Soliq stavkasini qo’llashningo’ziga xos xususiyatlari. Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo’lgan, yashash uchun mo’ljallanmagan joylar egallagan yer uchastkalari uchun yer solig’i jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lash uchun belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi hamda ularga yuqorida belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi. Ammo jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) uchun foydalangan taqdirda, yer solig’i jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi.
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi.Yer solig’ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organlari yer solig’ini to’lovchilar bo’lgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi. Imtiyozlarni olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi. Yer solig’i summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan to’lov xabarnomasi jismoniy shaxslarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi. Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o’zgarganda va imtiyozlarga bo’lgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat soliq xizmati organlari mazkur o’zgarishlardan keyin bir oy ichida yer solig’ini qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq to’lovchiga yer solig’i summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan yangi yoki qo’shimcha to’lov xabarnomasini taqdim etishlari kerak.
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. Yer solig’ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organlari yer solig’ini to’lovchilar bo’lgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi. Imtiyozlarni olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi. Yer solig’i summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan to’lov xabarnomasi jismoniy shaxslarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi. Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o’zgarganda va imtiyozlarga bo’lgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat soliq xizmati organlari mazkur o’zgarishlardan keyin bir oy ichida yer solig’ini qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq to’lovchiga yer solig’i summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan yangi yoki qo’shimcha to’lov xabarnomasini taqdim etishlari kerak.