9-mavzu: Gimnastik mashqlar texnikasini o’rgatish, takomillashtirish va
o’qitish uslubiyati
Reja:
1. O’rgatishning maqsadi, vazifasi va bosqichlari
2. Gimnastika mashqlar texnikasinio`rgatish
3. Mashqlarni bajarilish usullari
4. Gimnastika mashqlar texnikasini takomillashtirish
Tayanch so`z va iboralar
Onglilik, faollik, ko’rgazmalilik, osonlilik, doimiylik, algoritm,kuch, tezkorlik,
egiluvchanlik, epchillik, chidamlilik,pedagogik-kasbiy, trenajor
Gimnastika mashqlarini o’rgatishdan maqsad, har qanday pedagogik jarayon singari,
harakat ko’nikmalarini, malakalarini shakllantirish va maxsus bilim olishlari uchun talabalarni
o’qituvchilar rahbarligidagi rejali faoliyatini uyushtirishdir.
Talabalarning umumiy harakat va sport tayyorgarligi uchun:
- ahamiyatli bo’lgan harakat ko’nikmalarini shakllantirish;
- kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, epchillik, chidamlilik singari jismoniy sifatlarni
tarbiyalash;
- pedagogik-kasbiy ko’nikmalarni (maxsus ta’lim o’quv maskanlari talabalarida)
shakllantirish lozim.
Gimnastika mashqlarini o’rgatish jarayonida hal etiladigan alohida vazifalar har bir aniq
holda harakat tarkibini, uni bajarishsharoitining xususiyatlarini va o’quvchilarning tayyorgarlik
darajasini baholash asosida belgilanadi.
Gimnastika mashg’ulotlarida o’zlashtiriladigan mashqlar xilmaxil bo’lib, ular gavdaning
alohida qismlarini oddiy harakatlari, oddiy turish holatlaridan (asosiy turish, osilish, tayanishdan)
to jismoniy va harakat sifatlarini maksimal ishga solish bilan bog
’
liq bo’lgan murakkab harakat
faoliyatlarigacha (masalan, halqalarda qo’llarni ikki yonga uzatib tayanish - chalishtirish,
yakkacho’pdagi yoki erkin mashqlardagi uch karra salto) harakatlarini o’z ichiga oladi. Shuning
uchun ba’zi bir mashqlarni o’rganish oson kechadi. Bu mashqlarni o’zlashtirib olish uchun
ularning bajarilishini ko’rish yoki nomlarini eslab qolishning o’zigina kifoya bofadi. Boshqa
mashqlarni o’rganish esa uzoq muddatda shug
’
ullanish bilan bog’liq bo’ladi.
Aniq bir gimnastika mashqini o’rgatishni shartli sur’atda o’zaro bog
’
liq bo’lgan uch
bosqichga bo’lish mumkin. Birinchi bosqich harakat haqida umumiy dastlabki tasavvur hosil
qilishdan (boshlang
’
ich ma’lumotdan) iborat bo’lib, bunday tasavvur har bir harakat faoliyatini
ongli o’zlashtirish zaminida yotadi. Yangi harakat to’g
’
risidagi (uning shakli, ko’larni, ta’sir
yo’nalishi, ayrim holatlari va h.k.) dastlabki ma’lumotlar va talaba xotirasida to’plangan harakat
tajribasi natijasida bo’lajak harakat faoliyatining dastlabki dasturi tuzilishini ta’minlovchi
umumiy bog
’
lanishlar hosil bo’ladi.
Ikkinchi bosqich- bevosita harakat texnikasi asoslarini egallash (mashqni juda puxta
o’rganish). Bu bosqichda o’qituvchi bilan talabaning birgalikda faol ishlashi natijasi omaroq,
mashq haqidagi tasavvur aniqlanadi, xatolarga yo’l qo’yilmaydi; mashqlarni nazorat ostida
mustaqil bajarishi ta’minlanadi.
Uchinchi bosqich- harakat texnikasini mustahkamlash va takomillashtirish. Bu harakatni
boshqarish darajasini, albatta, avtomatlashtirilgan ko’nikma darajasiga yetkazib, shu tufayli
shug
’
ullanuvchi mashqlarni turli sharoitda (musobaqalar va boshqa chiqishlarda) uzoq vaqt
davomida bajara oladi.
Mashqni o’rgatish jarayoni tugagandan keyin butun faoliyat o’zlashtirib olingan mashq
variantlarini bajarishga, oldingi mashqqa o’xshash elementlari bor, texnikasi murakkab
mashqlarni bajarishga, bajarish sharoitini o’zgartirishga, masalan, boshqa mashqlar bilan qo’shib
bajarishga qaratilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |