JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI BO`YICHA OLIB BORILAYOTGAN TADQIQOT USLUBLARI
Reja:
Ilmiy tadqiqotda nazariy taxlil va umumlashtirish.
Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubiyatlari.
Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi.
Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy madaniyat nazariyasi ilmiy izlanish uslublaridan foydalanadi. Hozirgi kunda ilmiy tekshirish uslublarining turlicha xillari bo`lib, qo`shma fanlarning tadqiqot uslublaridan, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va sotsial-tarixiy izlanish uslublaridan ko`prok extiyoj sezilayotganligi ahamiyatga molik.
Jismoniy madaniyat nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslublari–nazariy taxlil va umumlashtirish, pedagogik ko`zatish, eksperiment (tajriba) va matematik xisoblashdan iboratdir.
1. Ilmiy tadqiqotda nazariy taxlil va umumlashtirish.
Bizga ma`lumki, nazariy taxlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini tula taxlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini tulik urganib chiqish juda qiyin. Sababi fizio logiya faiing o`zidan bir yilda ilmiy ishlarga oid 3000 dan ortik tadqiqot ishlarining natijalari e`lon qilinmoqda. U har 4-5 yilda yana shun chadanga ko`payadi bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar haqi dagi makolalar bir necha marotaba ko`paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - "bibliografiya" fani tadqiqotchining ishini yengillash tiradi. U nash? qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ruyxatini to`zib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish ma`lum dav? ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yunalishi bo`yicha yangiliklarga qisqa izox beradi.
Bundan tashqari, tadqiqotchi "bibliografik tavsifnoma"dan ham foydalanadi. Tavsifnoma yangi chiqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida(olingan ilmiy ish natijasini qisqartirgan xolda) tayyorlaydi, unga izox beradi.
Bibliogafik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi bir lamchi ishi bo`lib, tekshiruvchi izlanish orqali topilgan qarama-qarshi liklar ustida nazariy baxs yuritadi, ularni bir-biri bilan taqqoslaydi.
Nazariy taxlil va umumlashtirishning yana bir uslubi xujjat materiallari ustida ishlashdir. Jismoniy madaniyatning ko`p tomoni amaliy mashg`ulotlar uchun to`zilgan rejalar, kundaliklar, konspktlar va tunga uxshashlarda ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutgan xolda to`zilgan bo`ladi. Ularni ilmiy jixatdan chukur o`rganish kutilmagan natijalarni berish mumkin. Masalan, jaxonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shug`ullanish rejalarini solishtirish, malakali sportchilarning kundaliklari, xaftalik, oylik, yillik jismoniy yo`q larning xajmi, mikdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqot chiga manba bo`lishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko`p yillik trenirovkalarning natijalarini o`rganish ham ob`ekt bo`ladi. Ilmiy maqsadda to`zilgan anketalar ham xujjat materiallari bo`lib xizmat qilishi mumkin. To`zilgan savollarga "xa" va "yo`q" deb javob berish ham ko`p xulosalarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |