Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


SPORT SOHASIDA MARKETING TUSHUNCHASI



Download 1,17 Mb.
bet79/91
Sana11.05.2022
Hajmi1,17 Mb.
#601996
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

SPORT SOHASIDA MARKETING TUSHUNCHASI

«Mavjud bulgan adabiyotlarni tahlil qilish natijasida aytish mumkinki, - deydi M.E.Kutepov, - sport sohasida ilmiy jihatdan asoslangan maxsus tizim yo’q, amalda faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassis xodimlar marketingning umumiy yo’nalishi va usullaridan foydalanayotgan ko’rinadi». Bunga O’zbekiston sharoitidan kelib chiqqan holda qaralsa, marketingni hali to’la shakllanmaganligini bilish mumkin.


Sport marketinga bu:

  • iqtisodiy marketing usullarini sport tashkilotlarida qo’llanilishi;

  • sport klublarini firmadagidek (bir sohada) boshqarish.

Lekin shuni yodda tutish lozimki, sport tijorat maqsadiga qaratilmaydi, balki havaskorlik, g’oyaviylik demakdir.
Sport marketinga, uning rivojlanish koniepsiyasi uchun klublar, komandalar, yoki sportchilar, sport musobaqalari va boshkalar asos buladi. Bozorda fakat reklamalar yoki biron sport buyumlarini sotish uchun qilingan harakatlar sport marketingini bildira olmaydi.


16.2. Marketingning asosiy tamoyillari va vazifalari. Marketing turlari

Sport marketinga faoliyatida asosan quyidagi tamoyillar va vazifalar(funksiyalar) amalga oshiriladi:



  1. Amaliy natijalarning so’ngga yutug’iga qaratilishi;

  2. Uzoq muddat davomida natijalarga erishishga qaratish;

  3. Bozor muvozanatlari talablariga strategik va tak­tik jihatdan moslashishda o’zaro hamkorlik va aloqadorlikni oshirish.

Marketingning an’anaviy funksiyalari (vazifalari):

  1. Atrof-muxit va bozor tadqiqotining taxlili.

  2. Talabgorlarni (xaridorlar) tahlil qilish.

Mahsulotlarni rejalashtirish.

  1. Bor mahsulotlarni tahlillash.

  1. Harakatlarni (mollarni o’tkazish-sotish) yuritishni rejalash.

  1. Narx-navoni (baxr) rejalashtirish.

  2. Ijtimoiy mas’uliyat, uni boshqarishni ta’minlash va hokazolar.

Qayd etilgan maqsadlar va vazifalarni O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlari. Tijorat va tadbirkordlik sohasidagi faoliyatiga qiyoslash, ularni muhit-sharoitga qarab tahlil qilish hamda qo’llash yo’llarini o’rganish zarur bo’ladi. SHular asosida futbol, kurash, tennis, sharqona yakka qarashlar hamla boshqa sport turlari bo’yicha sport yutublari, komandalarda marketing faoliyatlarini щakllantirish zarur bo’ladi. Bunda albatta, teleradio, matbuot va sport inshootla-rida reklama usullaridan keng foydalanishga to’g’ri keladi.
CHet mamlakatlarda faoliyat ko’rsatayotgan sport marketingida sport mollari (buyumlar) - tovarlar, xizmat qilish, tashkilotlar, shaxslar, hududlar (territoriya) va g’oyalar kabi turlarga bo’linadi. Ma’lumki, ularning negizida ishlab chiqarilgan sport jihozlari, buyumlari, asbob-uskunalar hamda ularni bozor talablari asosida o’tkazish (sotish) tushunchalari yotadi. Shuningdek, ishlab chiqarish, o’tkazish va ular bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar ham e’tiborda bo’ladi.
Sport marketinga faoliyatini yuritishda aloqador-xaridor tashkilotlar, jamiyatlar, shaxslar bilan ishlash, ayniqsa, sport mollariga ehtiyoj sezgan hududlar bilan ishlash avvaldan qo’yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda qo’l keladi.
Shuni ham e’tirof etish kerakki, sport mollarini ishlab chiqarish industriyasi eng muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1989 yilda Yaponiyada ish­lab chiqarilgan tovarlar bozorda 1596 mlrd. ien bilan baholangan. Ularning taxmin qilishicha (prognoz), 2000 yilda bu rakam 3970 mlrd. ienni tashkil qilishi lozim edi.
Sportchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari sport marketingining muhim tarmog’i sifatida mavjuddir. Turli xil yirik sport musobaqalarini tashkil qilishda avvalo qatnashchilar uchun oziq-ovqat, turli-tuman ichimliklar sonini ko’paytirish marketing faoliya-tining asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu o’rinda Germaniya misolida ba’zi bir dalillarni keltirish maqsadga muvofiqadir. Mamlakatda 34 million kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullangani holda, ularning 4,4 millioni bevosita sportchilarni tashkil etadi, qolganlari esa sog’lomlashtirish tadbirlarida bevosita ishti­rok etadi. Aniq bozorning sportchilar ozuqasida 4,6 mil­lion sportchi ishtirok etadi. Ularning taxminicha, bozor narxi 1990-1995 yilda 20 foizni, sportchilar ichimligi-ning hajmi 40 foizni, ya’ni ular 1995 yilda 120 milli­on markani tashkil etgan ekan.
Sportda tijorat va tijorgt bo’lmagan marketing mavjud. Buni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.
Sport sohasida tijorat va tijorat bo’lmagai marketingning asosiy farklaridan xususiyatlari



Tijorat yo’li bilan

Tijoratsiz yo’l bilan

- sport buyumlari, rejaladi xizmat, shaxslar, xududlar va g’oyalar bilan aloqadorlik.

  • sport buyumlarining hajmi xizmat, daromadlar.

  • talabgorlik mablag’i (sport buyumlarini xarid qilish, abonementlar, musobaqalarda chipta va hokazolar).

  • aholi ehtiyoji asosida daromadlar olish (buyumlar musobaqasi).

- sport ishqibozlari mavjudligi.

  • davlat va jamoat sport tashkilotlari, hududlari goyalar hamda bepul xizmat qilish orqali.

  • moliyaviy harajat belgi-lanmagan (aholinin salomatligini ko’tarish va hokazolar).

  • dotasiyalar (davlat, homiylar va xokazolar).

  • iqtisodiy jihatdan foy dasiz faoliyatlar (yoshlar, nogironlar va hokazolar).

sport ishqibozlari va homiylar mavjudligi.




Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish