Hayotining birinchi yarim yilligida bolalarning me`yoriy vaznining taxminiy hisobi quyidagi formula asosida aniqlanadi: 6 oylik bolaning vazni 8200g ga teng, har bir etmaydigan oyga 800 g dan ayriladi.
Sog`lom bola 6 oyda o`rtacha 4300 g vazniga oshadi.
Hayotining ikkinchi yarim yilligida bolalarning me`yoriy vaznining taxminiy hisobi quyidagi formula asosida aniqlanadi:6 oylik bolaning vazni 8200g ga teng, keyingi har bir oyga 400 g qo`shiladi (12 oylikgacha).
Keyinchalik bolaning tana vazni o`rtacha quyidagicha o`sadi:
hayotining 2 yilida- 2,5 kg;
hayotining 3 yilida -2 kg;
3-10 yoshda –har yilda 2 kg ga;
10-15 yosh –har yilda 3-4 kg ga.
2-11 yoshli bolalarning tana vaznini aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Tana vazni (kg)=10,5 +2n n-bolaning yoshi,10,5 bu 1 yoshli bolaning o`rtacha tana vazni.
3 yoshdan katta bo`lgan bolalarning o`rtacha taxminiy vazni quyidagicha bo`ladi:
7 yoshli bolaning bo`yi 125 sm, vazn 25 kg bo`ladi
yetmaydigan har 5 smga 25 kg dan 2 kg ayiramiz
ortiqcha har 5 sm ga 25 kg ga 3 kg qo`shamiz,balog`at yoshidagi bolalar uchun 3.5 kg qo`shamiz.
Shunday qilib o`sayotgan bolaning vazni quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi:
1 yoshning oxirida bolaning vazni 3 karra oshadi
6-7 yoshda bolaning tana vazni 2 karra oshadi
11-12 yoshda bolaning tana vazni 3 karra oshadi
Antropometrik ko`rsatkichlarni baholash Antropometrik ko`rsatkichlar quyidagi metod asosida baholanadi:
-parametrik (sigmal) usul
-noparametrik (sentil usul)
-regressiv analiz usul
-IMT ni aniqlash yordamida
Parametrik usul Bu usul ko`rsatkichlarning o`rta arifmetik(M) qiymatini hisoblashda asoslangan og`ish (σ) va ularning o`rtacha kvadrat yoshi va jinsiga mos guruhlarga nisbatan baholanadi. Quyidagi baholash kategoriyalari mavjud:
I — o`rtacha (M±a).
II — o`rtadan past ( M—1a dan M—2a gacha).
III — past (M—2a dan M—Za gacha).
IV — o`rtadan yuqori (M+1a dan M+2a gacha).
V — yuqori darajada (M+2a dan M+3 a gacha).
VI — juda yuqori /past ko`rsatkichlar (3a dan yuqori/ past). Vrach xulosasi belgilar rivojlanish ko`rsatkichlaridan tashqari uning garmonik o`sishi, sigmal og`ishlar 1 a dan ko`p bo`lmasligini ham e`tiborga olish kerak. Parametrik usuldan bolaning o`sishda buzilishlar aniqlanganda foydali hisoblanadi.