Tezlik. Kichik yoshdagilarda o‘rta yoshdagilarga nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘ladi. O‘il bolalarda 8-10
yoshdan boshlab yaxshi rivojlana boshlaydi. 10 yoshga borganda bu sifatning zaxirasi anchagina yuqori bo‘ladi. Shu
yillar mobaynida tezlik-ni o‘rtacha ortishining meoyori boshqa yoshdagilarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Qizlarda bu
qobiliyat bolalarnikiga nisbatan ozroqdir. Tezlikni rivojlanishi uchun ularga anchagina jismo-niy mashqlar berish
kerakki, ularning bosh miya po‘stloq qismida tezlik markazlari paydo bo‘lsin. Tezlikni rivojlan-tirish uchun quyidagi
mashqlar tavsiya qilinadi. 7-8 yoshdagi-larga ko‘rish, ovoz signallariga o‘z vaqtidayoq keskin javob beradigan, o‘z
o‘rnini tez topib oladigan xarakatli o‘yinlar, erkin yugurish va xokazolar.
Qaysiki o‘sha o‘yinlarni o‘ynashda tezkorlikka yo‘nalti-rilgan vazifalar qo‘yiladi. 3-4 sinflarda esa 20-40m.
Maso-fani tez vaqt ichida bosib o‘tish kerak bo‘lgan o‘yinlar tanlanadi.
O‘smirlarda tezlik kichik yoshdagilarga nisbatan yaxshi rivojlanadi, qizlarda esa uni teskarisi, 12 yoshdan
boshlab bolalarga nisbatan rivojlanishning qiya chizii pastga tomon ketadi. Sababi ularda organizm yo bosish
jarayoniga beriladi, egiluvchanlik va moslanuvchanlik nisbatan susayadi. Nerv jara-yonlarining kuchi, taosirchanligi
ortib ketadi. 14 yoshga kelib tezlikning rivojlanishi aytarli susayadi. Bular uchun tez bajariladigan jismoniy mashqlar
tanlab olinadi. Tanlangan mashqlar o‘ta yuqori tezlik bilan bajariladigan mashqlar bo‘lishi shart. Lekin tezlik uchun
mashqlarni xar doim bir maromda, ko‘p marotabalab, takrorlayverish ular organizmida shu tezlik uchun shartli refleks
xosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Unda tezlik rivojlanishi keskin susayadi.
Xozirgi kunda o‘yinchilar soniga qarab yakkama-yakka jamoa bo‘lib, ko‘pchilik (omma bilan) o‘ynaydigan
o‘yinlar mavjud. Bu esa pedagogika va xayotda xarakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari sifatida tarbiyaviy vosita bo‘lib
xizmat qilib kelmoqda.
Xarkatli o‘yinlar jismoniy tarbiya vositasi sifatida jamoali, jamoaga uyushmay, o‘zining maolum sport
maydoniga, standart qoidasiga ega bo‘lmagan, qiyin jismoniy mashqlarning ayrim elementlarini o‘z ichiga olgan
xarakatlar tarzidaUlar asta-sekinlik bilan qiyinlashtirilib bir shaklga kirgizilib, sport o‘yinlariga aylandi. Demak, sport
o‘yini xam xarakatli o‘yindir.
Sport o‘yinlari jismoniy tarbiya vositasi sifatida o‘zining katoiy o‘yin qoidalari va talablariga, sport maydoni
jixozlariga ega. O‘yin paytida vazifalarni bir individ xal qilmay, jamoa xal qiladi. Bu o‘yinlar bo‘yicha muntazam
musobaqalar uyushtiriladi. O‘yinchilarga daraja (razryad) va unvonlar beriladi. Sport o‘yinlari muntazam o‘sishda va
rivojlanishda (texnikasi va taktikasini rivojlanishi uning samaradorligini kuchaytiradi). Jamoa bo‘lib o‘ynaydigan
xarakatli o‘yinlar uch turga bo‘linadi: a) o‘yinchilarni jamoa-larga ajratmay o‘ynaydigan o‘yinlar; b) jamoali o‘yinga
aylanib ketadigan o‘yinlar; v) jamoalarga bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar (barcha sport o‘yinlari kiradi):
Keyinchalik esa o‘yin o‘yinchilarning o‘zaro faoliyati shakliga ko‘ra (komandali o‘ynaladigan o‘yinlar)
quyidagilarga bo‘linadi:
a) o‘yin paytida raqib komanda o‘yinchilari tanasi, uning qismlari bir-biriga tegmay o‘ynaladigan o‘yinlar -
voleybol, gorodki, badminton, stol tennisi, shaxmat-shashka va x.k.
b) raqib o‘yinchilari bir-biriga tegishi bilan o‘ynala-digan o‘yinlar: futbol, basketbol, regbi, xokkey, maysa
ustidagi rus laptasi va boshqalar.
Tarixan mavjud jismoniy tarbiya tizimlari o‘yinning shu tomonlarni xisobga olib, jamiyat aozolari xar
tomonlama jismonan garmonik tarbiyalashning asosiy omillaridan biri deb tan olganlar va tarbiya jarayonida undan
foydalanganlar.
5. Jismoniy tarbiya amaliyotida aqliy, jismoniy, emotsio-nal, sensor charchoqlarni farqlashimizga to‘ri
kelmoqda.
Chidamlilik vositalar va vositalarsiz o‘lchanadi. Chidam-lilikni vositali o‘lchash uchun maolum tezlik bilan
yugurish tavsiya qilinadi, xamda o‘sha intensivlikni bo‘shashtirmay ushlay olish vaqti (tezlikni susayishi
boshlangunga qadar) xisoblanadi. Shuning uchun to‘ridan-to‘ri chidamlilikni o‘lchash juda noqulay. Ko‘proq vositasiz
ulchashdan foydalaniladi. Sport amaliyotida, uzoq masofaga (10.000 m; 20.000 m) yugurish uchun sarflangan vaqtiga
qarab chidamlilikga baxo beriladi.
Kishining xarakat faoliyati turlichadir. Charchoqning xarakteri va mexanizmiga qarab maxsus va umumiy
chidamlilik farqlanadi. Tanlab olingan (ixtisoslik) sport turi yoki mexnat faoliyati uchun talab qilinadigan
Do'stlaringiz bilan baham: |