2)Strategik fikrlash– menejerning bozor va sanoatdagi tendensiya, mavjud va kutilayotgan (ichki va tashqi) xaridorlar, shuningdek, tashkilotning raqobatchilar bilan solishtirganda kuchli va ojiz tomonlarini ko’rib chiqqan holda korxona raqobatbardoshligini tahlil qila olish qobiliyati.
Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:
a)tashkilotning raqobatchilar bilan solishtirganda kuchli va kuchsiz tomonlarini ko’ra oladi;
b)tashkilotning raqobatbardoshligiga ta’sir ko’rsatadigan sanoat va bozor tendensiyasini tushunadi;
c)qanday tovar va xizmatlar bozorda raqobatbardosh bo’lishini chuqur fahmlay oladi;
d)bozor va ishlab chiqarish tahliliga asoslangan, shuningdek, raqobatchilarga nisbatan salohiyat imkoniyatlari ko’proq, uzoq muddatli (3–5 yillik) marketing strategiyani yaratadi va uni boshqaradi.
Iqtisodiyot sub’yekti boshqaruvchisiga xos professional kompetensiyalar (8.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |