Muomala madaniyati
hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib
chiquvchi, shaxslararo muloqot rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muomala
madaniyati quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
1)Kommunikativ – Bir tomonlama axborot uzatish.
Muomala o‘z ichiga
hamkorlik foliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashinuvni qamrab olgan
bo‘lib, kommunikativ jabha sifatida tavsiflanishi mumkin. SHaxslar bir-birlari bilan
muloqotga kirishishi jarayonida muomalaning muhim vositalaridan biri tilga va nutq
faoliyatiga bevosita murojaat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |