Jismoniy madaniyat



Download 5,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/602
Sana13.01.2022
Hajmi5,42 Mb.
#357990
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   602
Bog'liq
2 5312198470054975767

Missiya 

E’tiqod 

Xatti-harakatlar 

Ustanovkalar 

Qadriyatlar 


71 

 

E’tiqod 

– inson behad ishonadigan g’oya va fikrlar bo’lib, ularni hatto shubha 

ostiga  olish  shaxs  uchun  noo’rindir.  Inson  tashqi  olamdagi  voqyea-hodisalarni  tahlil 

qilarkan, ko’p narsalarga o’z e’tiqodi nuqtai nazaridan qaraydi.  

Qadriyatlar

 – eng qimmatli ma’naviy boylik bo’lib, inson uni haqoratlanishi va 

tahqirlanishidan  himoya  qiladi, saqlaydi.  Odatda  qadriyatlarning  umuminsoniy,  biron 

ijtimoiy guruh qadriyatlari va shaxsiy turlari farqlanadi. Umuminsoniy qadriyatlar inson 

qayerda  yashashidan,  boyligidan,  mansabidan va  boshqa  xususiyatlaridan  qat’i nazar, 

doim  ardoqlanadigan  mazmundir,  masalan  -  tinchlik,  hayot,  ozodlik,  birdamlik, 

mas’uliyat, oriyat. 

Ijtimoiy guruh qadriyatlari bir guruh insonlar uchun qadrli va boshqa bir guruh 

tomonidan  e’tiborsiz  ma’naviy  boylik  bo’lib,  milliylik,  yoshlik  va  keksalik,  oilaviy, 

siyosiy, hududiy oriyentirlardan iborat.  

Shaxsiy  qadriyatlar  deb,  ayni  shaxsga  tegishli  qadriyatlarning  o’ziga  xos 

majmuiga  aytiladi.  Har  bir  insonning  ichki  dunyosida  sanab  o’tilgan  qadriyatlarning 

hamma  guruhi  mavjud.  Yuqorida  sanalgan  uch  guruh  qadriyatlarning  o’zaro 

uyg’unlashuvi  shaxs  va  jamiyat  o’rtasidagi  muvofiqlikni  belgilaydi.  Agar  shaxsiy 

qadriyatlar ro’yxatida umuminsoniy va guruhiy qadriyatlar yetakchi bo’lsa, insonning 

jamiyatdagi  o’rni  va  hayoti  nihoyatda  yengil  va  ravnaqlidir.  Aks  holda,  inson  ichki 

dunyosida uchraydigan turli guruh qadriyatlari o’rtasidagi nomuvofiqlik shaxsda ichki 

tug’yon va nizoni keltirib chiqaradi.  



Ustanovka

  –  bu  ibora  psixologiyada  inson  xatti-harakatining  anglanmagan 

programmasi  sifatida  tushuniladi.  Inson  doimiy  bajaradigan  xatti-harakat  dastavval 

anglanilgan  holda  amalga  oshadi  va  u  takrorlangani  sari  beixtiyor,  avtomatlashgan 

holatga o’tib boradi. Aynan shunday anglanilmagan harakat rejasi ustanovka deb ataladi. 

Xodimdagi  maqbul  harakatlar  muntazam  takrorlanishi  natijasida  unda  maqsadga 

muvofiq  faoliyat  ustanovkasi  shakllanadi.  Binobarin,  xodimning  doimiy  faoliyati  va 

xulqini  kuzatgan  holda  unda  qay  mazmundagi  ustanovkalar  ustuvor  ekanligi  haqida 

xulosa chiqarish mumkin. 

Piramida  shaklida  tasvirlangan  shaxs  tizimining  asosiy  psixologik  mazmuni 

shundan  iboratki,  inson  hayotining  mazmuni  bo’lmish  missiyasi  va  e’tiqodi,  pastki 

qatlamda  turuvchi  qadriyat  va  ustanovkalar  asosida  shakllanadi.  Qadriyat  esa,  o’z 

navbatida,  inson  qadrlovchi  oriyentir  sifatida  ustanovkalarning  rivojlanish  natijasidir. 

Qatlamlar  o’rtasidagi  bunday  bog’liqlik  inson  faoliyatiga  ma’lum  ma’no  kiritadi  va 

hatto  inson  ichki  dunyosini  bir  butun,  yaxlit  tarzda  tushunish  imkonini  beradi.  Gap 

shundaki,  komil  insonning  hayotidagi  hamma  qatlamlar  bir-biri  bilan  uyg’unlashgan 

holda  namoyon  bo’ladi.  Demak,  uning  qilayotgan  ishlari  qadriyatlariga  mos  keladi, 

e’tiqodiga va hayotidagi asosiy maqsadi bo’lmish missiyasiga qarshi chiqmaydi.  

Rahbar  o’z  xodimini  sinchkovlik  bilan  kuzatishi  orqali,  uning  shaxsidagi 

qatlamlar o’rtasida uyg’unlik yoki ziddiyatni ilg’ashi mumkin.  

Rahbarning bunday nazarga ega bo’lishini yana bir sharti  - xodim ruhiyatidagi 

qatlamlar ziddiyatiga tashkilot miqyosida shakllangan muhit ham sabab bo’ladi. Demak, 

tashkilotda shakllangan normalar nosog’lom bo’lsa, xodim nosamimiy harakatlarga yo’l 

qo’yadi va u o’z e’tiqodi va qadriyatlariga zid chiqishi mumkin.  




72 

 

Mehnat  motivatsiyasini  shakllantirish  uslublaridan  biri  xodimning  faoliyat 



maqsadini aniqlashi va baholashida shaxsan ishtirok etishidir. Bunday tadbirda xodim 

rahbar  bilan  birgalikda  maqsadga  erishish  mezonini  ishlab  chiqadilar  va  vazifa  ado 

etilgandan so’ng xodim mavjud mezondan kelib chiqqan holda o’zi o’ziga baho beradi. 

Mana shunday bahoni yig’ilib boruvchi ballar – bonusga aylantirish orqali xodimlarni 

taqdirlash tizimini ishlab chiqish mumkin. Natijada xodim o’z-o’zini taqdirlash tizimiga 

jalb etiladi va motivatsiyani yanada kuchaytirish imkoniyati tug’iladi.  

Rag’batlantirish  omili  sifatida  turli  mukofotlar,  yo’llanmalar,  pul  mablag’lari 

taklif etilishi mumkin. Xodim o’z oldiga vazifani o’zi qo’yganligi uchun uni bajarishga 

intiladi, aks holda bonusga va yutuqqa ega bo’lolmaydi.Erishilgan yutuqlarni taqdirlash 

uslubini o’zgartirib borish xodimning faoliyatini yanada takomillashtirish uchun yaxshi 

asos hisoblanadi. Bu borada xodim erishgan yutuqlarni moddiy rag’batlantirish bilan 

birga  lavozimda  o’sish  kabi  imkoniyatni  ham  qo’llash  o’rinlidir.  Surunkali  ravishda 

yaxshi  natija  ko’rsatayotgan  xodimni  lavozimda  ko’tarish  uning  ish  uslubini  doimo 

yuqori saviyada ushlab turish uchun  motivatsiya omilidir. Lavozimda o’sish ko’pgina 

yetuk korxonalar orqali asosiy  motivatsion omillar qatorida qo’llaniladi. Bunga misol 

tariqasida chet el ilg’or kompaniyalarida qo’llanuvchi tajribalar haqida qisqacha gapirib 

o’tish mumkin. Masalan, Germaniyadagi ba’zi kompaniyalarda mutaxassis va rahbarlar 

lavozimda o’sishlari istiqboli haqida batafsil ma’lumotga egalar. Odatda korxonadagi 

har  bir  ish  joyi  mehnat  sharoitlariga  oid  Jeneva  sxemasi  asosida  baholab  chiqilgan 

hamda ish joylariga oid maoshlar matrisasi yaratilgan. Bu matrisada bir xil imkoniyatli 

va  maoshga  ega  bo’lgan  kasblar  gorizontal tarzda,  yoki  baland maoshli  va mavqyeli 

joylar  esa  vertikal  tarzda  joylashtiriladi.  Xodim  o’z imkoniyat  va  qobiliyatidan  kelib 

chiqqan holda xizmat pog’onasida o’sishning turli variantlari bilan tanishishi va tanlashi 

imkoniyatiga ega.  




Download 5,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish