Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


XII. BOSHQARINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK YO’NALISHLARI



Download 1,17 Mb.
bet71/91
Sana11.05.2022
Hajmi1,17 Mb.
#601996
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

XII. BOSHQARINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK YO’NALISHLARI

Inson ruhiyati uning ijtimoiy turmush va ta’lim-tarbiya jarayonida asosiy omildir. Shu sababdan o’qitish. tarbiya berish, yoshlarning ma’naviy va jismoniy kamolotini tarbiyalab etishtirish, ularni kasb-hunarga yo’llashda ijtimoiy-psixologik va pedagogik jarayonlarga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Bu jihatlar jis­moniy tarbiya va sport harakatini boshqarish, ayniqsa, iqtidorli yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar mahoratini oshirish, ularni sport musobaqalariga ruhiy jihatdan tayyorgarliklarini ta’minlash eng muhim peda­gogik jarayon hisoblanadi.


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil martdagi «Respublika Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish to’g’risida»gi qarori mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklashni takomillashtirish masalalarini e’tiborga olib qabul qilindi. Bu esa aholini, aynisa, o’quvchi-yoshlarni milliy madaniyatimizni rivojlantirish, ulkan adiblar asarlari va madaniy meroslarini qunt bilan mutolaa qilishga da’vat etadi. Buning uchun barcha jamoalardagi kabi jismoniy tarbiya harakatida ham ta’lim-tarbiya va madaniy ishlarni yaxshilashni taqozo qiladi.
Ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda xalq pedagogikasinn takomillashtnrishda etuk mutafakkir olimlarning hissalari kattadir. Ilmiy-pedagogik meroslarimizni ta’lim tizimiga kiritish va ulardan keng’ foydalanish fikrlarini olg’a surdilar.
Jahon xalklari tarixi va pedagogikasida o’chmas iz qoldirgan buyuk allomalar Abu Ali ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Naqshbandiy, Alisher Navoiy va boshqa sharq olimlarining ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-pedago­gik meroslari o’quvchi-yoshlar va mehnatkashlar orasida targ’ib qilinmoqda.
Sport jamoalarining faoliyatini ijtimoiy-ruhiy jihatdan o’rganish va ilg’or tajribalarni ommalashtirishda etuk yirik olimlarimiz o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
Sport tashkilotlari faoliyatini boshqarish va ommaviy sog’lomlashtirish musobaqalarini tashkil etishda raxbar xodimlar, mas’ul tashkilotchilar hakamlar, xizmatchilar, vakillar va hokazolar, jamoalar umumiy qoidalarga itoat etish, o’zaro yaxshi munosabatda bo’lish, sport musobaqalari qoidalariga to’la rioya qilish, etik-estetik me’yorlarni bilish kabi talablarni bajaradilar.
Sport jamoalari faoliyatida, asosan, quyidagi ijtimoiy-ruhiy va pedagogik jarayonlar muntazam ravishda mavjuddir:

  1. Jamoa rahbari sport qo’mita yoki sport jamiyati voqelikni kuzatadi.

  2. Murabbiy o’yinlar va barcha mashg’ulotlarni tashkil qilish jarayonida ularni kuzatib, tahdil qiladi.

  3. Jamoa ishtirokida rahbarlar va murabbiylar barcha faoliyatlarni, shuningdek, o’yin (musobaqa) natijalarini birgalikda muhokama qiladilar.

  4. Muhokama jarayonida g’oliblar takdirlanadi va rag’batlantiriladi. Mag’lublar tegishli vazifalarni oladilar.

Bu jarayonlar ijtimoiy-psixologik va pedagogik jihatdan bir-biriga chambarchas bog’lanib ketganligi uchun maqsad bu faoliyatlarni to’g’ri uyushtirish, aniq yo’natishlar berish, kelgusi ish samaralarini ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak. Shu jihatdan ham talabalar va barcha yosh mutaxassislar sportning turlariga qarab bu faoliyat­larni chuqur o’rganishlari, amaliyot jarayonlarida qayta-qayta tajribalardan o’tkazishlari zarur, toki ular uchun mazkur faoliyatlar odat, ehtiyoj tusiga kirsin.
Jahon sporti harakati, qolaversa, respublikadagi jismoniy tarbiya harakati tajribalarida jamoa, rahbar, guruxlar o’rtasidagi o’zaro aloqalap va rasmiy munosabatlar tabiiyligi ma’lum. Ular ish faoliyatini yaxshilash, munosabatlarni mustahkamlash, yuqori samaralarga erishishga qaratilgan bo’ladi. Bu jarayoklar hayotda oson kechmaydi. Chunki har bir rahbar va ishonchining o’ziga xos fe’l-atvori, xususiyati, istagi. maqsadi, imkoniyati bo’ladi. Shu asnoda aytish kerakki, sobiq Ittifoq davrida O’zbekistonga juda ko’p iqtidorli murabbiylar, sportchilar futbol, kurashda ko’proq edi taklif etilgan. Bu masala katta shartlar evaziga hal bo’lgan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ham murabbiylar va sportchilar o’rtasida raemiy shartnomalar tuzilib, ular rahbar tashkilotlar orqali hal etilmoqda. Bu ham o’ziga xos ijtimoiy-psixologik jarayonlarni vujudga keltiradi.
Sport jamoalarida shaxs tushunchasi katta ahamiyatga molik bo’lib, murabbiy o’zi xohlagan sportchilarni tanlashi va ular bilan muloqotlar tashkil qilishi mumkin. Bu tabiiy hol. Sportchilar ham shaxs sifatida o’z istaklari va xohishlariga ega bo’lishlari, shu asosda muloqot va o’yinlarda qatnashishlari mumkin. Bu murabbiy va sportchi o’rtasidagi raqobat, muloqot va boshqa pedagogik jara­yonlarni to’g’ri yo’lga qo’yishni taqozo qiladi. SHu jixatdan sport jamoalarida faqat ixtisoslik buyichagina ishlar olib borilishi etarli bo’lmaydi. SHuning uchun ular bilan ijtimoiy-psixologik va pelagogik jihatdan ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish, g’oyaviy, siyosiy va madaniy tadbirlarni yo’lga qo’yish zarur. Bujihatdan bolalar va o’smirlar sport maktablari va o’quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari, sport klublari to’garaklarida tartibli ravishda tashkil qilish, ularni yoshlikdan tarbiyalash kerakdir.
Sport jamoalarining o’quv mashg’ulotlari va bevosita sport musobaqalari jarayonida maxsus ilmiy tadqiqotlar o’tkazish yo’lga qo’yilganiga ancha bo’ldi. Bu sohada ko’p tanikli olimlar va yosh mutaxassislar tadqiqotlar o’tkazib, ijobiy natijalarga erishgan, ularning ta’kidlashicha. sportchilar quyidagi toifalarga bo’linadi.

  1. Eng yuqori malakali sportchilar xalqaro toifadagi sport ustalari.

  2. Yuqori darajadagi sportchilar (sport ustalari).

  3. O’rta me’yorli sportchilar (1-razryadlilar).

  4. Oddiy sportchilar (2-3-razryadlilar).

  5. Sportga endigina qadam qo’yganlar.

1980 yil Moskvada bo’lib o’tgan XXII Xalqaro Olim­piya o’yinlari hamda keyingi yillarda Moskva, Lening­rad, Kiev, Toshkent va boshqa yirik shaharlarda o’gkazilgan rasmiy xalqaro sport musobaqalari hamda Uzbekiston Respublikasi xalkdari spartakiadasi, o’quvchilar va tatabalarning spartakiadalari, universiadalari paytida qator ilmiy tadqiqot ishlari o’tkazilganligining guvohimiz. Bu tadqiqot jarayonlarini tashkil qilish va be­vosita o’rganishda quyidagi xrlatlarni aniqlashga muyas-sar bo’lingan:

  1. «Eng yaxshi murabbiylarning qaysi jihatlari sizga ma’qul?» — degan savol-javoblarda yuqori darajali sport­chilar talabchanlik. odamiylik, hozirjavoblik kabi hislatlarni ko’rsatganlar.

  2. «Murabbiylarning kaysi jihatlari sizga ma’qul emas?» — degan savolga yuqori darajali sportchilar qo’pol, o’zini tutolmaydigan, mag’lubiyatda o’zini yo’qotib qo’yadigan va hokazolar deb ko’rsatganlar.

Sportga endi qadam qo’ygan yoshlardan «Murabbiylar­ning qaysi xislatlari sizga yoqadi?» — degan savolga yaxshi muomalla qilish, mashqlarni doimo o’zi ko’rsatib berishi, yaxshi o’rgatishi yoqishini ta’kidlaganlar. «Murabbiyning qaysi tomonlarini yoqtirmaysiz?» — degan savolga esa barchaga barobar muomala qilmasligi, do’q urishi, xatolarni tuzatishda dag’allik qilishi va hokazolarni ko’rsatishgan.
Yuqorida qayd etilganidek, jamoada murabbiy va o’yin-lar (mashklar) jarayonlari yaxlit ijtimoiy - psixologik va pedagogik jarayondir. Sportchilarning o’z murabbiylariga bergan baxrlari o’ta haqqoniy va to’g’riligiga hech qanday shubha bo’lishi mumkin emas, chunki haqiqatdan ham murabbiylarning ruhiy va jismoniy holatlari doimo o’zgarib turadi. Vazmin, donishmand va katta tajribali murabbiylar hamma sportchilarga yoqadi. SHu jihatdan olganda, talabalar, yosh murabbiylar, jismoniy tarbiya o’qituvchilari yaxshi rahbar, murabbiy bo’lishga intilishlari, hayotiy ish tajribalarni o’zlarida mukammal shakllantirishlari lozim.
Sport jamoatari rahbarlari, murabbiylar, jismo­niy tarbiya o’qituvchilari ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashda barcha sport mashg’ulotlari jarayoni va avvaldan mo’ljallangan vaqtlarda suhbatlar o’tkazishni yaxshi yo’lga qo’yishlari lozim. Bunda:

  • sport mashg’ulotlari va o’yinlari (musobaqalar) ijtimoiy-psixologik va pedagogik jarayonlarga aniq qaratilishi;

  • oldiga aniq vazifalar qo’yilishi;

- suhbat rejalari aniq va ehtiyojga yarasha bo’lishi;

  • suhbatning ta’sirli bo’lishi uchun vaqt va joy moe kelishi;

  • suhbat jarayonida aniq maqsadlarga erishish;

  • olingan axborotlar, ma’lumotlar dalil sifatida aniq va to’g’ri haqqoniy bo’lishi;

  • suhbatda maqsadga erishilgach, uni darhol to’xtatish, boshqa vaqtda davom zttirishga ehtiyojni uyg’otish kerak bo’ladi.

Suhbatlar ma’lum masachatar bo’yicha chegaralangan, maqsadga qaratilgan va erkin holda bo’lishi kerak. Imkoni boricha suhbatda barcha qatnashchilar o’z fikr-mulohazalarini izhor qilishlari kerak. Uning yakunida doimo bar-chadan qanoat hosil qilishi va yana davom ettirishga qiziqish uyg’otishi zarur.
Xulosa qilganda, jiemokiy tarbiya jamoalari, sport-klublari, sport jamoalari va aholi o’rtasida maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ishlar muhim ahamiyatga egadir. Rahbar xodimlar, murabbiylar, jismoniy tarbiya o’qituvchilari, jamoati xodimlar va sport ixlosmandlari jismo­niy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport musobaqalarini uyushtirish jarayonlarida e’tiborlarini ma’naviy-ma’rifiy va madaniy faoliyatlarni yaxshilashga qaratish lozim. Sportchilar va tomoshabinlar, murabbiylar va sportchilar hamda tashkilotchi hakamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar eng yuqori saviyada bo’lishiga qaratilishi lozim. Buning uchun barcha sport jamoalarida, ayniqsa, bolatar va o’smirlar sport maktablarida, sport mashg’ulotlarini tashkil qilish jarayonlarida ta’lim-tarbiya ishlari yaxshi yo’lga qo’yilishi, umum madaniyat va milliy ma’anaviyatimiz durdonalari, etuk allomalarning ilmiy-pedagogik meroslari o’quvchi-yoshlarga singdirilishi kerak. Talaba-lar bu jaraenlarni chuqur o’rganishlari va o’zlarida to’la mujassamlashtirishlari lozim.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish