Jismoniy tarbiya 5- sinf Jismoniy tarbiya 5- sinf Mavzu.Futbol musobaqası qoydalari. Ó.S. Usmonxójayev S.G.Arzumanov. Futbol tarixi - Futbol tarixi
- Uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Futbolga o‘xshab ketadigan o‘yinlar eramizdanavvalgi qadimgi Antik dunyodavlatlarida mavjud bo‘lgan edi. O‘yin nomiinglizcha „foot“—„oyoq“ va „bol“—„to‘p“ so‘zidan kelib chiqqan. Hozirgi futbol va unga tegishli qonun-qoidalar keyingi 100 yil ichida o‘zgarishsiz qolib kelmoqda. Futbol yer yuzida eng sevimli va ommabop o‘yin turlaridan hisoblanadi. O‘yindagi soddalik va qulayliklar, o‘yinchilar mahorati shu paytgacha barcha ishqibozlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Xo‘sh, bu sport turining o‘quvchilar salomatligiga va rivojlanishiga ta’siri bormi? Ma’lum bo‘lishicha, ta’siri juda katta. Agar futbol bilan doimiy shug‘ullanilsa, kishida tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, mo‘ljal olish sifatlari yaxshi rivojlanar ekan.
Futbol musobaqası qoydalari. - Futbol musobaqası qoydalari.
- O‘yin oldidan darvozalarni tanlash va to‘pni o‘yinga kiritishyuzasidan qur’atashlanadi. To‘p maydon markaziga qo‘yiladi va hakamning ishorasi bilan u o‘yinga kiritiladi. To‘pni dastlab o‘yinga kiritish paytida, ikkala jamoa o‘yinchilari o‘z maydonlaridaturadilar.Golkiritilgach, uni o‘tkazib yuborgan jamoa o‘yinni markazdan boshlaydi.Tanaffusdan keyin jamoalar o‘rin almashadilar.
„ Bahsli“ to‘p. Bundahakam qoidalarda ko‘zdatutilmagansababga ko‘ra o‘yinnito‘xtatadi. To‘pnio‘yinga kiritishuchun to‘p havolatib ikki o‘yinchi orasiga tashlanadi. - „ Bahsli“ to‘p. Bundahakam qoidalarda ko‘zdatutilmagansababga ko‘ra o‘yinnito‘xtatadi. To‘pnio‘yinga kiritishuchun to‘p havolatib ikki o‘yinchi orasiga tashlanadi.
O‘yindan tashqari holat. Bunda raqib jamoasining hujumchisi to‘pdan avval darvoza oldida paydo bo‘ladi. Buning uchun jarima sifatida erkin to‘p tepish belgilanadi. - O‘yindan tashqari holat. Bunda raqib jamoasining hujumchisi to‘pdan avval darvoza oldida paydo bo‘ladi. Buning uchun jarima sifatida erkin to‘p tepish belgilanadi.
Jarima yoki erkin to‘p tepish. - Jarima yoki erkin to‘p tepish.
- Agar o‘yinchi raqibni tepsa, yiqitsa, chalsa, unga sakrasa, turtsa, qo‘li bilan uning futbolkasidan tortsa, orqadan itarsa yoki to‘pni qo‘l bilan o‘ynasa, jarima to‘pi belgilanadi. Agar o‘yinchibunday holatni o‘z jarima maydonida sodir etsa, 11 metrli jarima to‘pi belgilanadi.
11 metrli to‘p. - 11 metrli to‘p.
- Bu to‘p 11 metrdan tepiladi. Darvozabon va to‘ptepuvchidan tashqari barcha o‘yinchilar chetda (16,5 metrli chiziqdan tashqarida) turadilar. To‘p tepilmaguncha darvozabon o‘rnidan jilmaydi. Zarba berayotgan o‘yinchi to‘pni faqat darvozaga qarata tepadi va to‘p darvozabon, darvoza ustuni yoki to‘sinidan qaytmaguncha unga tegmaydi.
To‘ptashlash. - To‘ptashlash.
- Agar to‘p maydondan chetga chiqib ketsa, o‘yinchi uni yon chiziqdan o‘yinga kiritadi, bunda u to‘pni ikki qo‘llab boshidan oshirib tashlaydi. To‘p tashlagan o‘yinchi unga qayta tegmaydi.
Burchak to‘pi tepish. Agar himoyalanayotgan jamoa o‘yinchisi to‘pni darvoza tomondan maydon tashqarisiga chiqarib yuborsa, burchak to‘pi belgilanadi. Bunda jamoa o‘yinchilari kamida 9 metr narida turadilar. Burchakdan urilgan gol hisobga olinadi. - Burchak to‘pi tepish. Agar himoyalanayotgan jamoa o‘yinchisi to‘pni darvoza tomondan maydon tashqarisiga chiqarib yuborsa, burchak to‘pi belgilanadi. Bunda jamoa o‘yinchilari kamida 9 metr narida turadilar. Burchakdan urilgan gol hisobga olinadi.
To‘pni darvoza oldidan o‘yinga kiritish. - To‘pni darvoza oldidan o‘yinga kiritish.
- Agar to‘phujum qilayotgan jamoa o‘yinchisidan tashqariga chiqibketsa,to‘p darvoza oldidan o‘yinga kiritiladi. O‘yinchilar jarima maydonchasidan tashqarida turadilar.
To‘pga oyoq qo‘yish. Agar raqibdan noto‘g‘ri va qo‘pol ravishda to‘pni olishga intilsa-yu, raqib o‘yinchisi himoyachining oyog‘iga qoqilib yiqilib tushsa, erkin to‘p belgilanadi. So‘kingan, haqorat qilgan, raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatgan o‘yinchilar jazolanadi yoki maydondan chetlatiladi. - To‘pga oyoq qo‘yish. Agar raqibdan noto‘g‘ri va qo‘pol ravishda to‘pni olishga intilsa-yu, raqib o‘yinchisi himoyachining oyog‘iga qoqilib yiqilib tushsa, erkin to‘p belgilanadi. So‘kingan, haqorat qilgan, raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatgan o‘yinchilar jazolanadi yoki maydondan chetlatiladi.
Uy vazifa - Uy vazifa
- 1. „Futbol“ so‘zi qayerdan kelib chiqqani haqida so‘zlab bering.
- 2. Nima uchun 11 metrli jarima to‘pi belgilanadi?
- 3. Qanday hollarda o‘yinchi ogohlantirish oladi yoki maydondan chetlatiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |