Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari



Download 6,95 Mb.
bet60/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Тexnologik chora-tadbirlar texnologik jarayonni almashtirish yo‘li bilan zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlashni kamaytirish yoki yo‘q qilishni nazarda tutadi. Bu chora-tadbirlarga zararli moddalarni kamroq zararlilariga almashtirish, xomashyoni zararli aralashmalardan tozalash, quruq qayta ishlashni ho‘l qayta ishlash bilan almashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini germetizatsiyalash va avtomatlashtirish, chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy qilish va boshqalar ham kiradi. Yuqorida ko‘rsatilgan chora-tadbirlar majmuyidan foydalanish ko‘proq samaralidir.
Rejalashtiruvchi chora-tadbirlar, asosan, shahar hududi shamollar yo‘nalishini hisobga olgan holda (odatda, sanoat zonalari yashash massivlariga nisbatan shamol yo‘nalishida joylashtiriladi), ishlab chiqarish va yashash zonalariga to‘g‘ri taqsimlashni, ishlab chiqarish korxonalarini yashash binolaridan ajratib turadigan sanitariya himoya zonalarini yaratishni o‘z ichiga oladi.
Sanitariya-himoya zonalari gazlar ta’siriga chidamli o‘simliklar bilan ko‘kalamzorlashtirilishi lozim.
Sanitariya-texnik chora-tadbirlar sanoat chiqindilarini ishlash prinsipi hamda chang va gazlarni ushlab qolish xususiyatlari bilan farq qiluvchi tozalash inshootlari yordamida tozalashni ko‘zda tutadi.
Ularga quruq mexanik chang ushlagichlar, filtrlar, elektrostatik filtrlar va ho‘l usulda tozalash apparatlari kiradi. Oddiy chang ushlovchi qurilma siklon bo‘lib, unda havo aylanma harakat qiladi va markazdan qochma kuch ta’siri tufayli chang zarrachalari kamera devorlariga uriladi va cho‘kadi. Havoni tozalash uchun turli filtrlardan foydalaniladi. Ulardagi filtrlovchi yuza esa turli gazlamalar va gaz bilan ho‘l tozalash hisoblanadi. Bu turdagi juda oddiy qurilmalarda havo kameraga beriladi va u ho‘l shag‘alli to‘rdan o‘tayotganda tozalanadi. Sanoat chiqindilarini gazsimon moddalardan tozalashning maxsus usullari bor. Atmosfera havosining transport vositalaridan ifloslanishiga qarshi kurash chora-tadbirlari shaharlarni to‘g‘ri rejalashtirishni va obodonlashtirishni, temiryo‘llarni elektrlashtirishni va shu kabilarni ko‘zda tutadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish umumxalq va davlat ahamiyatiga molik vazifa bo‘lib, uning muvaffaqiyatli hal etilishi nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlar farovonligini belgilab beradi.
Kelajakda havodagi zararli moddalardan saqlanish uchun yana qator tadbirlar, jumladan, aholi yashaydigan joylar bilan sanoat korxonalari o‘rtasida ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar tashkil etish ishlari rejalashtirildi.
Korxona chiqindilarini tashqariga chiqarmay tutib qolish va ularni qayta ishlashga e’tiborni kuchaytirish salomatlik yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.
Sanoat korxonalarining binolari shamol esib turadigan, iflos chiqindilarni o‘ziga tortib to‘plamaydigan joylarga qurilishi lozim. Sanoat korxonalarini qurish sanitariya me’yorlariga ko‘ra korxona bilan aholi yashaydigan joylar orasida ma’lum masofa bo‘lishi zarur. Masalan, chiqindilarning zararli ta’siriga ko‘ra I klass korxonalari uchun mazkur masofa 1000 metr, II klass korxonalari uchun 500 metr, III klass korxonalari uchun 300 metr, IV klass uchun 100 va V klass korxonalari uchun 50 metr qilib belgilangan. Bunda o‘simliklarning chang va shovqinni ushlab qolishi, havoni kislorod bilan boyitishini nazarda tutib, sanitariya himoya hududlari ko‘kalamzorlashtirilgan bo‘lishi lozim. Atmosfera havosiga chiqarib tashlanadigan zaharli gaz va bug‘ni zararsizlantirish, ularni har xil moslamalar yordamida ushlab qolish va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanish ishlari keng yo‘lga qo‘yilishi hamda tegishli organlar nazoratida bo‘lishi kerak.
Shaharlar havosini toza saqlash maqsadida katta ko‘chalar va aholi yashaydigan binolar orasida daraxtlar uch-to‘rt qator, butalarni ikki qator qilib ekish olimlar tomonidan tavsiya qilingan. Shundagina yoz oylarida atmosfera havosini 40-60 foiz tozalash mumkin bo‘ladi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish