3.Maktab dasturi bo`limini rejalashtirishning usuli
Dastur o`z ichiga yoshlarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifasini, dars hajmini, yillik vazifalarni hal etish uchun o`rgatishning aniq vazifalarini, tarbiya va sog`lomlashtirish ishlarini oladi. Bu dastur o`rgatishning eng qulay varianti, nazorat- sinov vaqtini ko`rsatishi, mustaqil mashg`ulotlar vazifalari va manbalari hisobiga kengayib boradi.
O`quv o`rgatish dasturi o`quv faoliyatini samaradorlik bilan boshqarish imkonini beradi. O`quv materialini o`rgatish jarayonida o`quvchilar mustaqilligini va faolligini oshiradi, o`rgatish vaqtidan ongli foydalanish imkonini beradi. Ana endi, o`quv dasturini tuzish bosqichlarini ko`rib chiqamiz.
Birinchi bosqich jismoniy sifatlarni rivojlantirish ishi uchun mashqlarni tanlashni o`z ichiga oladi.
Ikkinchi bosqich o`rgatishning ko`p yillik vazifalarini aniqlashdan iborat. Ko`p yillik vazifalarni aniqlab borish, o`quv materiallarining izchilligini va o`zaro aloqasini aniqlamog`i zarur. Mashqlarni o`rganish jarayoni spiral bo`yicha tashkil etiladi: har bir yangi aylanishda, navbatdagi o`quv yilida yangi materialni o`rganish uchun asos bo`lib xizmat qiladigan harakat tajribalarini muntazam ravishda qo`llash maqsadga muvofiqdir.
Uchinchi bosqich, yillik o`rgatish vazifalarini shakllantirishdan iborat. O`qituvchi ma`lum sinfda o`rganiladigan mashqlarning darajasini aniqlash lozim, agar u bir necha sinflar uchun dasturda ko`rsatilgan bo`lsa, bunday mashqlarga yugurish, sakrash, akrobatik va boshqa mashqlar qiladi.
To`rtinchi bosqichda yillik vazifalarni hal etish uchun zarur bo`lgan darslar hajmi hisoblab chiqiladi.
Beshinchi bosqich ko`p mehnat talab qiladi, dars vazifalariga aniqlik kiritishdan, ularni hal etish uchun manba tanlash, o`rganiladigan harakat-faoliyat qismlariga yordamchi mashqlarning qaytalanish sonini belgilash va ularni bir butun qilib o`rganishdan iborat.
Maktab dasturi bo`limini rejalashtirishning uch usuli ma`lum: parallel, ketma-ket va aralash. Dastur materiallarini parallel o`tishda dasrlarda har xil bo`limlardan materiallar kiritiladi. Bo`limni ketma-ket o`tish yuqori sinflarda amalga oshiriladi va yengil atletika, sport o`yinlari, gimnastika va boshqa mashqlar navbatma-navbat hal etiladi. O`quv materialini aralash rejalashtirish deganda birinchi va ikkinchi usulni birga qo`shib olib borish tushuniladi, ya`ni ba`zi bir bo`limlar parallel; ba`zilari alohida o`rganiladi.
Yuqorida sanab o`tilgan usullarning har biri o`zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. O`rta sinflarda parallel usulini qo`llash yaxshi natija beradi. O`quv materialini parallel usulda o`tish birmuncha yuksaklikka olib keladi. U harakat faoliyatlarini shakllantirish imkonini beruvchi manbalarni uzoq qo`llash orqali o`rgatishning samaradorlik xususiyatini oshiradi. Bulardan tashqari, bunaqa rejalashtirish darslarni xilma-xil tashkil etish imkonini berib, qiziqarli qiladi. Ammo bu holat sinchkovlik bilan tayyorgarlik ko`rishni talab etadi.
O`quv-tarbiya ishlarining grafigi kelajak reja ishlariga kiradi. U o`qituvchiga bir vaqtning o`zida yil davomida o`rgatish jarayonini ko`rish uslubiy tamoyillarini amalga oshirish imkonini beradi.
O`qituvchi “O`quv materialining mazmuni” grafigiga dastur mashqlarini jismoniy sifatlarini kiritadi. Bu grafaga hamma mashqlarni yozish kerak.
“Nazariy ma`lumotlar” grafasiga faqat umumiy savollar emas, balki o`quv ko`nikma va malakalarni shakllantirish uchun, o`quvchi nazariy bilimlarini boyitadigan, aqlni charxlaydigan savollar kiritiladi.
Mustaqil mashg`ulotlar metodikasi va texnika haqidagi axborotlarni o`qituvchilar hamma asosiy, tayyorlov va yordamchi mashqlarni o`rganishda muntazam ravishda o`rganib oladilar.
Tarbiya vazifalari ayrim mashqlar guruhi ham, ulardan har birini rejalashtirishga ham aloqador bo`ladi. Misol uchun, yengil atletikadan olingan mashqlar mashg`ulotlarga ijobiy munosabatni uyg`otadi. Keyingi grafalar esa yillik soatlar, chorak soatlari hamda darslarning tartib sonlarini ko`rsatadi. Ma`lumki, o`quv rejasiga asosan har bir sinfda 68 soatdan dars o`tishi kerak. Rejalashtirishda dars asosiga yangiliklar, mazmunli mashqlar, innovatsion usullar va harakatlarni barcha choralariga singdirishi zarur.
Bu maqsadlarni bajarib bo`lgandan so`ng o`quv materiallarini darslarga taqsimlash boshlanadi.
Programmaning umumiy materiallarini chorak soatlari asosida chorakma-chorak vertikaliga taqsimlab chiqiladi. Shunda bir soatli darsga nechta vazifa olinganligi va har bir vazifani qanday hal etish zarurligi aniq ko`zga tashlanadi. Vertikaliga olingan vazifalarning gorizantaliga qaralsa, har bir vazifaning necha marta takrorlanayotganligini ko`rish mumkin.
Vazifalarni (materiallarni) darslarga taqsimlashda didaktik printsiplarga rioya qilishi zarur. Buning uchun pedagogikaga murojaat etishga to`g`ri keladi.
“O`qituvchi faoliyatining muhim bosqichi- bu didaktik jarayon (yoki o`quv-bilish tuzilmasi)ni loyihalash hisoblanadi. Aynan shu didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi yohud u belgilangan vaqt ichida ta`lim (tarbiya) maqsadiga erishish uchun o`quv elementi mazmunini o`quvchi (talaba)larga uzatish yo`llarini aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda didaktik jarayonning nazariy asoslarini yaxshi bilmasdan turib samarali pedagogik texnologiyani yaratish mumkin emas”.1
Dasturdagi umumiy materiallar bir yilga mo`ljallangan, shuning uchun alohida bir tur materialni bitta chorakda hal etish va uni tugallashni biz tavsiya etmaymiz. Bir xil vazifa bir necha darsda muntazam ravishda takrorlansa, u holda o`quvchilar faolligi yo`qoladi, oldinga qo`yilgan maqsadga erisholmaydi, eng yomon tomoni alohida bir darsning zichligi pasaydi.
Shu sababdan biz quyida misol tariqasida alohida bir chorakka mo`ljallangan darslar reja grafigini keltiramiz
1
|
Dastur bo`limlari
|
Yillik
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
Jami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
Ва ҳ.к
|
Soat
|
chorak
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
68
|
1
|
Bilim asoslari
|
|
Yil davomida Choraklar davomida
|
|
2
|
Gimnastika
|
14
|
-
|
4
|
10
|
1
|
14
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
Yengil atletika
|
20
|
10
|
-
|
-
|
10
|
20
|
|
|
|
|
Х
|
Х
|
Х
|
Х
|
Х
|
Х
|
Х
|
Х
|
Х
|
Х
|
|
|
|
|
4
|
Sport o`yinlari
|
12
|
4
|
6
|
-
|
2
|
12
|
|
|
Х
|
Х
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Х
|
Х
|
|
|
5
|
Haraktli o`yinlar
|
10
|
4
|
2
|
4
|
-
|
10
|
Х
|
Х
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Х
|
Х
|
6
|
Kurash
|
12
|
-
|
2
|
6
|
4
|
12
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami
|
68
|
18
|
14
|
20
|
16
|
68
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Eslatma: a) kurash darslarida, qiz bolalarga gimnastika materiallari olinadi.
b) yillik soatlarni taqsimlashdan oldin yil kalendar asosida choraklardagi ish haftasi aniqlanib olinadi, chiqqan hafta ikkiga ko`paytiriladi, natijada chorak soati chiqadi.
Har bir sinfda haftasiga ikkita dars o`tiladi.
s) yillik soatlarni choraklarga taqsimlashda albatta, maktabning shart-sharoitlarini o`quvchilarning jismoniy tayyorgarligini, mavsum, iqlim va boshqa ob`ektiv hamda sub`ektiv omillarni hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |