Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq



Download 248.67 Kb.
bet4/4
Sana11.01.2017
Hajmi248.67 Kb.
1   2   3   4

Ushbu imtiyozni qo‘llash bo‘yicha misollar.

Misol. Soliq kodeksi 59-moddasining 2-bandiga muvofiq imtiyozga ega bo‘lgan (masalan, vaqtincha Afg‘oniston Respublikasida bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida xizmat o‘tagan harbiy xizmatchi) korxona xodimiga fevral oyi uchun 130000 so‘m ish haqi hisoblab yozilgan.

Uning yanvar-fevral oylari uchun jami daromadi 260000 so‘mni (130000 + 130000) tashkil etadi.

Imtiyoz huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning jami daromadidan, Soliq kodeksi 59-moddasining 2-bandiga muvofiq, har oyda eng kam ish haqi miqdorining 4 baravariga teng daromad summasi chiqarib tashlanishini hisobga olganda, uning yanvar-fevral oylari uchun soliq solinmaydigan jami daromadi 4 x 24840 (12420 + 12420) = 99360 so‘mni tashkil etadi. Xodimning yanvar oyi uchun daromadidan 11352,5 so‘m soliq ushlangan.

Uning yanvar-fevral oylari uchun ish haqidan daromad solig‘i quyidagi tartibda ushlanadi:

1. Soliq solinadigan daromad aniqlanadi:

260000 - 99360 = 160640 so‘m.

2. Yanvar-fevral oylari uchun soliq summasi aniqlanadi:

16146 + (160640 - 124200) x 18% = 22705 so‘m (yanvar-fevral oylari uchun soliq summasi).

3. Fevral oyi uchun daromaddan ushlanadigan soliq summasi aniqlanadi:

22705 - 11352,5 = 11352,5 so‘m (fevral oyi uchun soliq summasi).

4. Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga yanvar-fevral oylari uchun ish haqidan (uning soliq solinadigan qismidan) 1% miqdorida majburiy ushlanmalar 1606 so‘mni (160640 x 1%) tashkil etadi, yanvar oyi uchun 803 so‘m ushlangan, fevral oyida 803 so‘m (1606 - 803) ushlanishi lozim.

5. Fevral oyi uchun o‘tkaziladigan daromad solig‘i summasi 10549,5 so‘mga (11352,5 - 803) teng.

Fuqaro imtiyozlarga bo‘lgan huquqni yo‘qotganligini 15 kundan kechiktirmay, undan soliq ushlab qoladigan korxona, muassasa, tashkilot, shuningdek jismoniy shaxslarni yoxud soliq organini (agar mazkur organ hisob-kitobni amalga oshirsa) malum qilishi lozim.

Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqni eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida to‘lashdan ozod etilishi bo‘yicha berilgan imtiyoz foizlar va dividendlar ko‘rinishida olingan jismoniy shaxslarning daromadiga, shuningdek mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromadlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Bunda agar foizlar va dividendlar asosiy ish joyidan hisoblab yozilsa, u holda imtiyoz asosiy ish joyida qo‘llaniladi.

Agarda foizlar va dividendlar asosiy ish joyidan hisoblab yozilsa, jismoniy shaxsning turar joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslar daromadiga soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida imtiyoz qo‘llaniladi.


Qisqacha xulosalar

Iqtisodiyotni liberallashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘ining mohiyati, soliq munosabatlaridagi ahamiyati, soliq tizimida va davlat byudjetining daromadlaridagi salmog‘ini nazariy va amaliy ma'lumotlarga tayangan holda tahlil etish va o‘rganish bugungi kun talabi hisoblanadi.

Qanchalik qiyin bo‘lmasin, aholining daromad solig‘iga tortishning yangi tizimini qat'iyan hayotga joriy etish zarur. Chunki u davlat daromadini shakllantirish nuqtai nazaridan avvalgi soliq tizimiga nisbatan ijtimoiy jihatdan ancha adolatli va yanada samaralidir.

Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga egaki, boshqa soliqlarda bu holatni sezish qiyin. Chunki bu soliq har bir soliq to‘lovchi sub'ektining hayotida muhim rol o‘ynaydi.


Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Kimlar jismoniy shaxs hisoblanadi?

  2. Jismoniy shaxslarning daromadlari tarkibini izohlang?

  3. Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lib kimlar hisoblanadi?

  4. Soliq stavkalari kim tomonidan o‘rnatiladi?

  5. Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqning amaldagi stavkalari qanday ?

  6. Rezident va norezident jismoniy shaxslar farqini tushuntiring?

  7. Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqdan imtiyozlar necha turdan iborat va ularning tarkibi qanday?

  8. Chet ellik jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning qanday xususiyatlari mavjud?

  9. Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqni hisoblash tartibi qanday?

  10. Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lash tartibi qanday va qaysi muddatlarda amalga oshiriladi?



Asosiy adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T., 1992.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi. Respublika Axborot-Maslahat markazi. -T., 2006.

  3. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni. -T., 1997 yil 29 avgust.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida. 2002 yil 14 martda 1110-son bilan ro‘yxatga olingan, “Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma.

  5. Yutkina G.F. Nalogi i nalogooblojeniya: Uchebnik. – 5-ye izd., pererab. i dop. – M.: INFRA-M, 2006. – 509 s.

  6. Aleksandrov I.M. Nalogi i nalogooblojenie: Uchebnik. – 3-ye izd., prerab. i dop. – M.: “Dashkov i K”, 2005. – 314s.

  7. Zavalishina I.A. Soliqlar: nazariya va amaliyot. -T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” nashriyot uyi, 2005. 243-288 bet.

  8. Praktikum po nalogam i nalogooblojenie: uchebnoe posobie / kol.avt.; pod red. prof. L.I. Goncharenko. – M.: KNORUS, 2006. – 208 s.

  9. Yahyoev Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. -T.: “Fan va texnologiyalar markazi”, 2003.

  10. Nalogi. Pod.red. D.G. Chernika -M:«Finansы i statistika», 2001. -444s

1 Каримов И.А. «Бизнинг бош мақсадимиз-жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислох этишдир». «СБХ» молиявий-иқтисодий газетаси 5(549)-сон 31 январ 2005 йил 5-бет

2 Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодекси. Адолат, 1996.

3 2006 йилдан бошлаб Олий Мажлис Сенатининг қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан бошланаётган йил учун ”Ўзбекистон Республикасининг асосий макроиқтисодий кўрсаткичлари прогнози ва Давлат бюджети параметрлари тўғрисида”ги Қарор қабул қилинади.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa