Korreksiya – sherikning biz berayotgan axborotni qanday qabul qilayotganiga qarab biz o‘z muloqotimizni korreksiya qilamiz.
Muloqot har xil darajada kechadi. Muloqotning qanday darajada kechishi sheriklarning ichki dunyosiga, madaniyatiga, dunyoqarashiga bog‘liq.
Kommunikatsiyada nutq eng universal vosita xisoblanadi, chunki nutq yordamida axborotlarni uzatish jdarayonida uning mazmun- mohiyati karoq yo‘qoladi.
Nutqning vazifalari uchta: signifikativ (belgilash, umumlashtirish, kommunikatsiya – fikrni uzatish); xis-tuyg‘ularni va munosabatlarni uzatish va irodaviy ta’sir o‘tkazish.
Nutqning kelib chiqishini va amalga oshirilishini quyidagi jadval Bilan ko‘rsatsa bo‘ladi:
Ma’lumki nutq bir necha turda bo‘ladi – tashqi, ichki, og‘zaki, yozma, monologik, dialogik, faol, passiv vax.k.
Muloqot olib borishning darajalari:
Makrodaraja (katta) – konun va qoidalarni saqlagan holda boshqa odamlar bilan muloqot olib borishlik.
Mezodaraja (o‘rta, oraliq) – muayyan mavzuda gaplashish (masalan, askiya, xajviya, va boshqa.)
Makrodaraja (kichik) – muloqotning sodda turlari, savol-javobli shakllari, mazmunli nigox, qo‘lqisish va x.k.
Muloqot turlari:
1)shaxslararo (odam-odam);
2)shaxs va guruharo (gurux-gurux, masalan xokkey o‘yini);
3)ommaviy kommunikatsiyalar (radio, televidenie, nashriyot).
Shu ma’noda muloqot va muomala madaniyatining tarkibiy qismi nutq madaniyatidir. Chunki nutq va unda ifodalangan so‘z ohangi kishiga ta’sir etuvchi qudratli psixologik (ruhiy) kuchga ega, u nafaqat so‘zning mazmuni, balki so‘zlovchining aytayotgan fikrini ifoda qilish uslubi bilan ham uning ta’sir darajasi va qudrati yanada ortishi mumkin. Masalan “Salom” so‘zining turli ohangda ifodalanishining 10 dan ziyod shakli, ya’ni ma’nosi bor:
1.Salom! – “Keling” degan ma’noda.
2.Salom! – “Xo‘sh, xizmat” degan ma’noda.
3.Salom! – “YAna keldingmi?” degan ma’noda.
4.Salo-o-m! – “Juda vaqtida kelding” degan ma’noda.
5.Salom?! – “Men sizni tanimayapman” degan ma’noda.
6.Salom!!! – “Gap tamom” degan ma’noda.
7.Salom! – “Ha, ishing tushdimi!” degan ma’noda.
8.Salom! – “Bir pas kutib turing” degan ma’noda.
9.Salom! – “Vaqtim yo‘q, ketaver!” degan ma’noda.
10.Salom! – “Mana ishim bitdi, gapir endi” degan ma’noda va hokazolar.
Shuningdek, “Ha” so‘zini ifodalashning 50 dan ortiq shakli bor bo‘lsa, “yo‘q” so‘zini aytishning ham xuddi shunday ohangdagi ma’nosi mavjud, ammo bir, ya’ni bu so‘zni yozishning faqat bir uslubi bor”.
Bu fikrning zamirida muloqot madaniyatiga doir juda nozik qochirim yashiringan. Zotan, kishilar muloqotining asosida so‘z-fikr turar ekan, fikrni bayon etish ifodasi har bir kishining saviyasi, ma’naviy dunyosi hamda madaniyatiga bog‘liq. Falsafa, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlarda keng qo‘llaniladigan miqdor, sifat, me’yor tushunchalari insoniy muloqot madaniyatiuchun ham to‘la muofiq keladi, binobarin , muomalada ham me’yorni bilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |