Ijtimoiy-psixologik kompetensiyalar:
1)Boshqalarni tushuna olish– rahbardagi boshqalarning munosabatlari va his-tuyg’ularini oldindan bilish, seza olish, shuningdek, empatik ravishda fikrlarini boshqalarga ma’lum qilish xususiyati.
Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:
a)atrofdagilarning qiziqishlarini tushuna oladi;
b)atrofdagilar his-tuyg’ularini, ularning o’zini to’tishi, yuz ifodasi, so’zlarni tanlashi va gap ohangidan to’g’ri tushunadi va seza oladi;
c)u yoki bu holatga atrofdagilarning javob reaksiyasini seza oladi;
d)g’oya va takliflarni diqqat bilan eshitadi;
e)atrofdagilarning ham kuchli, ham nozik tomonlarini e’tiborga oladi;
f)aytib tugatilmagan (emplisid) ma’noni tushuna oladi;
g)atrofdagilar qanday mavzuda gaplashishlaridan qat’iy nazar qiziqish bilan munosabatda bo’lish orqali, ularning e’tiborini qozonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |