1.5. Gigiyena fanining jismoniy tarbiya va sportdagi ahamiyati
Jismoniy tarbiya va sport faqat mashq harakatlaridan iborat bo‘lishi kerak, u o‘z tarkibiga albatta shaxsiy va jamoat gigiyenasini, mehnat va dam olishni to‘g‘ri tashkil etishni qamrab oladi. Tanani mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirish uchun tabiiy omillardan foydalanish kerak. Ommaviy sportning samaradorligini oshirish maqsadida gigiyena omillar va tabiiy omillar keng miqyosida ishlatiladi.
Shu munosabat bilan jismoniy tarbiya va sport gigiyenasida ham ilmiy izlanishlar rivojlantirilmoqda. Kundan-kunga taraqqiy etayotgan gigiyenaning nazariy va amaliy vazifalari sportchi faoliyati bilan chambarchas bog‘langandir. Bu esa yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki sportchilar tayyorlash tizimi uchta omillarga bog‘liq:
1. Sport mashq mashg‘ulotlari.
2. Musobaqa tizimi.
3. Musobaqa va mashg‘ulotlarning samaradorligini optimumga yetkazish omillar tizimi.
L.P. Matveyevning ta’kidlashicha, sportchilarni tayyorlash muvaffaqiyati shu yuqorida ko‘rsatilgan omillarning majmuasiga bog‘liqdir. Musobaqa va mashqlanishni to‘lg‘azadigan tizimiga faqat gigiyena omillari kiradi, jumladan: kun tartibi, shaxsiy gigiyena, chiniqish, maxsus ovqatlanish, tiklanish gigiyena vositalari va h.k. Bular katta ahamiyatga ega bo‘lib, sportchilarning malakasini oshirishda har taraflama o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ilmiy tekshirishlar va amaliyot shuni ko‘rsatadiki, gigiyena omillaridan agar to‘g‘ri foydalanilsa, sportchilarning sihat-salomatligi yaxshi bo‘ladi. Sport tashqi ko‘rinishi turg‘un, tashqi muhitning murakkab sharoitlariga tezda moslanadi (o‘rta tog‘liq, issiq iqlim, meridional uchib o‘tish). Sportchilarning mashq qilish darajasini oshirishda boshqariladigan har xil gigiyenik omillardan foydalanish, tabiiy omillardan sportchilarni mahoratini oshirish keng miqyosda foydalanish kun sayin kengayib bormoqda. Bu «tashqi muhit – sportchi», tashqi muhitning har xil omillarning keng miqyosda tekshirish asosida olib borilmoqda. O‘zbekistonda sportchilar tayyorlashda gigiyena omillari tizimi ishlab chiqilgan va amalga joriy etilgan.
Bu har xil gigiyena tizimi mashqlanish jarayonida ayrim sport turlari jinsiy xususiyatlar, yoshga oid xususiyatlar, mashq qilish bosqichlarini, mashq qilish sharoitini to‘g‘ri, maqsadga muvofiq qo‘llashga olib boradi.
Bizning mamlakatimizda birinchi bo‘lib sportchilar ish qobiliyatini oshiradigan gigiyena vositalaridan ionlashgan havo va ultrabinafsha nurlaridan eritema lampalari yordamida foydalanish taklif etildi. Hozirgi vaqtda ko‘p mutaxassislarning diqqat e’tibori “Sportchilarni tayyorlashning gigiyenik asoslari” deb atalgan muammolarga qaratilgan.
Jismoniy tarbiya o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi oldingi o‘rinlarda turadi. Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasidan olinadigan bilimlar har xil sportchida kun tartibidan boshlab, ovqatlanish kiyim-kechaklarga bo‘lgan munosabatlar, tabiiy faktorlardan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risidagi zamonaviy ma’lumotlarni beradi.
Rеspublikamizda istiqomat qilayotgan aholining salomatligini saqlash va mustahkamlashda ayniqsa yosh avlodni jismonan barkamol bo‘lib o‘sishini ta’minlashda, sihat-salomatlik darajasini yaxshilash, kishilarning umrini uzaytirishda gigiyena va sport gigiyenasi fanning ahamiyati kattadir.
Gigiyenaviy qulay sharoitda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini, tashkil qilishi natijasida sport musoboqalarida kutilgan samarani bеrishi mumkin. Bu borada, asosiy gigiyena tamoyillarni bilish va unga rioya qilish, o‘ta muhim talablaridan biri bo‘lib, ijobiy natijalarga erishishda asosiy omil hisoblanadi.
Gigiyena va sport gigiyenasi fanining eng muhim vazifalari inson va sportchilar organizmiga tabiiy muhitning turli omillarini, jismoniy yuklamalarni inson organizmining funksional holatiga, mеhnat qobiliyatiga, sog‘ligiga ta’sirini gigiyenaviy jihatdan o‘rganish va olingan ilmiy natijalar asosida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqishdir.
Gigiyena holatini o‘zgarib qolishi, atmosfеra havosining buzilishi, hayotiy noqulay va sport inshootlarida mikroiqlim sharoitlaridagi bo‘ladigan o‘zgarishlar, suvlar tarkibiy sifatining o‘zgarishi, uzoq davom etadigan jismoniy mashg‘ulotlar, ruhiy holatlari, kam jismoniy faollik, noratsional ovqatlanish omillari inson organizmida qisqa muddatli yoki surunkali, tiklanishi qiyin bo‘lgan kasallik jarayonlarini kеltirib chiqarishi mumkin. Dеmak, sportchilar uchun noqulay gigiyenaviy mе’yorlar ular organizmida kеchayotgan normal fiziologik jarayonlarni buzib, organizmning salomatlik holatini izdan chiqaradi.
Gigiyena va sport gigiyenasi fani tashqi muhit sharoitlarini jismoniy tarbiya va sport bilan mashg‘ulot o‘tkazish jarayonlarida, mashg‘ulotlarni tashkil qilishda va shug‘ullanishda, jismoniy harakat yuklamalarining hajmi va tеzligini organizmga ta’siri, oziq- ovqatlarning sifati va tarkibini ta’sirini o‘rgansa, ikkinchi tomondan sportning asbob anjomlar bilan jihozlanganlik tamonlarini ham o‘rganadi. Gigiyena va sport gigiyenasining asosiy vazifasi jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilarni kasal bo‘lib qolishdan saqlash, kasalliklarning kеlib chiqishini oldini olishdir hamda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi kishilarning salomatlik darajasini yanada yaxshilashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |