Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


UYUSHGAN JISMONII TARBIYA JAMOASI



Download 1,17 Mb.
bet31/91
Sana11.05.2022
Hajmi1,17 Mb.
#601996
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

UYUSHGAN JISMONII TARBIYA JAMOASI

Uncha katta bo’lmagan korxona, muassasalarning xizmatchilari, ishchilari o’rtasida ommaviy tarbiyaviy iiiarni tashkil etish uchun jismonii tarbiya jamoasini tuzish mumkin bo’lmasa, soha va tarmoq tartibi bo’yicha birlashgan jamoalar tashkil etiladi.


Birlashgan jamoalarni tuzish to’g’risida tegishli kengashlar yoki kasaba uyushmalari qo’mitalarining sport ja­miyati kengashi rayosatining qarori bo’lishi lozim.


KORXONALARNING SPORT KLUBI
Jismoniy tarbiya jamoasini tashkil etishning yuqori va takomillashgan shakli sport klubidir. Respublika kasaba uyushmalari federasiyasining 1991 yil qaroriga asosan, korxona sport klubi ommaviy-sog’lomlashtirish va sport ishlari bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga erishgan jis­moniy tarbiya jamoalaridagina tashkil etiladi.
Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda va respublika hukumatining qarorlariga binoan o’zini-uzi boshqarish va moliyaviy ta’minlash bo’yicha yirik ishlab chiqarish korxonalari, sport inshootlari, aholi istiqomat joylarida mustaqil sport klublar tashkil etilmoqda. Ularning o’z sharoitlari asosida Nizom va ustavlari mavjud. Shu asosida ular o’z faoliyatlarini a’zolik badallari, pullik xizmatlar, tijorat, homiylik kabi omillar hisobiga yuritadilar. Bularga misol tariqasida Toshkent traktor zavodi (TTZ), Navoiyazot, «Navbahor», «Paxtakor» kabi sport va futbol klublarini ko’rsatish mumkin. Bunday ish usullari va ilg’or tajribalar viloyatlarning markazlarida tennis, boks, shaxmat, ot sporti, sharqona yakka kurashlar va boshqa sport turlari bo’yicha tashkil etilmoqda.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTAB O’QUVCHILARINING «YOSHLIK» SPORT UYUSHMASI
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi 271-sonli qarorini amalga oshirishda Xalq ta’limi vazirligi yangi qadam qo’ydi. Mustaqillik yillarigacha «Yosh kuch» va keyingi yillarda «Mehnat rezervlari» nomi bilan yuritilgan o’quvchi-yoshlarning sport jamiyati o’rniga «Yoshlik» sport uyushmasi tashkil etildi. Uning viloyatlar, shahar-tumanlarda quyi tarmog’i mav­jud. Uyushmaning asosiy maqsadi maktab o’quvchilari va kasb-hunar kollejlari hamda boshqa o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’quvchi-yoshlarini ommaviy sport tadbirlariga jalb etish, iqtidorli yoshlarning sport mahoratlarini oshirishga qaratilgan. Bu yo’lda «Umid nihollari» va «Barkamol avlod» uyinlari sport musobaqalarini tashkil qilish bilan asosiy faoliyat ko’rsatadi. Uyushmaning Nizomi va ustavi mavjud. Maktab o’quvchilarining «Umid nihollari» respublika musobaqalari muvaffaqiyatli o’tkazilib kelinmoqda. Uning Nizomi asosida musobaqllar to’rt bosqichga (jamoa, tuman-shahar, viloyat va respublika miqyosida) o’tkaziladi. 2002 yilda navbatdagi final musobaqalar Farg’onada o’tkazildi. Bunday musobaqalar uzluksiz ta’limning bir tarmog’i sifatida o’quvchilar, ja­moalar va yuqori muassasalarning ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlarining yo’lga qo’yilishi va eng muhimi «Sog’lom avlod dasturi»ning hayotga singdirilishi borasidagi ko’rik-sinov hisoblanadi. Shuningdek «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarini bajarishga zamin tayyorlaydi. Mamlakatda o’rta maxsus o’quv yurtlarini yagona tizim, ya’ni kasb-hunar kollejlariga aylantirilishi jismoniy tarbiya va sport harakatida yangi bir bosqichni yaratdi, ya’ni «Barkamol avlod o’yinlari» sport musobaqalarini yagona tizim va talablar darajasida o’tkazishni taqozo etdi. Bunday yirik sport tadbiri 2001 yil 30 apreldan 5 maygacha Jizzax shaxrida zo’r tantana bilan o’tkazildi. Bunday tadbirlar ham to’rt bosqich-da o’tkazilishi ko’zda tutilganligi, o’quv yurtlari, tuman-shahar va viloyatlar miqyosida yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga egadir.
«Umid nihollari» va «Barkamol avlod o’yinlari» sport musobaqalarini tashkil etishda Xalq ta’limi vazirligi va Davlat sport qo’mitasi, sport uyushmalari o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatmoqdalar.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish