni oshadi. Sport inshootlarida havo yaxshi toza bo‘lishi uchun har bir sportchini aniq miqdordagi havo bilan ta’minlash havo kubi deb nomlanadi. Sport xonalari uchun u 30 m3 ga teng. Bundan tashqari, tashqaridan tashqi havo miqdori - bir soatda 1 kishiga kerak havo ham bunga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Sport zallari uchun u 90 m3 dan bir soatda 3 marta yangi havoga almashinishi lozim. Bu o‘lchamlar ilmiy izlanish natijalari bilan yanada mustahkamlangan. Karbonat angidridni qoniqarli deb hisbolangan miqdori -0,1% tashkil etadi. Shamollatish hajmini texnik me’yori sport zallari uchun suzish suv havzalari uchun 80 m3 – bitta shug‘ullanuvchiga va 20 m3 bitta tamoshabinga begilangan.
Tabiiy holatda shamollatish haroratlarni farqlari asosida faqatgina bir soatda 0,5 martani tashkil etadi. Bu sport zallari uchun juda kam hisoblanadi. Mexanik holatda havo almashilmaydigan holatlarda deraza va darchalarni ochiq bo‘lishi natijasida shamollatiladi, bunda avvalo xonani yuqori qismidagi havo, so‘ngra esa pastki qismidagi havo isiydi. Shug‘ullanuvchilarni shamollashdan asraydigan o‘quv-mashq mashg‘ulotlarini darchani ochiq holatda ham olib borish mumkin, lekin darcha yuzasi polni 1/50 qismiga teng bo‘lib tashqaridagi havo harorati 0-10°C bo‘lishi mumkin. Tabiiy shamollatishni tezlashtirish maqsadida ichki devor orasidan imorat tepasiga alohida surib oladigan yo‘llar qilinadi, natijada issiq havo asta-sekin yuqoriga ko‘tariladi va havo almashinish darajasi 1,5 martaga ortadi. Bu tizim tashqarida harorat qancha yuqori bo‘lsa shuncha natijalidir.
Sun’iy shamollatish tizimi natijasida havo maxsus parraklar bilan harakatga keltiriladi. Sun’iy mexanik shamollatish faqat bir imorat uchun qurilgan bo‘ladi. Mahalliy sun’iy shamollatish eshikdan uzoqda joylashgan burchakka parraklar o‘rnatilib havoni surib olib tashlaydi, yoki havoni keltirib beradi.
Sovuq vaqtlarda kolorifer orqali o‘tkazib havoni isitib berish lozim. Havo olinadigan joyni qor va yomgirdan asrash uchun ustini berkitish lozim. Markaziy sun’iy shamollatish butun bir binoni yoki yopiq sport inshootini ta’minlaydi. U havo oqimi beruvchi yoki olib ketuvchi bo‘lishi mumkin. Sport inshootlarida olib keluvchi va olib ketuvchi qabilida o‘rnatiladi.
Bundan tashqari havo changlardan tozalanadi, sovuq vaqtlarda isitiladi. Maxsus yo‘llar devor teshiklaridan sport inshootlariga beriladi. Olib ketuvchi alohida ishlanib tomni tepasiga alohida kanallar qo‘shib yuboriladi. Bu bilan ifloslangan havoni turib qolishiga chek qo‘yiladi. Sport zallarida havo beriladigan va olinadigan shamollatish qo‘llaniladi, beriladigan havo ko‘proq bo‘ladi, lekin dush, san uzellarda havoni surib olish bilan shamollatiladi va 10 marta havo almashinish soatgacha, sanitriya uzellaridan 100 m3 soatiga havo tortib olinib shamollatiladi.
Asosiy va yordamchi xonalar alohida-alohida shamollatiladi. Ta-moshabinlar bo‘lishi mo‘ljallangan sport zallarida havoni kondensirlash usuli qo‘llaniladi. Uni o‘ziga xos xususiyatlaridan biri istagan vaqt ichida havoni toza, sovuq nam ma’lum haroratda ushlab turish mumkin. Xona konditsionerlari ma’lum kichik xonani ma’lum haroratda ushlab turish mumkin.
Markaziy konditsionerlar o‘rnatilsa darcha, oyna, eshiklar berk holatda bo‘lishi lozim. Konditsionerlar ishlatilgan vaqtda, havoda ozon va ionlar kamayib ketar ekan, shu sababli hozirgi chiqayotgan konditsionerlarga ozonator, ionizator o‘rnagilgan. Soatiga havo almashtirish darajasini gigiyena me’yori 3 marta. Tinch holatda soatiga havoni o‘rtacha gigiyena me’yori 10 m3, musobaqa va mashq vaqtida bu me’yor 10 marta oshadi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish