Faoliyat psixogrammasi – mehnat egasining kognitiv, emosional-irodaviy, motivatsion, individual-psixologik va boshqa kasbiy muhim bo’lgan sifatlariga qo’yiladigan talablar hamda tavsifnomalar majmui.
Gender – erkaklar va ayollar uchun xos hisoblangan jihatlarni xulq-atvordan ijtimoiy ko’tish. Gender – erkak va ayol o’rtasidagi jismoniy tafovutlarni emas, balki ijtimoiy jihatdan shakllanadigan mardlik va nazokat singari xususiyatlarni anglatadi. G. (gender) – ijtimoiy jins. Ingliz tilida ijtimoiy jins (gender) va biologik jins (sex) tushunchalari farqlanadi. G. (umumiy mazmuni) – anatomik jinsiga ko’ra erkaklar va ayollar o’rtasidagi farq. G. (sosiologik mazmuni) ko’pincha anatomik ma’noga asoslangan, ammo har doim ham unga mos kelavermaydigan ijtimoiy bo’linish.
Do'stlaringiz bilan baham: |