shunday yo‘nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo‘lgan bilimlardan tashqari shu
bilimlarning hosil bo‘lish yo‘llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi
Psixologiya fanida ushbu fikr shaxs strukturasi degan ibora orqali o’z mazmunini
topgan. Hozirga kelib psixologiya fanida shaxs strukturasini ifodalovchi turlicha
ta’riflar mavjud bo’lib, ularning qiyosiy tavsifini keltirishga hojat yo’q deb, o’ylaymiz.
Bu psixologiyada bilish jarayonlari va ularning mohiyatini va kechishini bilish demakdir
(6.1-rasm).
ayrimlar ko‘rgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq esga
tushira oladilar. Ba’zilar ko‘zi bilan ko‘rgan har qanday ob’ektni mayda detallarigacha
bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan narsalari xususida aniqroq fikrlaydi,
kimdir sodda, ravon tilga o‘zhis-kechinmalarini ayta olsa, boshqalar - har bir hikoyaga
108
albatta, fantaziya elementlarini qo‘shishga moyil bo‘ladilar. Demak, odamlarning tashqi
olamdan oladigan taassurotlari va ularni ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil
bo‘larkan. Ikkinchi tomondan, shunday kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu
sifatlarning mukammalashib borishiga imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik
boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator o‘zdiqqatini har qanday mayda
o‘zgarishlarga ham qaratishga o‘rgansa, konstruktor mavhum matematik hisob -
kitoblarga usta bo‘lib boradi. Iqtisodchi - moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda
olishga o‘rgansa, shoir tabiatan barcha hodisa va voqealarni badiiy bo‘yoqlarda, o‘ziga
xos idrok qilishga moyilligi oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va
xususiyatlarini ongida aks ettirishi uning iqtidori o‘sishi va professional malakalari
rivojlanganligiga bog‘liq tarzda kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish
shakllari bo‘lmish bilish jarayonlari - idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va
hissiyotlarning inson hayoti va professional o‘sishidagi roliga to‘xtab o‘tamiz.
Boshqaruvga doir layoqatni o‘rganishning yana bir metodi tartibga keltirish
(ranjirovka qilish) deyiladi. Har xil vaziyatlarda ko‘zatilgan shaxslar kasbiy layoqati
darajasiga qarab muayyan tartibga solish, jixozlash mumkin. Birinchi rang darajasiga
kiritish uchun kasb sub’ekti kasbiy mahoratning maksimal ko’rsatkichini namoyish
qilishi lozim. Kamroq muvaffaqiyatga erishsa, u navbatdagi rangga utkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: