Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari



Download 6,95 Mb.
bet256/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

O‘pkaning tiriklik sig‘imi. Spirometriya-o‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlash, ya’ni chuqur nafas olgandan keyin, nafas bilan chiqariladigan maksimal havo hajmini aniqlash, spirometr bilan o‘lchanadi. 2-3 marta o‘lchab, maksimal natija hisobga olinadi. Nafas olish va nafas chiqarish harakatlari natijasida o‘pkalarga, ya’ni ularning alveolalariga uzluksiz ravishda tashqi muhitdan havo kirib va chiqib turadi. Odam tinch turganda o‘rtacha 500 ml havo oladi va shuncha havoni chiqaradi. Bunga nafas havosi deyiladi. Odam chuqur nafas olsa, tinch nafas olgandagi 500 ml nafas havosining ustiga o‘pkaga yana 1500 ml havo kirishi mumkin (qo‘shimcha havo). Odam tinch nafas chiqarishdan so‘ng (nafas havosi 500 ml) chuqur nafas chiqarsa, o‘pkadan yana 1500 ml havo chiqaradi (rezerv havo). Shunday qilib, nafas havosi 500 m1, qo‘shimcha havo 1500 ml rezerv havo 1500 ml, 3500 ml o‘pkaning tiriklik sig‘imini tashkil etadi. Erkaklarda o‘pkaning tiriklik sig‘imi 3500-4500 ml. gacha, ayollarda - 3000-3500 ml. gacha bo‘ladi. Jismoniy chiniqqan odamlarda bu ko‘rsatkich ko‘proq bo‘ladi. Chuqur nafas chiqarilgandan keyin o‘pka alveolalarida 1000-1500 ml havo qoladi, bu- qoldiq havodir. O‘pkaning tiriklik sig‘imi spirometr asbobida aniqlanadi. Spirometr ikki xil bo‘ladi: suvli spirometr va havoli spirometr. O‘pkalarning tiriklik sig‘imini aniqlash uchun odam chuqur nafas olib, so‘ngra spirometr asbobining naychasiga bor kuchi bilan chuqur puflaydi. Suvli spirometr ichki silindrining yuqoriga ko‘tarilishiga, havoli spirometrning esa strelkasi siljib ko‘rsatgan raqamiga qarab, o‘pkalarning tiriklik sig‘imi qancha ekanligini bilish mumkin. Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi, chiniqqan odamlarda o‘pkaning tiriklik sig‘imi ortib, 4500-6500 ml.ga yetadi. Aksincha, jismonan ojiz, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmaydigan odamlarda o‘pkaning tiriklik sig‘imi yuqorida ko‘rsatilgan normadan (3500 mm dan) kam bo‘lishi mumkin. O‘pkalar tiriklik sig‘imini kam yoki ko‘p bo‘lishiga qarab, odamning jismonan chiniqqanligi, yoki chiniqmaganligiga baho berish mumkin.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish