Jismoniy madaniyat



Download 8,05 Mb.
bet331/534
Sana25.01.2022
Hajmi8,05 Mb.
#408721
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   534
Bog'liq
2 5278312741457630177

Hayot tajribasi. Inson tajribasi va uning boshqaruv faoliyatida namoyon bo’lishi ikki asosiy masala orqali tahlil qilinadi. Birinchidan, yuqori bo’g’in rahbari uchun boshqaruv tajribasi zarur, shuningdek, ulardan hayotiy tajribaga ega bo’lish ham talab qilinadi. Ikkinchidan, o’rta bo’g’in rahbarida esa o’z sohasi bo’yicha kamida uch yillik tajriba bo’lishi lozim. Bu toifa rahbar tajribasini tahlil etar ekanmiz, asosiy e’tibor kasb sohasiga qaratiladi.

Qobiliyat. Odatda psixologiya fanida qobiliyatning umumiy va maxsus turlari ko’rsatiladi. Umumiy qobiliyatlar shaxsning har qanday faoliyatga kirishishida muvaffaqiyat uchun imkoniyat yaratsa, maxsus qobiliyat faqat ayrim yo’nalishdagi faoliyat turida muvaffaqiyatga erishish uchun asos bo’ladi. Mana shunday umumiy qobiliyat turkumiga inson aqlini, ya’ni intellektni kiritish mumkin. Rahbar intellekti qanchalik yuqori bo’lishi kerak, degan savol, albatta, bahsdan xoli emas. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, o’ta yuqori intellekt yuksak rahbarlik malakalarini amalga oshirishga xalaqit berar ekan. Shunday deyishning asoslaridan biri - qaror qabul qilishda haddan tashqari aql ishlatish bu jarayonni yanada cho’zib yuborishi mumkin. Shuning uchun boshqa bir qator tadqiqotchilar, rahbarda nazariy aqldan ko’ra, amaliy aql rivojlangan bo’lishi kerak, degan to’xtamga kelishadi. Yaponiyalik olimlarning kuzatishlaricha, maktab va universitetda yuqori baholarda o’qigan talabalar keyinchalik xizmat davomida unchalik katta lavozimlarga erisholmaganlar. Tadqiqotchi T.Kono fikricha bunga sabab, a’lochi talabalarning Yaponiya kompaniyalariga xos bo’lgan guruh tabiatni o’zlashtira ololmaganliklaridadir. Aynan tashkilotchilik xislati ko’pchilik menejerlarning lavozimda o’sishlari uchun asosiy omil bo’lgan. Intellektning muvaffaqiyatli boshqaruvga ta’sir etishida ko’pgina oraliq omillar mavjuddir. Ulardan eng asosiylari -boshqaruvga bo’lgan ishtiyoqning mavjudligi, rahbarlik sohasidagi boy tajriba, shuningdek, yuqori bo’g’in rahbarlari va xodimlar o’rtasidagi ijobiy munosabat nazarda tutiladi.

Yuqori bo’g’inga mansub rahbar o’z boshqaruv faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun anchagina yuksak aqliy ko’rsatkichga ega bo’lishi kerak. Bunday salohiyat kutilmagan vaziyatni tahlil etishda, muammoni hal qilish jarayonida bir necha vazifani parallel ravishda boshqarish zaruratidan kelib chiqadi. Masalan, tashkilotchilik, masalaga oid yechimni taklif etish, tashkilot va guruh manfaatlari haqida g’amxo’rlik va h.k.

Lavozim talablari turli bo’g’in rahbarlari uchun turlicha aqliy salohiyat zarurligini ta’kidlaydi. Yuqori bo’g’in rahbarlari aniq ifodalangan ijtimoiy intellektga ega bo’lishlari shart. Ular tashabbuskor, muloqotga boy, yuksak siyosiy va ijtimoiy mavqyega ega, ishga aloqadar tanish-bilishlari ko’p, intuisiyasi rivojlangan va tashkilot faoliyatining qayerga yo’nalishini tezda payqab olishlari kerak.

Har qanday tashkilotdagi asosiy og’irlikni o’ziga oluvchi o’rta bo’g’in rahbarlarida esa maxsus qobiliyat ko’proq rivojlangan bo’lishi lozim. Ular ishga diqqat-e’tiborli, mas’uliyatli, katta hajmdagi miqdoriy va sifat ma’lumotlarini tahlil etish qobiliyatiga ega shaxslardir.




Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish